Sayohatlar jarayonida O'lkamiz o'simliklar bilan tanishtirish REJA: 1.Tabiatshunoslik darslarida O'lkamiz o'simliklari haqida tushunchalarni shakllantirish 2. Dars mashg'ulotlari jaryonida o'lkamiz o'simliklari bilan tanishtirish. 3. Sayohatlar jarayonida O'lkamiz o'simliklar bilan tanishtirish. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini tabiatning noyob durdonalari bo'lgan shifobahsh o'simliklar bilan tanishtirish turli xil yo'llar orqali amalga oshiriladi. Xususan, bular mashg'ulotlar o'tkazish, didaktik o'yinlar tashkil qilish, sayohatlar uyushtirish, mehnat, kundalik hayotda va maktab o'quv tajriba maydonchasida amalga oshiriladigan ishlar hisoblanadi. Bolalarni o'simliklar olami bilan tanishtirishda mashg'ulotlarning roli salmoklidir. Chunki, mashg'ulotlar bolalarga ta'lim-tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Dasturda belgilangan bilim va malakalarni o'qituvchi ta'limning o'ziga xos tamoyillariga tayangan holda bolalar oson uzlashtira oladigan qilib tashkil etadi. Kundalik hayotda amalga oshiriladigan o'simliklarni kuzatish, o'rganish, o'yinlar va mehnat jarayonida bolalarning shaxsiy bilimlari to'planib boradi. Hosil bo'lgan mazkur bilimlar mashg'ulotlar paytidagina aniklanadi va tartibga solinadi. Ayrim mashg'ulotlarda boshlang'ich bilimlar shakllangiriladi. Bu jarayonda o'qituvchi jismlarni kuzatish, rasmlarni ko'rish, badiiy kitoblar o'qish, hikoya ekran vositalarini ko'rsatishdan foydalanadi. boshqa mashg'ulotlar jarayonida esa o'quvchilar bilimlari aniklanadi, kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Uchinchi turdagi mashg'ulotlarda esa bilimlar umumlashtiriladi va tartibga solinadi. Shu maqsadda suhbat, didaktik o'yinlar, kuzatish usullaridan foydalanishga harakat kildik. Mashg'ulotlar jarayonida shifobahsh o'simliklar turlarini o'rganish alohida ahamiyat kasb etishi muhimdir. Shu jarayonda shifobahsh o'simliklarni o'rganishning ikki yoqlama xususiyatlari namoyon bo'lishi aniklandi: ta'limiy va tarbiyaviy vazifalar. ta'limiy tomoni shifobahsh o'simliklarning barcha tomonlarini - tuzilishi, o'sish joyi, o'zaro farqlanishi, shifobahshlik xususiyati, qanday dardga davo bo'lishi kabi muhim belgilari oddiy tushunchalar vositasida anglatiladi. Bolalar tomonidan ko'prok o'simliklarning shifobahshlik xususiyatiga kizikish katta bo'ladi. Shuningdek, shu paytda bolalar etibori vohamizda va diyorimizda mavjud bo'lgan shifobahsh o'simliklar bilan tanishish, ular tuzilishini kuzdan kechirish, taqqoslash, kismlarni o'rganish, rasmini chizish, nomlarini yodlash, kaysi dardga shifo bo'lishini eslab qolish kabi zaruriy masalalarni o'rganishga karatildi. Quyida vohamizdagi shifobahsh o'simliklarni o'rganishga bag'ishlangan mashg'ulotlar namunalarini keltiramiz. Dars mashg'ulotlari jarayonida Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'simliklar hayoti, xususan shifobahsh o'simliklar, ularning turlari, vohamizda o'sayotgan xillari bilan tanishtirish ularning tabiatga bo'lgan har tomonlama qiziqishini oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalarga o'simliklar dunyosining rang - barangligi, xo'jalik ahamiyatiga ko'ra turli guruhlari bilan tanishtirishda 2 jarayonga ko'proq etibor beriladi: Mashg'ulotlar va sayohatlar jarayonlariga. Mashg'ulotlar jarayonida ko'pincha o'z tabiiy o'sish joyiga borib kuzatish imkoniyatiga ega bo'lmagan o'simlik guruhlari o'rganilsa, sayohatlar jarayonida esa bevosita o'quv jarayonida - harakatda bo'lgan o'simlik turlarini tabiiy holatda o'rganishga erishiladi. Biz avvalo shifobahshlik xususiyatiga ega bo'lgan mevali daraxtlar va ularning mevalari bilan tanishtirishga kirishdik. Buning uchun olma, nok, olcha, anjir, xurmo, do'lana kabi mevalarning rangi, hajmi, tuzilish shakli va tamiga ko'ra farqlanishi haqida ma'lumot berdik. Ularning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.98 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.98 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:57 ]
Arxiv ichida: doc