Rasm ustida ishlash

Rasm ustida ishlash

O'quvchilarga / Pedagogika
Rasm ustida ishlash - rasmi

Material tavsifi

Rasm ustida ishlash Reja: Rasm tanlash mezonlari Rasmlar tipologiyasi So'nggi yillarda juda ko'p mamlakatlarda chet tilini o'rganishda rasmlar ham katta rol o'ynashi haqida o'quv majmualari yaratildi. Bugungi kunda matnlar bilan birgalikda rasmlar ham asosiy axborot manbai hisoblanmoqda. Xorijiy til darslarida rasmlar bilan ishlash tanlangan rasm turiga, rasmlarning didaktik vazifalariga va o'quv maqsadiga bog'liq bo'ladi. Rasmlar bilan ishlash kommunikativ metodning ajralmas tarkibiy qismiga aylangan. Rasmlar, umuman olganda, muloqotning oson tushuniladigan vositasi sanaladi. Shuning uchun ham biz, xorijiy til o'qituvchilari, mashg'ulotlarimizda darsliklardagi rasmlardan tashqari, illyustratsiyalardan, komik rasmlar yoki karikaturalardan foydalanishga harakat qilamiz. Darslarda rasmlardan foydalanish deganda ko'z oldimizda darhol nimalar namoyon bo'lishi mumkin? Quyida biz ushbu masalalarni ko'rib chiqamiz. Rasm bilan ishlashda ushbu topshiriq bo'yicha fikrlaringizni quyidagi mezonlar orqali ifodalashga harakat qiling. a) rasm turi: Qanday rasmlar bilan ishlaysiz? (suratlar, chizmalar va h.k) b) o'quv maqsadi: Qaysi maqsadda siz rasmlar bilan ishlaysiz? s) vazifasi: Qaysi rasmlar qanday o'quv maqsadiga mos keladi? d) usul: Rasmlar bilan siz darsda qanday ishlaysiz? Rasm tanlash mezonlari Rasmlarni quyidagi 7 ta mezon asosida tanlashni tavsiya etamiz. Texnik sifati Rasm tanlashda, avvalo, uning sifatiga ahamiyat berish lozim. O'quvchilar rasmga birinchi bor nazar tashlaganlarida rasmga nisbatan qiziqishlari ortishi kerak. Undagi jism yoki mavjudotlar aniq ko'rinishi bilan birga, o'quvchilarda yaxshi taassurot qoldirishi lozim. Estetik zavqlanish. Rasmlar bilan ishlaganda o'quvchilar zavq olishlari yoki rasmlar o'quvchilarda his-tuyg'ularni uyg'otishi lozim. Axborotga boyligi. Rasmlar malum mavzular bo'yicha mazmunni ifodalashi lozim. Rasmning mazmuni axborotga boy bo'lishidan tashqari, malum manoda tanqidiy fikrlashni uyg'ota olsa, yanada maqsadga muvofiq bo'lar edi. O'quvchilarning qiziqishlariga, ularning yoshiga mos bo'lishi va shu jumladan, o'quv maqsadiga ham to'g'ri kelishi lozim. Rasmlarning ochiqligi. Biz bu o'rinda shuni tushunishimiz lozimki, mumkin qadar rasmlar farazlar paydo bo'lishiga, savollar keltirib chiqarishga, tafakkur va og'zaki nutqni rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Detallarga boy bo'lishi. Detallarga boy rasmlar darslarning yanada samarali bo'lishini ta'minlaydi. Bunday rasmlar o'quvchilarni gapirishga yo'naltiradi, bilim zahiralarini faollashtiradi va so'z boyliklarini kengaytirishga xizmat qiladi. Rasmning o'quvchilar bilim darajalariga mos bo'lishi. Rasm tanlashda o'quvchilarning rasmni ifodalay olish darajalariga ham etibor berish lozim. Aks holda rasmga mos nutq vositalarini berish yoki kerakli o'rinlarda ona tilidan ham foydalanish tavsiya etiladi. Mamlakatshunoslikka oid rasmlar avvalo axborotli, madaniy, ijtimoiy va tarixiy bo'lishi va shunga alohida ahamiyat berish lozimki, o'quvchilarning mamlakatshunoslik bo'yicha bilimlari rasmni tasvirlashga etarli darajada bo'lishi lozim. Rasmlar tipologiyasi Malumki, rasmlar tuzilishiga ko'ra uch turga bo'linadi. Mavzuga oid rasmlar Logik rasmlar 3. Analogik rasmlar. Malum bir mavzuga oid rasmlar har xil rasm turlari orqali ifodalanadi. Masalan: suratlar (hujjatli yoki ijodiy), ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 4.45 MB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:55 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 4.45 MB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga