Savod o'rgatish fanidan bir soatlik dars ishlanmasi

Savod o'rgatish fanidan bir soatlik dars ishlanmasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Savod o'rgatish fanidan bir soatlik dars ishlanmasi - rasmi

Material tavsifi

Savod o'rgatish fanidan bir soatlik dars ishlanmasi Sana : 11.12.12 Fan : Savod o'rgatish Mavzu : Qish (Ertak dars) Maqsad: Ta'limiy:O'quvchilarda g' tovushi va harfi haqida bilimlarni mustahkamlash ,. Yil fasllari haqida ,qishda tabiatda bo'ladigan o'zgarishlar haqida ma'lumot berish,matnni o'qishga o'rgatish; Tarbiyaviy: O'quvchilarda do'stlik, mehnarsevarlik tuyg'ularini shakllantirish;tabiatga mehr-muhabbat hissini uyg'otish; o'quvchilarni Dangasalik yomon oqibatlarga olib kelishinitushuntirish va g'ayratli,bilimli bola bo'lishga undash; . Rivojlantiruvchi : matnni mustaqil o'qib, o'zlasjtirish ko'nikmalarini rivojlantirish hizirjavoblikka o'rgatish orqali bilish faoliyatini faollashtirish. Dars turi: yangi bilim beruvchi ,noa'nanaviy. Dars metodi: suhbat, tushuntirish,savol-javob. Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, rebus,darslik,qog'ozdan yasalgan qor parchalari . Darsning borishi. tashkiliy qism. salomlashiladi davomat aniqlanadi ma'naviy daqiqa O'qituvchi qish haqidagi she'r bilan darsni boshlaydi. Dala dashtda tindi ish Keldi mehmon bo'lib qish. Qish emas u qor bobo, Sovg'lari bor bobo. -Hammamiz qorboboni yaxshu ko'ramiz-a.Chunki u bizlarga juda ko'p sovg'alar ulashadi.Ammo bugun men sizlar bilan qorbobo haqida emas,balki Qor malikasi haqida suhbatlashmoqchiman. -Bolajonlar , Qor malikasi haqida eshitganmisiz? - U haqida juda ko'p ertaklar mavjud. Bugun men sizlarga Qor malikasi haqidagi ertakni so'zlab bermoqchiman. O'tilgan mavzuni mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa G' tovushi va harfi. Dangasa va g'ayratli matni O'qituvchi : Keling,bolajonlar , men sizga ertak aytib beraman. Bir bor ekan bir yo'q ekan,qadim -qadim zamonda g'ayratli va dangasa bolalar bo'lgan ekan. G'ayratli bolaning ismi Botir , dangasa bolaning ismi Sobir ekan. Ular bir sinfda o'qir va bir partada o'tirishar ekan. Bolalar ,dangasa bola qandayligini kim menga kitobdan o'qib beradi. O'quvchi : Dangasa bola : -Bugun o'ynayman,ertaga o'qirman,-deydi- sozlarini o'qiydi. O'qituvchi davom etadi: G'ayratli bola-chi , u nima der ekan? (Yana bir o'quvchi g'ayratli bola qandayligini ifodalangan jumlani kitobdan topib o'qiydi) O'qituvchi : Oralaringizda g'ayratli bolalar bormi? U holda kim xattaxtadagi s'ozlarni o'qib beradi. Xattaxtaga quyidagi so'zlar yozilgan bo'ladi. g'or tog' G'a-ni g'al-la bog' G'ay-rat g'a-la-ba bog'-bon Mar-g'i-lon O'quvchilar xat taxtadagi so'zlarni navbat bilan o'qiydilar O'qituvchi o'quvchilarga o'tilgan mavzuni mustahkamlovchi savollar beradi. -G'oz so'zida nechta harf bor? -G'uncha necha bo'ginli so'z? -Qo'ng'iz so'zida-chi? - G' harfi qanday harf? U qanday hosil bo'ladi? O'quvchilar javobi tinglanadi. O'qituvchi : Barakalla bolalar,sizlar rostdan ham g'ayratli bolalar ekansizlar. Endi ertakning davomini eshiting. Yangi mavzu bayoni: O'qituvchi hikoyasi: Bir kuni Sobir maktabdan kelib, darrov o'ynagani ko'chaga chiqibdi va Botirni birga o'ynagani chaqiribdi. Botir esa har doimgidek darslarimni qilib olay,keyin o'ynayman,-debdi. Sobir dars qilishni xayoliga ham keltirmay, qorbo'ron o'ynashga tushibdi. Shu payt Qor malikasi o'zining muzdan yasalgan chanasida kelib qolibdi. Qor malikasi judayam qahrli va mehrsiz bo'lib, bolalar ,hattoki kattalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.59 MB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:57 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 2.59 MB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga