Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikr

Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikr

O'quvchilarga / Pedagogika
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikr - rasmi

Material tavsifi

Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikr Reja : 1. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta'lim- tarbiya, maktab va maorif taraqqiyotining asosiy yo'nalishlari. 2.AQSH da ta'lim tizimining tuzilishi va o'ziga xos xususiyatlari. 3. Yaponiyada ta'lim - tarbiya va uning o'ziga xos xususiyatlari. 4. Fransiyada ta'lim tizimi. 5. Germaniyada ta'lim tizimining rivojlanishi. 6. Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustaqil. O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimidagi o'zaro uyg'unlik masalalari. Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta'lim tarbiya, maktab va maorif taraqqiyotining asosiy yo'nalishlari. Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarida ta'lim-tarbiya ishlarining yo'lga qo'yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o'rganish orqali biz mustaqil Respublikamiz milliy ta'lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta'lim tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o'z dolzarbligini yo'qotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo'lish, uni munosib tarzda yangilashda qo'shimcha boy manbalarga ham ega bo'lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta'limida davlat va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak. Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyusiya sharoitida muvaffaqqiyatli faoliyat ko'rsata oladigan jamiyat a'zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo'naltirish hamda o'rta ta'limning ko'p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta'lim-tarbiya berishda eng ilg'or pedagogik vositalarni qo'llash, ta'limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo'l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o'rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko'lamdagi islohotlarni o'z boshidan kechirayotgan bizning ta'limimiz uchun bu katta ahamiyatga ega. Keyingi yillarda chet el ta'limi bo'yicha ko'pgina makolalar, broshyuralar, qo'llanmalar chop etildi, unga bag'ishlab seminarlar, anjumanlar, o'quvlar, uchrashuvlar o'tkazildi. Bu bizning ta'lim tizimlarimizda, chet ellarda o'quv tarbiya ishlarining qo'yilishiga etibor va qiziqishning tez sur'atlar bilan o'sib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta'limi tizimlarida chet el ta'limini o'rganish bilan shug'ullanuvchi muassasalar ham tashkil topmoqda. Xalq ta'limi vazirligidan tashqari bu masala bilan Respublika o'quv-metodika markazida, pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tarkibida maxsus bo'limlar faoliyat ko'rsatmoqda, malaka oshirish markaziy institutida bir qator kafedralar ish bilan shug'ullanmoqdalar. Chet el ta'limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni voqif qilishda BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar, AQSHning Tinchlik Korpusi mutaxassislari, Germaniya xalqaro rivojlanish fondi, AKSELS markazi, Adenauer jamg'armasi, Fransiya madaniyat markazi, Britaniya Kengashi, Gyote instituti, «Silm A. Sh.» firmasi, YuNESKO va YuNISEFning vakolatxonalari va boshqa ko'plab tashkilotlar yaqindan yordam bermokdalar. Darhaqiqat rivojlangan xorijiy davlatlarda ta'limning, mamlakat ichki siyosatiga faol ta'sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e'tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarida maktab ehtiyojini iqtisodiy ta'minlashga ajratilayotgan mablag' miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Yaponlarda, masalan, «maktab muvaffaqqiyat va farovonlik timsoli»gina bo'lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e'tiqodga aylangan. Ta'lim to'g'risidagi g'amxo'rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat e'tiborida bo'lgan. Shuning uchun ham AQSHning sobiq Prezidenti ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.26 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:56 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 37.26 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga