Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar

Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar - rasmi

Material tavsifi

REJA: 1. RRS bolalarning boshqa alohida yordamga muhtoj bolalardan farqi. 2. Kliniko - psixologik belgilariga ko'ra RRS bolalar xillari. 3. ruhiy rivojlanishdagi sustlikning kelib chiqish sabablari. 4. RRS bolalar uchun deferensial va integratsiyalashgan ta'limning tashkil etilishi. Tayanch so'zlar : (RRS. deferensial, integratsiyalashtirish, inklyuziv konsitutsional, somatogen, psixogen, serebral.) Ulgurmovchi o'quvchilar orasida ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar kam uchrab turadi. Ularning bilish faoliyati-intellekti mantiqiy tafakkur, idroki, xotirasi, ixtiyoriy diqqati, ish qobiliyati va boshqa xislatlariga birinchi o'rinda markaziy nerv sistemasining kasalliklari natijasida ruhiy rivojlanishi sustlashadi. Bunday bolalarda hissiyot, iroda sferasidagi kamchiliklar birlamchi, aqliy zaiflik esa ikkilamchi hodisa bo'lib hisoblanadi. T.A. Vlasova, M.S. Pevzner, V.I. Lubovskiy, T.V. Yegorova, K.S. Lebedinskaya, N.A. Nikashina, K.K. Mamedov, B.V. Shoumarov, N.A. Spina, R.D. Triger va boshqa olimlarning ma'lumotlariga ko'ra boshlang'ich sinf o'quvchilarining 5,8 foizini ana shunday bolalar tashkil etadi. ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar aqliy darajasi jihatidan asosan ikki guruhga bo'linadi: 1. Yengil nuqsoni bor bolalar -bular maxsus sharoitda 1-3 yil ta'lim -tarbiya olganlaridan keyin o'qishni ommaviy maktabning tegishli sinfda davom ettirishi mumkin. 2. ruhiy rivojlanishida sezilarli darajada orqada qolgan bolalar - bular maktabni bitirguniga qadar maxsus sharoitda o'qitilishi kerak. Bunday bolalar maktab dasturini sog'lom tengdoshlari qatorida o'zlashtira olmaydi. ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni ommaviy maktabda xamma qatori o'qishi ta'lim jarayoniga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi, yani o'rtacha o'quvchining saviyasini orqaga tortadi, yaxshi va alo o'zlashtiruvchi o'quvchilarni yetarli darajada o'stirishga to'sqinlik qiladi. Dastur materiallarini yaxshi o'zlashtira olmaganligi tufayli ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar doim muvaffaqiyatsizliklarga uchrayveradi, bu narsa ularning xulq - atvorida aksariyat turli salbiy xislatlar yuzaga kegishiga sabab bo'ladi. Olimlardan K.S. Lebedinskaya, G.P. Berton, YE.M. Dunayeva, va boshqalar ruxan sust rivojlanganlikni klinik-psixologik jihatidan quyidagi xillarga bo'lishni tafsiya etadilar: 1) konsitutsional shakli; 2) somatogen shakli; 3) psixogen shakli; 4) Serebral shakli. Ruxan sust rivojlanganlikning konstitutsional shaklini xarakterlovchi belgilarga quyidagilar kiradi: bolaning gavda tuzilishi sog'lom tengdoshlarinikiga nisbatan 1-2 yosh kichik ko'rinadi. U o'zini bog'cha yoshidagilarga o'xshab turadi va ta'lim olish uchun xali yetilmagan bo'ladi. Bunday bola o'quv faoliyatiga yaxshi kirishib ketmaydi, chunki unda qiziqish yo'q, ish qobiliyati past. mas'uliyatsizlik, motivlarning sustligi, ruhiy jarayonlardan analiz, sintez qobiliyatlarining yaxshi rivojlanmaganligi tufayli o'qish va yozishni, matematikani katta qiyinchiliklar bilan o'zlashtiradi. Dars vaqtida tez charchab qolish xollari, bosh og'rib turishi konstitutsional shakldagi bunday bolada ish qobiliyati, faollik, yanada pasayib ketishiga sabab bo'ladi. Rivojlanishdagi bu kamchilikka bola onasining homiladorligi davrida qalqonsimon bezlari faoliyatining buzilganligi, yurak - tomir kasalliklari sabab bo'lishi mumkin. Ilk yoshda har xil surunkali kasalliklar bilan tez - tez kasallanib turishi natijasida bola yaxshi o'sib - unmay ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.33 KB
Ko'rishlar soni 31 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.33 KB
Ko'rishlar soni 31 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga