Quroni Karim»da tabiat muhofazasi xususida jahon sivilizatsiyasi tarixi millionlab odamlar taqdirini xal qilishda katta ta'sirga ega bo'lgan ko'plab asarlarning guvoxidir. Quronning paydo bo'lishi 610-632 yillarga, yani Muhammad (s.a.v.) payg'ambar asriga to'g'ri keladi. Bu muqaddas kitobda diniy odatlarni ijro etish, huquq me'yorlari va axloq ta'limoti o'z aksini topgan. Quron va payg'ambar xadislari jahon adabiyotining qadimgi va buyuk yodgorliklaridan bo'lib, o'zgarishlarsiz bizgacha etib kelgan va bundan keyin xam shunday bo'lib qoladi. Quronning manosi «o'qimoq» bo'lib, arabcha «qaraa» yoki «qiroat» so'zidan olingan. Ajdodlarning bebaho xazinasi, ma'naviyat va ma'rifat hisoblangan Quroni karim hozirgi shaklida 114 suradan iborat bo'lib, suralar oyatlarga taqsimlangan. Oyatlarning miqdori suralardan 3 tadan 286 gacha. Islomning manosi itoat qilmoq bo'lib, kim uni qabul qilsa «muslim» deb ataladi. Œrta Osiyo Respublikalarining mustaqilligi sharofati bilan Quron to'g'risida bir qator risolalar, maqolalar chop etildi. Aytish kerakki, Muqaddas kitobning sura va oyatlarida tabiat muhofazasi haqida ko'p gapirilgan. jahon sivilizatsiyasining tarixi millionlab odamlar taqdirini xal qilishda katta axmiyatga ega bo'lib, buni biz ko'plab asarlarni talqin qilishimiz orqali bilamiz. Bugungi kunda o'tmishdagi boy pedagogik meroslarimizni o'rganish, tarixga yana bir bor nazar solishimiz, ayniqsa Quroni karimni o'rganishimiz bunga asos bo'la oladi. Bu muqaddas kitobda diniy odatlarni ijro etish, huquq me'yorlarini va axloq ta'limoti o'z aksini topgan bo'lib, tabiat muhofazasi atrof-muhit haqida xam batafsil fikrlar bayon etilgan. Jumladan, Baqara surasining ikkinchi bandi, yigirmanchi oyatida Ollox tomonidan olamning yaratilishi, eru osmon, havo, suv va boshqalar haqida gapiriladi. 16-surada (4-oyat) inson istemol etadigan va ulov sifatida foydalanadigan hayvonlar (6, 7, 8-oyatlar), odamlarni baliq bilan ta'minlaydigan dengiz haqida zikr etilgan. Shu joyda yerga yomg'ir va boshqa nematlarni yuboradgan xudo haqida gapiriladi. 70 va 71-oyatlarda shunday deyiladi: «Asalari daraxtlarga uya qursa, mevalardan oziq olsa, gul gulobi insonlar uchun davo». 6-«Anom» (Chorpoyon) surasining 72-oyatida: «U osmonlar va yerni xaqqi rost yaratgan zotdir. U «Bo'l», degan kuni barcha narsa paydo bo'lur», deyilgan. «Arof» surasida shunday deyiladi: «Albatta Parvardigoringiz - Ollox shunday zotdirki, osmonlar va yerni olti kunda yaratib, so'ngra o'z arshiga o'rnashdi. U kechani (qorong'ilikni) shoshilgan holda quvib yurar. U quyosh, oy va yulduzlarni o'z amriga bo'ysundirilgan holda yaratdi». Quronda inson tirik olamning markazi sifatida tasvirlangan. Ollox chorvani odamlarga egulik uchun va yuk tashishga (16,5-8-oyat), odamlarga ichish uchun va o'simliklarni sug'orish uchun suvni osmondan joriy qildi (16, 10). «Al-Baqara» surasida yerning yaratilishi va uning aylanishi haqida oyat mavjud (164-oyat). Pokiza ishlar bilan shug'ullanish, pokiza ovqatlanish, o'z otasiga yetakchilik qilish zikr etilgan. «Tafsiri Jalolayn»da aytiladiki, qon, cho'chqa go'shti, biron butga atab so'yilgan hayvon go'shti taqiqlangandir (173-oyat). ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.72 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:55
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.72 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:55 ]
Arxiv ichida: doc