Raqs terapiyasi

Raqs terapiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Raqs terapiyasi - rasmi

Material tavsifi

Raqs terapiyasi Reja: Raks terapiyasi musiqa terapiyasi Raqs terapiyasi, emotsional nomutanosibligi mavjud bo'lgan, muomala qilmaslik, o'zaro muomala muammosi bo'lgan odamlar uchun qo'llaniladi. Bu uslubni qo'llash psixologdan chuqur tayyorgarlikni talab qiladi, chunki bunday ta'sirda kuchli emotsiyalar uyg'onishi mumkin, bu esa hal eti-lishni talab etadi. Raqs harakatlari jismoniy kontakt va shiddatli o'zaro muomala bilan kuchli hissiyot uyg'onishi mumkin. Raqs terapiyasining maqsadi o'z tanasini sezishni rivojlantirish, tana pozitiv obrazini yaratish, muomala odatlarini rivojlantirish, sez-gilarni tadqiq etish va guruh tajribasini ortirish. Raqs terapiyasi ri-vojlanishi tarixida K.Rudestam qator hal qiluvchi faktlarni alohida ko'rsatib o'tadi. Birinchisi ikkinchi jahon urushi maydonlaridan qaytgan veteranlar-ning jismoniy va ruhiy reabilitatsiyasi bilan bog'liq. Raqs terapiyasi no-gironlarni hayotga qaytarishning yordamchi uslubi bo'lib qoldi. Ularning ko'pchiligi gapira olmas edi, yoki ularga qattiq ta'sir etishga istaklari yo'q edi. Raqs xonalaridagi mashg'ulotlardan so'ng, ular engillik va ruhiy gar-moniya his qilganini aytishgan. Raqs terapiyasining ommaviylashuvi kuchayishinig yana bir sababi 60- yillarda paydo bo'lgan odamlar munosabati trening harakati bo'lib, u yangi ekperimental tadqiqotlarni amalga oshirishga zamin bo'ldi. Bunda guruh-lar bilan ishlash, shaxsni rivojlanirish, qatnovchilarga ijobiy samarasi-ni berdi. Nihoyat yangi raqs terapiyasi dasturlariga qiziqish noverbal kom-munikatsiyalar tadqiqotlari tomonidan kuchaytirildi, ayniqsa inson tana-sining kommunikativ funksiyalari tahlili katta hissa qo'shdi. Raqs tera-piyasi asosan guruh bilan ishlanganda qo'llaniladi. Raqs terapiyasining asosiy vazifasi tartibsiz harakatlarni amalga oshirishdir. Raqs terapiyasi harakatning mano aks ettirishi, erkinlikka chorlaydi, Harakatchanlikni rivojlantiradi, jismoniy va ruhiy daraja-da kuchni mustahkamlaydi. Tana va ong yagona butunlikni tashkil etadi. Asosiy yo'nalish quyidagicha talqin etiladi: harakat shaxs xususiyatini aks ettiradi. Har qanday emotsional siljishda odam o'zini his etishi o'zga-radi, xoh u ruhiy, xoh u jismoniy bo'lsin, shunga binoan bizning harakat-larimiz tiynati (xarakteri) o'zgaradi. Raqs terapiyasi quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan: 1. Guruh a'zolarining o'z tanalarini sezish va uni ishlatish imkoniyatini chuqurlashtirish. Bu qatnashchilarning jismoniy va emotsional ahvolini faqat yaxshilamasdan ko'pchilik uchun yaxshigina ko'ngil ochish ham. Birinchi mashg'ulot boshidan psixolog qatnashchilarni nazorat qilib, har birining harakat repertuarini kuchli va sayoz tomonlarini o'rganadi, so'ng qanday harakat qaysi mijozga to'g'ri kelishini aniqlaydi. 2. O'z qadrini kuchaytirish hissiyotiguruh a'zolarida o'z tanasining pozi-tiv obrazini yaratish bilan hosil qilinadi. Jiddiy o'zgarishlari mavjud bo'lgan mijozlar o'z tanasi bilan atrof muhit orasida chegara tortilganda, qiyinchilik, noqulaylik sezishlari mumkin. Bunday guruhlarda raqs tera-piyasiining maqsadi qatnashchilarning mutanosib tana obrazini yaratishdir. Rao's o'z tanasini ko'rkam, yoqimli qilish imkonini beradi, bu esa MYeN obrazini yanada pozitivlashtiradi. Ijtimoiy ko'nikmalarni rivojlantirish- bu qatnashchilarning tegish-li yoqimli tajribalarini hosil qilish yo'li bilan amalga oshiri-ladi. Raqs hakatlariatrofdagilar bilan ijtimoiy normal axloq munosabatlari-ni o'rnatishda nisbatan havfsiz vosita hisoblanadi. Raqs ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.1 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.1 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga