Savod o'rgatishda analitik-sintetik tovush metodi Savod o'rgatishda analitik-sintetik tovush metodi Reja: Savod o'rgatish metodlari. Metodning umumiy xususiyatlari: a) metodning dastlabki o'ziga xos xususiyatlari; b) metodning keyingi davrlarda shakllanish xususiyatlari. Savod o'rgatishning ta'lim-tarbiyaviy tavsifi. Bolalarning savod o'rgatishga tayyorgarligini o'rganish. Savod o'rgatish metodlari Analitik-sintetik tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan. Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. SHu bois analitik-sintetik tovush metodi an'anaviy tamoyillarga va shakllanish, tashkil topish jarayonida bo'lgan tamoyillarga ega. Metodning an'anaviy tamoyillari quyidagilar; 1.Savod o'rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsan shakllantirish maqsadiga ko'ra ta'limiy va o'stiruvchi xarakterda bo'ladi, nutqiy mashqlar orqali aqlning o'sishini ta'minlaydi, o'qitishning ongli bo'lishini talab etadi. Analitik-sintetik tovush metodi Analitik-sintetik tovush metodi psixolingvistik nuqtai nazaridan: Birinchidan, savod o'rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq malakasiga asoslanadi; Ikkinchidan, savod o'rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, analiz va sintez qilishga, tovushlar artikulyasiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi; uchinchidan, o'qish birligi sifatida bo'g'in olinadi, bo'g'in ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi. Metodning shakllanishi va tashkil topish jarayonida bo'lgan tamoyillari: Ta'lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod o'rgatish jarayonida o'quvchilarga differensial va individual yondashish O'qitishning istiqbolli nuqtai nazaridan: grammatika, so'z yasalishi, imlo, leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda Muntazam berib borish Psixolingvistik nuqtai nazardan: tovush va harfni o'qitishning qulay usulini izlash, tovush va harflarning mosligini,osonligini, ikkinchidan, ta'limning tarbiyaviy va o'stiruvchi xarakteri hisobga olinadi. Ta'lim jarayonida o'quvchilarga tarbiya ham berib boriladi. Tarbiyalash didaktikaning muhim prinsiplaridandir. Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy dunyoqarash elementlari shakllantiriladi. Bolalar darsda ommaviy siyosiy tushunchalarni egallaydilar. Alifbe sahifalarida do'stlik, baynalmilal munosabat, bolalar mehnati, tabiat, kattalar mehnati, bolalar o'yinlari, oila, maktab hayoti kabi rasmlar berilgan. Turli mavzularda matn berilgan. Bular bolalarda o'zaro do'stlik, mehnatsevarlik, mehnatni qarlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, tabiatni sevish va asrash, hayvonot dunyosiga qiziqish, ularni muhofaza qilish, maktab va o'qishni sevish - umuman, estetik tarbiyani shakllantiradi. Bular bolalarni xalqning qaynoq hayotiga, uning baxtiga, orzulariga, muvaffaqiyatlariga ruhlantiradi. Demak, bolalarga axloqiy, g'oyaviy-siyosiy, mehnat va estetik tarbiya berish ham savod o'rgatish vazifasiga kiradi. Savod o'rgatishni to'g'ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligi maxsus o'rganish talab etiladi. Maxsus o'rganish avgustda, hatto undan oldin - bahordan boshlanadi. 1-sinfga keladigan o'quvchining oilasiga yoki bolalar bog'chasiga boriladi, suhbat o'tkaziladi, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlanadi. Og'zaki bog'lanishli nutq. Fikr bayon qilish. (Rasmda nimalar ko'rayotganingni aytib ber): a) 20 so'zdan ortiq bog'lanishli hikoya, bir necha gap; b) 10 tadan 20 tagacha so'z, bir necha gap; v) 10 tagacha so'zli bog'lanishli javob; g) 3-4 so'zli qisqa javob. SHuningdek, bola nutqining sintaktik qurilishi ham foydalanadigan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
219.75 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:57
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
219.75 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:57 ]
Arxiv ichida: ppt