Rossiya xalqlari uchun hukumat maktablari

Rossiya xalqlari uchun hukumat maktablari

O'quvchilarga / Pedagogika
Rossiya xalqlari uchun hukumat maktablari - rasmi

Material tavsifi

Rossiya xalqlari uchun hukumat maktablari Reja: 1. Rossiya xalqlari uchun hukumat maktablari 2. Turkistonda dastlab ochilgan rus maktablari. Musulmon aholisi yashaydigan joylarda qadimdan maktab-madrasa va hoka'zolar mavjud bo'lib, bularga qarshi chor hukumati Rossiyadagi ko'p sonli xalqlar uchun maxsus hukumat maktablari barpo qilar edi. Bu maktablarning ko'pchiligida o'qitish rus tilida olib borilar edi. Ularning biri - to'rt yillik, ikkinchisi - ikki yillik edi. Bazi bir to'rt yillik maktablarda internatlar ham bo'lib, ularda ko'proq feodallarning va mahalliy aholining boy qatlami bolalari ta'lim olardi. Turkistonning 1880 yilda Rossiya tasarrufiga o'tganidan keyin Markaziy Osiyodagi rus-tuzem maktablari ancha mashhur bo'ldi. Ammo mehnatkashlarning bolalari uchun yaxshi yo'lga qo'yilmagan ikki yillik savod chiqarish maktablari ochilgan edi. O'qish muddati ikki yil bo'lgan milliy maktablardan, masalan, qozoqlarda ovul maktablari, deb atalgan maktablar tipik maktab sanalar edi. Dastlabki ovul maktablari 1892 yilda To'rg'ay oblastining ovullarida tashkil topgan bo'lib, aholini ko'chmanchilik turmushiga moslashtirilgan edi. Ovul maktablarida rus tili, arifmetika qozoq alifbosi va islom dini o'qitilar edi. Bu maktablarda o'qitish o'quvchilarning ona tilida olib borilardi, lekin ularning saviyasi juda past edi. 1916 yilda 169 ta ovul maktabi bo'lib, ularda 5 ming o'quvchi o'qirdi, bu maktab yoshidagi barcha qozoq bolalarining faqat bir foizga yaqininigina tashkil etardi, xolos. Markaziy Osiyo va Shimoliy Kavkazning musulmon aholisi uchun ularni ruslashtirish maqsadini ko'zda tutgan rus-tuzem maktablari XIX asrning 80 - yillaridan boshlab ochila boshladi. Bu maktablar o'z dasturlariga ko'ra rus ministerlik maktablaridan islom dinining o'qitilishi bilangina farq qilar edi. Rus-tuzem maktablarida o'qitish rus tilida, diniy ta'limot esa o'quvchilarning ona tilida olib borilardi. Turkistonda dastlab ochilgan rus maktablari. Markaziy Osiyo xonliklarida islom dini davlat dini hisoblanar edi. Musulmon ruhoniylari Markaziy Osiyoning feodal hukmronlari bilan mahkam bog'langan edi; shu hukmronlarning yordami tufayli bu yerda musulmonlarning juda ko'p diniy o'quv yurtlari, chunonchi: masjidlar huzurida maktablar, madrasalar va shunga o'xshagan o'quv yurtlari bor edi. Turkistonda birinchi general-gubernatori bo'lgan Kaufman barcha musulmon muassasalariga nisbatan «aralashmaslik» (betaraflik) siyosatini tutdi. O'rta asr musulmon maktablarini isloh qilishdan bosh tortgan chorizm, ruslar o'rnashgan erlarda ochilgan rus maktablarini Turkistonda maorif sohasida o'z siyosatining quroli qilib olishga harakat qildi. (Toshkentda dastlabki rus maktabi 1866 yilda ochilgan edi). Rus maktablariga ruslar bilan birga o'qish uchun mahalliy aholi bolalari ham qabul qilinar edi. Turkistondagi boshlang'ich rus maktablarida hunarga Rossiyaning Yevropaqismidagiga qaraganda, ancha ko'proq o'rgatilar edi; bundan maqsad mahalliy aholining bolalarini maktabga ko'proq jalb qilish edi. Chorizmning Turkistonda ruslashtirishdan iborat maktab tizimi uning Povolje (Volgabo'ylari) uchun maqullangan «Ilminskiy sistemasi»dan farq qilar edi. Qozon pedagogi Ilminskiy Volgabo'yidagi chuvashlar, mariylar va boshqa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.58 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.58 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga