Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta'lim tizimi

Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta'lim tizimi

O'quvchilarga / Pedagogika
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta'lim tizimi - rasmi

Material tavsifi

Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta'lim tizimi Reja: AQSH va Yaponiyada ta'lim tizimi. Janubiy Koreyada va Fransiyada ta'lim tizimi. Germaniyada ta'lim tizimi. 22. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta'lim tizimi. Amerika Qo'shma Shtatlarida ta'lim tizimi Amerika maktablarida 9-sinfgacha asosiy e'tibor matematikaga emas, balki tabiiy fanlarga qaratiladi, yuqorida tasdiqlangan yagona dasturlar bo'lmaydi. O'quvchilar uchun yagona, majburiy darsliklar, qo'llanmalar yo'q. Amerika maktablarida texnikaviy jihatdan yaxshi jihozlangan, sinflar kompyuterlashtirilgan. Har bir maktabda boshlang'ich sinf o'quvchilarini tashiydigan maxsus avtobuslar, stadionlar, turli laboratoriyalar bor. Amerika maktablarining aksariyati davlat ixtiyorida bo'lib, davlat mablag'i bilan ta'minlanadi. Lekin shaxsiy maktablar ham anchagina. Katta shaharlarda yashovchi o'ziga to'q ota-onalar farzandlarini shaxsiy maktablarga berishga harakat qilishadi. Davlat maktablarida tekin, shaxsiy maktablar esa - pullik o'qitiladi. Vashington shahridagi shaxsiy maktabda bolani o'qitish uchun bir yilga taxminan o'n ming dollar to'lash kerak. Bunday maktablarda boy oila farzandlari ta'lim oladilar. SHaxsiy maktablarning har biri o'zi xos xususiyatlarga, maxsus dasturlarga, maxsus o'qituvchilarga ega. Bunday maktablarda sinfda o'qiydigan o'quvchilar soni kam bo'ldai. SHaxsiy maktablarda boshlang'ich sinflardan boshlab estetik tarbiyaga, san'atga alohida e'tibor beriladi. Amerika oliy o'quv yurtlariga kirish uchun belgilangan sinov (test)lar ikki xil bo'ladi: SAT (Sxolastik aptityud test); AKT (Amerikan kollej test) sinovlari. SAT sinovlari murakkabroq bo'ladi. Mashhur universitetlarga kirish uchun SAT sinovlarini topshirish shart bo'ladi. Bulardan tashqari Murakkablashtirilgan sinov ham bor. Bu sinovni oliy maktablarga kirayotgan barcha talabalar ham topshirishlari shart emas. Mabodo biror talaba shu murakkablashtirilgan sinovlarni topshirib universitetga kirsa, u talabaga maxsus stipendiya beriladi. Amerikaning eng katta boyligi - bu aql. Aql bu mamlakatda qadrlanadi, aqlli talabalar alohida taqdirlanadi. Aqlli, a'lochi talabalar o'quv yurtlarining faxri sanalgani sababli ham, ularga turli yo'llar bilan yordam berish, stipendiyalar tayinlash orqali ularni o'quv yurtlarida saqlashga harakat qiladilar. O'zi tanlagan sohada yutuqlarga erishayotgan talabalar ro'yxati har yili alohida kitobda nashr etilib turiladi. Bundan maqsad mazkur soha bilan qiziquvchi kompaniyalarning e'tiborini bo'lajak olimlarga qaratishdir. Yaponiyada ta'lim tizimi Majburiy ta'lim. Ta'limning pog'onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarni o'z ichiga oladi. 6 yillik boshlang'ich ta'lim va 3 yillik kichik o'rta maktab, 9 yillik majburiy ta'limni tashkil etadi va u bepuldir, tekin darsliklar bilan ta'minlangan. muhtoj oilalarning bolalari bepul nonushta, o'quv qurollari, tibbiy xizmat bilan ta'minlanadi. Zarur bo'lgan taqdirda ularning oilalariga moddiy yordam ko'rsatiladi. SHu qatorda xususiy maktablar ham mavjud. Yuqori bosqich o'rta maktab 10, 11, 12 sinflarni o'z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi va kechki bo'limlari mavjud. O'quvchilarning 95% kunduzgi maktablarda o'qiydilar. Yaponiyada o'quv yili 240 kun (AQSH 180). O'quv yili 1 apreldan boshlanib martda tugaydi. Yozgi kanikul iyun oyining oxirida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 780.8 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:56 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 780.8 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga