Rus pedagogi Konstantin Dmitriyevich Ushinskiyning pedagogik qarashlari

Rus pedagogi Konstantin Dmitriyevich Ushinskiyning pedagogik qarashlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Rus pedagogi Konstantin Dmitriyevich Ushinskiyning pedagogik qarashlari - rasmi

Material tavsifi

Rus pedagogi Konstantin Dmitriyevich Ushinskiyning pedagogik qarashlari Rеjа: K.D.Ushinskiyning hayoti, pedagogik faoliyati va dunyoqarashi. K.D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiya san'ati haqida. K.D.Ushinskiy tarbiyaning xalqchillik prinsipi to'g'risida. Axloqiy va mehnat tarbiyasi haqida K.D.Ushinskiy. K.D.Ushinskiyning o'qitish prinsiplari va metodlari. K.D.Ushinskiyning darsliklari va o'qituvchi haqidagi fikrlari, pedagogika- ning rivojlanishda uning roli. K.D.Ushinskiy 19 fevral' 1824 yilda Tula shahrida tug'ildi. Uning otasi 1812 yilgi Vatan urushining veterani, uncha boy bo'lmagan chenovnik edi. Ushinskiy bolalik va o'smirlik davrlarini Chernigov gubernasiga qarashli Novgorod-Seversk shahri yaqinida bo'lgan ota-onasining katta bo'lmagan erida o'tqazadi. 22 yoshdan boshlab Ushinskiy Yaroslovldagi adliya liseyida ensiklopediya, qonun-shunoslik, davlat huquqi va moliya fanlari kafedrasi (kamerial fanlar)ga professorlik vazifasida ishlay boshladi. K.D.Ushinskiy o'qituvchilik va professorlik faoliyati davrida hamma bilimini studentlarga berishga ularda ilm-fanlarni qunt bilan, jiddiy suratda o'qish havasini to'g'dirishga, ularda xalqqa muhabbat, unga xizmat qilish uchun tayyor turishi hissasini tarbiyalashga intiladi. Ushinskiyning progressiv faoliyatini ko'rolmagan reaksion kayfiyatiga professorlar, lisey rahbarlari, ichki ishlar ministrligining xodimlari uning ustidan hukumatga chaqiq xati yozdilar, K.D.Ushinskiyning fikri mavjud tuzumga noto'g'ri, buzuq, xavfli kishi deb tuhmat toshi otilgan. 1884 yilda YEvropada bo'lib o'tgan revolyusilar podsho hukumatini chuchitadi. Podsho hukumati shubhali kishilarni ta'qib ostiga ola boshlaydi. Shu jumladan Ushinskiy ham 1849 yilda liseydan yomon otliq qilib ishdan bo'shatiladi. Shundan so'ng u moddiy jihatdan qiynaladi. Shu yillari o'z zamonasiga progressiv bo'lgan Sovremennik va Biblioteka dlya chiteniya jurnallarida adabiy xodim bo'lib ishlaydi chet tillarini (ingliz tili) o'rganadi. Chet tillardagi asarlarni rus tiliga tarjima qiladi. 1859 yilda Ushinskiy Smol'niy aslzoda qizlar institutida o'qituvchi va inspektorlik vazifasida ishga o'tadi. Bu o'rta ma'lumot beradigan maktabdir. Yopiq o'quv yurti bo'lgan, bunda qizlar ta'lim va tarbiya olganlar. Ushinskiy institutga ishga borgach tubdan reformalar o'tkazadi. 1860-61 yillarda «Xalq maorifi ministrligi» jurnaliga rahbarlik qildi, quruq, kishilarni qiziqtirmaydigan umumiy jurnalni ilmiy pedagogika jurnaliga aylantirdi. Ushinskiy Mehnatning psixologik va tarbiyaviy ahamiyati nomli maqolasida ijtimoiy qarama-qarshiliklarni qayd qildi. Har xil mustaqil ishlab chiqarish uchun katta-katta kapitallarga bo'lgan ehtiyoj o'sa bormoqda: mustaqil ishlab chiqarishning soni kamaymoqda: bitta zo'r fabrika minglab kichik fabrikalarni yutib yubormoqda: birov semirib tentaklashmoqda, birov qashshoqlanib yakson bo'lmoqda: birovni boylik halok qilmoqda, birovni o'ta ketgan kambag'allik mashinaga aylantirmoqda. K.D.Ushinskiy tarbiya nazariyasini ishlagan vaqtida filosofiya, filologiya, pedagogika, psixologiya, anatomiya, fiziologiya, tarix fanlarni chuqur o'rgandi. Uning fikricha tarbiyaning vazifasi yoshlarni har tomonlama rivojlantirishdan iborat: tarbiyachi va o'qituvchilar tarbiyaning prinsipini, qoidalarini o'rganishlari kerak va shu bilan birga ana shu qoida va qonunlarni amalyotga qo'llay bilishlari kerak. Ushinskiy Inson tarbiya predmeti sifatida nomli asarida tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqdi. Bu asar pedagogik-psixologik asardir. Chunonchi, sezgilarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.94 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:56 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.94 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga