Savod o'rgatish jarayoni bosqichlari. Savod o'rgatishda tayyorlov davri

Savod o'rgatish jarayoni bosqichlari. Savod o'rgatishda tayyorlov davri

O'quvchilarga / Pedagogika
Savod o'rgatish jarayoni bosqichlari. Savod o'rgatishda tayyorlov davri - rasmi

Material tavsifi

Savod o'rgatish jarayoni bosqichlari. Savod o'rgatishda tayyorlov davri, bu bosqichdagi o'qish va yozuv darslarining mavzulari hamda ish turlari Reja: 1.Savod o'rgatish jarayoni va uning davrlari. 2.Alifbogacha tayyorgarlik davri va bu davrda beriladigan bilimlar. 3.Alifbo davri, bu davrning maqsadi va vazifalari. 4.Savod o'rgatish davrida o'quvchilarni bo'g'inlab o'qishga o'rgatish. 5.Savod o'rgatish o'qish darslarining turlari va tuzilishi. 6.Savod o'rgatish davrida nutq o'stirish usullari. Savod o'rgatish jarayoni Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o'rgatish jarayoni 4 oy davom etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo'linadi: a) alifbogacha tayyorgarlik davri (1 hafta); b) alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi). Alifbogacha tayyorgarlik davri Bu davrning asosiy vazifasi o'quvchilarni maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va o'quv qurollari bilan tanishtirish, nutq o'stirishga oid mashqlar o'tkazib, fonematik eshitishni o'stirishdan iboratdir. Bu jarayonda maxsus nusxalar asosida o'quvchilarning bog'lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga Alifbeda berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o'zlari bilgan she'r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo'shiqlar, latifalardan ayttiriladi. Bu bosqichda o'quvchilarga og'zaki va yozma nutq haqida, gap, so'z, bo'g'in va tovushlar haqida, nutqning gaplardan, gaplarning so'zlardan tuzilishi, so'zlarning bo'g'inlarga bo'linishi, bo'g'inlarning tovushlardan tashkil topishi haqida ma'lumot beriladi, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishi o'rgatiladi, ulardan amaliy foydalana bilish ko'nikmalari hosil qilinadi. Tayanch so'zlar asosida gap tuzdirish, Alifbe sahifalaridagi so'zlarning talaffuzi, o'qilishi va ma'nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi Bu bosqichdagi yozuv darslarida o'quvchilar yozuv daftari va yozuv chiziqlari bilan tanishtirilib, harf elementlarini yozishga o'rgatiladi, ularda namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash o'z-o'zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish, chamalab yozish kabi ko'nikmalar hosil qilinadi. Bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o'rgatish ko'zda tutiladi. Ushbu bosqichdanoq tovush va harf o'rtasidagi chegaraga qat'iy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi ma'lumotlar kitob ochtirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi harf ko'rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid o'ziga xos xususiyatlar (tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz; harflarni yozamiz, ko'ramiz, o'qiymiz) ham izchil ravishda o'quvchilarning o'zlashtirishlarini hisobga olgan holda sekin-asta tushuntirila boriladi. Alifbo davri Alifbo davrini o'rganiladigan tovush-harfning va o'quv materialining murakkablik darajasiga ko'ra 3 bosqichga ajratish mumkin: 1) unli tovush-harflar, ovozdor, sirg'aluvchi undoshlar, o-na, a-na, il, in, bi-lan tuzilishidagi so'zlar o'rganiladigan bosqich; 2) artikulyastiyasi qiyin bo'lgan r, k, v, f kabi undoshlar va yo'l-bars, do'st, rasm kabi tuzilishdagi so'zlar o'rganiladigan bosqich; 3) o'rganilganlar takrorlanib, harf birikmalari ng, sh, ch, 2 tovushni ifodalaydigan j, tutuq belgisi (') va jo'ja, jurnal, jirafa, tong, so'ng, bodring, choynak, shudring va shu kabi so'zlarni o'qishga o'rgatiladigan bosqich. Alifbo davrining oxirida o'quvchilar quyidagi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlari zarur: Hamma tovushlarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.31 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:57 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.31 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga