Savod o'rgatish metodikasi Reja: Savod o'rgatish metodikasining ilmiy asoslari Savod o'rgatish metodlarining qiyosiy - tanqidiy tahlili. Savod o'rgatishda analitik-sintetik tovush metodi Savod o'rgatish jarayoni Savod o'rgatish mashqlarining asosiy turlari Savod o'rgatish davrida o'quvchilar nutqini o'stirish Savod o'rgatish jarayonida yozuvga o'rgatish. Savod o'rgatish davrida o'qish va yozuv darslar O'qish va yozish - nutq faoliyatining turi. Maktabda o'qitish elementar o'qish va yozishga o'rgatishdan boshlanadi. Alifbe ga asoslangan holda qisqa muddatda o'quvchilar o'qishga, yozishga o'rgatiladi, so'ng o'qish va yozish ko'nikmasi takomillashtiriladi, bora- bora malakaga aylantiriladi . Malaka mustahkamlanadi, avtomatlashtirila boriladi. Maktabda o'qitishning muvaffaqiyati savod o'rgatishning qanday tashkil etilganligiga bog'liq. O'qish va yozish malakasi - nutqga oid malaka. O'qish va yozish malakasi nutq faoliyatining- boshqa turlari bilan ham bog'liq. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha marta takrorlanishi lozim. Shunday ekan, savod o'rgatish jarayonida bola juda ko'p o'qishi va yozishi zarur. O'qish uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir necha bor qayta o'qish bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko'pincha o'qilgan matnni yuzaki yodlashga olib keladi. Bu ish turning almashinib turishi malakani mustahkamlashga yordam beradi, qobilliyatni o'stiradi. O'zbek tili yozuvi - tovush yozuvi. Yozuvda o'quvchi tovushni harfga, o'qishda esa tovushga aylantirishdek murakkab aqliy faoliyatni bajaradi. Bu faoliyat doimiy ravishda yuz berishini nazarda tutib, o'qish va yozish parallel olib boriladi. O'zbek tilining tovush tuzilishi va grafikasi. O'zbek tili yozuvi - fonematik yozuv. O'zbek tili yozuvi uchun 1993 yil lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos shakl qabul qilindi. O'qituvchi savod o'rgatish jarayonida o'quvchilarga tovushlar haqida ma'lumot berishda o'zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Savod o'rgatish analitik - sintetik tovush metodida olib boriladi. So'z bo'ginga ajratiladi , bo'gindan kerakli- o'rganilayotgan tovush ajratilib olinadi, tahlil qilinadi, o'rganiladigan harf bilan sintezlanadi. Hozirgi o'zbek tilida 6ta unlilar sistemasi : a, o, o', u, i, e. Savod o'rgatishda tovush - harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi. e- harfi so'z va bo'gin boshida o'rta keng lablanmagan unli o'rnida va undoshdan keyin yoziladi. Savod o'rgatishda oldin so'z boshida keladigan -e (e) so'ng undoshdan keyin keladigan -e o'rgatiladi. -o harfi o'zbekcha , umurtqiy so'zlarda quyi keng , lablangan o tovishini ifodalaydi, ruscha internasinal so'zlarda urgusiz bo'ginda -a tarzida (botanika) - o' tovushi kabi (to'nna )qisqa -i tarzida ( rektir ) talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unlili so'zlar savod o'rgatish davridan so'ng o'quv jarayoniga kiritiladi . O'zbek tilida 24 undosh tovush bor. Shulardan 3 tasi harf birikmasi, 24 undosh tovush 23 harf bilan belgilanadi. Undoshlarni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.74 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.74 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:57 ]
Arxiv ichida: doc