SAmarali o'qituvchi-yuqori axloqiy va psixologik madaniyatning egasidir O'quvchini har tomonlama barkamol hamda yetuk shaxs bo'lib yetishishida xizmat qilish hamda o'qitish ko'nikmalarini rivojlantirish pedagoglarga qo'yilgan eng muhim talablar hisoblanadi. Shunga ko'ra pedagogning Ta'lim berish jarayonida darslarni samarali tarzda olib boorish uchun pedogagik-psixologik jihat tantayyor bo'lishi Dars mobaynida turli xil rivojlangan axborot texnologiyalardan foydalana olishi Uzliksiz ta'lim tizimidagi kerakli me'yoriy hujjatlar bo'yicha ma'lumotga egaligi uning eng muhim jihatlaridan hisoblanad O'qituvchining axloqiy ideal sifatida namoyon bo'lishi o'quvchi shaxsini tarkib toptirishda muhim ahamiyatga ega. Kichik maktab Yoshidagi o'quvchi ko'pincha o'qituvchiga taqlid qilib, unga o'xshashga harakat qiladi, lekin birinchidan, buni ko'pincha tushunib etmasdan qiladi, ikkinchidan o'qituvchining tashqi ko'rinishi va qiliqlariga taqlid qiladi, chunki u hali shaxsning namoyon bo'lishini tahlil qilishga va shaxsning barqaror xislatlarini anglab etishga qodir emas. O'smir va katta maktab Yoshidagi o'quvchi ko'pchilik hollarda namunaga ongli ravishda taqlid qiladilar. O'smir o'zini katta deb hisoblay boshlagandan e'tiboran kattalarning xatti-harakatlari va ishlariga taqlid qilishga intiladi. Shuning uchun unda tevarak-atrofdagi kishilarning, ayniqsa, o'ziga eng yaqin va o'zi uchun eng obro'li kishilarning xatti-harakatiga qiziqish hamda e'tibor berish yuzaga keladi. O'qituvchi qanchalik obro'li bo'lsa, uning e'tiqodi, bilimlari, fikrlari, didi o'quvchilarga shunchalik ko'p ta'sir qiladigan bo'ladi. O'smir kattalarning biror xislatlariga taqlid qilayotib, ko'pincha bu xislatlarni shunchalik ilib olish bilan birga, ularning salbiy xislatlari va xatti-harakatlarini ham o'ziga singdirib oladi. Agar o'qituvchi muayyan maqsadni ko'zlaydigan va matonatli, o'z burchini qat'iyat bilan bajaradigan bo'lsa, xuddi shu narsalarni o'z tarbiyalanuvchilaridan ham talab qilish unga oson bo'ladi. Aksincha, o'qituvchining tajangligi, qo'polligi, o'zini qo'lga ola olmasligi, manmanligi o'quvchilarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. O'smirlik Yoshidan boshlab, tarbiyaning yangi omili - o'z-o'zini tarbiyalash vujudga keladi. O'quvchilar o'zlaridan ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan shaxs xislatlarini tarkib toptirish sohasida xulq-atordagi kamchiliklarga salbiy xislat va sifatlarga barham berish sohasida ongli ravishda muntazam ishlay boshlaydilar. Odam yuksak darajada o'z-o'zini idora qiluvchi, o'z-o'zini kamol toptiruvchi birdan-bir sistemadir, - degan edi I.P.Pavlov. Agar o'z-o'zini tarbiyalashga bo'lgan intilishni kattalar, jamoa etarli darajada boshqarib va tashkil qilib turmasalar, unda o'quvchi o'z-o'zini tarbiyalash mazmunida (nimani tarbiyalashda) hamda uning shaklida (qanday tarbiyalashda) jiddiy xatolar qilishi mumkin. O'qituvchi, tarbiyachi o'quvchilarning o'z-o'zini tarbiyalashiga rahbarlik qilishda 4 ta vazifani ko'zda tutishi kerak. Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste'dodga, ilmga va mashqqa degan edi ulug' olim Arastu. Ana shu g'oyalarga asoslangan holda tarbiyachilar quyidagilarga amal qilishlari lozimdir: - tarbiyada ulg'ayayotgan inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir talaba, o'smir va Yosh yigitning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqiy va erkinligining e'tiborga tutilishi: - milliylikning o'ziga xos an'ana ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.19 MB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:56
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.19 MB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:56 ]
Arxiv ichida: pptx