Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalari

Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalari - rasmi

Material tavsifi

Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalari Reja: Bolaning entelektual qobilyatini rivojlantirish - barcha rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalarini asosi. Bolaning entelektual qobilyatini rivojlantirish - barcha rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalarini asosi. L.V.Zankovning rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasi va uning nazariy bilimlarning hal qiluvchilik roli tamoyili. D.B.Elkonina va V. V. Davidovlarning rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyasi va ularning mashg'ulotlardagi o'quvchilarning maqsadga yo'naltirilgan faol o'quv faoliyati tamoyili. Interfaol texnologiyalar. Texnologik karta. Pedagogik texnologiya kafolatli ta'lim-tarbiya maqsadga erishish bilan ahamiyatli va dolzarbdir. Shuning uchun maqsadning aniqligi, unga mos mazmun, maqsadga bosqichma-bosqich erishishda tarbiyalanuvchining va tarbiyachi faoliyatining uyg'unligi pedagogik texnologiyaning talabidir. An'anaviy ta'lim-tarbiya tizimida ham maqsad pedagogning asosiy muammosi bo'lib kelgan. Chunki quruvchi oldindan nimani qurayotganini bilganidek, tarbiyachi ham kimni tarbiyalamoqchi , nimani shakllantirmoqchi ekanini bilishi shart. Ta'lim-tarbiyaning maqsadi-kishi shaxsining modeli sifatida qoida mavjud. Ammo pedagogik texnologiyada maqsad va unga erishish kafolatli butun pedagogik jarayon, texnologiya jarayonining mezoni, kalitidir. Avvalo jamiyat va davlat buyurtmasidan kelib chiqadigan ta'lim-tarbiyaning umumiy maqsadiga asoslaniladi. Bugungi kunda O'zbekistonda kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishdek tashkiliy tadbirlarda bevosita ta'lim-tarbiya vazifalarini qo'yadi. Shuningdek, ta'lim mazmuni asosida maqsad qo'yish; pedagogik faoliyati asosida; o'quvchilarning qobiliyati, hissiy ta'sirlanishi asosida, ichki jarayon asosida, o'quvchini o'rganish faoliyati asosida, maqsad qo'yish texnologiyasini tavsiya etadi. Maqsadga bosqichma-bosqich erishilganiga qarab, u muvofiqlashtiriladi, maqsadga to'la erishish uchun o'ziga xos texnologik yo'l qo'llanadi, yangi-yangi o'quv maqsadlari qo'yiladi. Demak, pedagogik texnologiyaning odatdagi didaktik maqsaddan farqi diagnostika asosida maqsad qo'yilishidir. Sinf, guruh yoki alohida o'quvchiga qo'yilgan diagnoz qanchalik to'g'ri bo'lsa, qo'yilgan maqsad shunchalik to'la va oson bajariladi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek pedagogik texnologiya maqsadga to'la erishish prinsipi etakchilik qiladi. Shuning uchun M.V.Klarin maqsadga erishish texnologiyasini alohida tahlil qiladi. Uni uchga bo'lib o'rganadi: etalon maqsadga mezoniy baholash, ta'limiy jarayon va maqsadga to'la erishish. Maqsadga to'la erishish uchun natijani bosqichma-bosqich baholash zarur bo'ladi. Bugungi kunda test nazoratini joriy etilishi, bu didaktik vazifani amalga oshirishga qo'l keladi. Ma'lumki, testda ta'lim maqsadi, erishiladigan mezon o'z aksini topadi. Shuning uchun har bir bosqichda test orqali natijani aniqlash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ta'lim maqsadini testga tushirish muhim masaladir. O'qitishda takrorlovchi bosqich texnologik jarayonda alohida o'rin tutadi. Takrorlashda: ta'limning umumiy maqsadi; umumiydan ma'lum aniq maqsad belgilanishi va har bir bosqichda o'quvchining o'zlashtirishi dajarasini aniqlash; shunga asosan ta'lim jarani muvofiqlashtiriladi, boshqariladi. Ta'lim jarayonida takrorlash texnologiyasi. Masalan, darsning tuzilishini texnologik jihatdan tahlil qilinadigan bo'lsa: A)o'quvchilar diqqatini tashkil etish; B)didaktik maqsad haqida axborot berish; V)zaruriy bilim-malakalarni rag'batlantirish; G)ma'lum ta'sir etadigan o'quv materialini ko'rsatish; D)o'quvchilar javobini aks sadosini (reaksiyasi) rag'batlantirish; E)o'zaro hamkorlikni ta'minlash; J)olingan mustahkam bilim malakani rag'batlantirish; Z)o'quvchilar faoliyatini baholash; kabilar. O'quvchilarning o'zlashtirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.49 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.49 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga