Rivojlanishning yoshga oid va individual xususiyatlari Reja Yoshga oid davrlar. Akseleratsiya va rivojlanish qonuniyatlari Turli yosh guruhlarni tarbiyalash xususiyatlari Individual sifatlarning hisobga olinishi. Yoshga oid davrlar Insonni xar tomonlama tarbiyalash uchun uni xar tomonlama bilish kerak. Jismoniy rivojlanish xam, psixologik rivojlanish xam yoshga bog'liqligini kadimdayok tushunishgan. Bu isbot talab kilmaydi. Yosh kushilgani sayin insonda aql, faxm-farosat, tajriba kupayib bilimi ortadi. Xar bir yoshga o'z rivojlanish darajasi xos. Lekin ayrimlarning rivojlanishi yoki ortda qolishi yoki oldinlab ketishi mumkin. Shaxsni tarbiyalash samarali bo'lishi uchun ularga tegishli bo'lgan o'zgarishlarni, yosh davrlariga xos xususiyatlarini bilish va hisobga olish kerak. Bu rivojlanish turli yoshda turlicha bo'ladi. Insonni o'rganuvchi fanlar (tibbiyot, anatomiya, fiziologiya, psixologiya, pedagogika fanlari) tavsiyasiga ko'ra insonning yosh davrlari guruhlashtirilgan. Malum bir yosh davriga xos bo'lgan anatomo-fiziologik va psixologik xususiyatlar yosh davr xususiyatlari deyiladi. Yoshga oid xususiyatlarning mohiyati insonning jismoniy rivojlanishida namoyon bo'ladi. o'sish, vazn ortishi, jinsiy rivojlanish va b. biologik jarayonlar ayrim yosh davrlarida o'zgarishlar bilan sodir bo'ladi. Jumladan, uning ruhiy rivojlanishida xam bu o'zgarishlar yuz beradi. Zamonaviy fanda quyidagi rivojlanish davrlari tuzilgan: go'daklik davri. tug'ilgandan 1 yoshgacha. Bolalik davri. 1 yoshdan 3 yoshgacha. Maktabgacha tarbiya davri. 3-6 yoshgacha. Kichik maktab davri. 6-11 yoshgacha. o'smirlik davri. 11-14 yoshgacha. o'spirinlik davri. 14-18 yoshgacha. Agar insonning biologik rivojlanish davrlari (nerv tizimi va organlari) hamda unga bog'liq bo'lgan bilish xususiyatlari mavjud ekan, unda maqsadga muvofik tashkillashtirilgan tarbiya mana shu yosh davrlar xususiyatlariga moslashishi va asoslanishi lozim. Bularning inobatga olinmasligi turli yoshda turli ijtimoiy tajriba, bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni uzlashtirish imkoniyatlarini tanlashda xatolarga olib kelishi mumkin. Insonning imkoniyatlari ijtimoiy rivojlanish jadalligi, axborot manbalariga boyligi tufayli usib bormokda. Lekin yosh o'z rivojlanishini maxkam ushlab turadi. Xar bir psixolog va pedagog olimlar o'quv tarbiyaviy ishlarda yoshga oid xususiyatlarni inobatga olishni uktiradi. Tabiatda xar narsa o'z vaqtida bo'lganidek tarbiya xam o'z vaqtida va ketma-ketlikda bo'lishi lozim. Ana shunda insonga uning akliga, tushunchasiga mos axborotlarni va ma'lumotlarni, axloqiy sifatlarni singdirish mumkin. Yoshga oid xususiyatlarni hisobga olish asosiy pedagogik prinsiplardan biri. Unga asosan pedagoglar o'quv yuklamasini, bilim xajmini, o'quv faoliyatini, o'quv predmetlari va ma'lumotlarini, ta'lim usullarini tanlaydilar. Akseleratsiya. Akseleratsiya - lotinchadan «tezlashtirish» manosini bildiradi. Bu bolalik va o'smirlik davrida jismoniy va ruhiy rivojlanishning tezlashishi hisoblanadi. Biologlar akseleratsiyani organizmning fiziologik rivojlanishi bilan boglaydilar, psixologlar psixik faoliyatlar rivojlanganligi bilan, pedagoglar - ularning ma'naviy rivojlanganligi va ijtimoiylashuvi bilan boglaydilar. Akseleratsiya paydo bulgungacha bolalar va o'smirlarning jismoniy va psixologik rivojlanishi muvozanatlashgan edi. Akseleratsiya natijasida 70 yillarda organizmning fiziologik rivojlanishi uning aqliy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishidan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.58 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:56
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.58 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:56 ]
Arxiv ichida: doc