Savod o'rgatishda guruhli yondashuv Savod o'rgatish jarayonida o'quvchilarga differensial va individual yondashish Ma'lumki, 1-sinfga o'quvchilar har xil tayyorgarlik bilan keladi. O'quv materiallari 1-sinf o'quvchilari saviyasiga mos, izchil ravishda beriladi. SHunga qaramay, har xil tayyorgarlik bilan kelgan o'quvchilarning uni o'zlashtirishlari turlicha bo'ladi. Bu savod o'rgatish jarayonida o'quvchilarga differensial va individual yondashishni taqozo etadi. Bunday yondashish ta'limning barcha bosqichlarida ham yaxshi natija beradi. Differensial yondashishda o'quvchilar guruhlarga bo'linishi Differensial yondashishda o'quvchilar guruhlarga bo'linadi, har bir guruhning saviyasiga va imkoniyatiga mos topshiriqlar beriladi. Sinf o'quvchilari 3 guruhga bo'linishi mumkin. Topshiriqlar ham 3 variantda ishlab chiqiladi. O'qituvchi sinfda frontal ishlash jarayonida 3 guruhdagi o'quvchilar bilan parallel ish olib boradi. 3 guruh uchun ham o'quv materiali qo'shimcha alifbe hisoblanadi, unga qo'shimcha alifbe uchun qo'shimcha tarqatma materiallardan, jadvallardan mustaqil ishlardan foydalaniladi. Yangi material o'rganiladigan o'qish darsida ishning asosiy turlari Alifbedagi o'quv materiali yoki o'qilayotgan matnning qiyin o'rni oldin tayyorligi puxta o'quvchiga, so'ng bo'sh o'quvchiga o'qitiladi. Ba'zi o'quvchilar bilan darsdan tashqari vaqtda yakka tartibda ishlar olib borishga ham to'g'ri keladi. Yangi material o'rganiladigan o'qish darsida ishning asosiy turlari: o'rganiladigan yangi tovushni so'zni (shu tovush so'z boshida, o'rtasida, oxirida kelgan so'zni) bo'g'in-tovush tomonidan tahlil qilish bilan ajratish. Yangi tovush ajratiladigan so'zni o'quvchilar rasm asosida o'zlari tuzgan gaplari ichidan oladilar. Tovushni ajratishda shu so'zning sxemasi - modeliga asoslanadilar. Masalan, archa. Tovushlarni eshitish, talaffuz qilish, artikulyasiyasi (nutq organlarining tovush chiqarishdagi ishi) mashq qilinadi. Kichik va bosh harflar bilan tanishtiriladi. Bo'g'inlar o'qitiladi. So'zlarni avval doskada, keyin Alifbedan o'qish. Harf, bo'g'inlardan harf terish kartonida so'z, so'z birikmasi, gap tuzish (o'qish), so'z ma'nosi ustida ishlash. Matnni o'qish va tahlil qilish, uni qayta o'qish, rasmni matnga bog'liqligini belgilash. Nutq o'stirish: lug'atni boyitish, so'z birikmasi, gap, bog'lanishli hikoya tuzish. Umumlashtirish: yangi harfni jadvalga qo'yish, yangi o'rganilgan tovushni unli va undoshga kiritish, yangi harfni ilgari o'rganilganlar bilan qiyoslash, tovush va harfning ahamiyatini takrorlash va hokozo. O'quvchilarga tabaqalashtirib (differensial) yondashish Savod o'rgatishning birinchi darslaridayoq o'quvchilarga tabaqalashtirib (differensial) yondashish (bunda o'quvchilarning o'qishga tayyorgarliklaridagi farqlarni hisobga olinadi) amalga oshiriladi. Fonetik ishlar sohasida jarangli va jarangsiz undoshlar taqqoslashga, ularning so'z ma'nosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar o'tkaziladi. (ziyrak-siyrak, dil-til kabi). Artikulyasiyasi qiyin bo'lgan undoshlar ng (tong), lab-tish undoshi - v, qorishiq undosh s, ch, jarangli portlovchi - j va jarangli sirg'aluvchi - j kabilarni o'rganishda tovush artikulyasiyasiga oid ishlar qiyinlashadi. Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli so'zlar: ko'rib (ko'rip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib (ketayotip), tortib (tortip), terib (terip), olib (olip), obod (obot) borishdi (borishti); qisqa talaffuz qilinadigan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:41:45
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
44 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:57
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:41 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
44 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:57 ]
Arxiv ichida: pptx