Sensor tarbiyasi

Sensor tarbiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Sensor tarbiyasi - rasmi

Material tavsifi

Sensor tarbiyasi Reja: Sensor tarbiyasi haqida tushuncha. Sensor tarbiyasining vazifasi va mazmuni. Sensor tarbiyasining usullari. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashda hamda ularda «tuyg'u, sezgi, idrok, sezish» kabi kobiliyatlarini shakllantirishda sensor tarbiya muhim о'rin tutadi. Sensor tarbiyasi tevarak-atrofdagi borliqni bilish sezgi va idrokka asoslanadi. Demak, bola tasavvurining asosini bevosita sezish orkali idrok kilish mumkin. Bunday tasavvurlarning anikligi, tо'laligi, sensor jarayonlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Sensor tarbiyasi sezgi va idrokni biror maqsad asosida rivojlantirishdir. «Sensor» sо'zi lotincha suzdan olingan bulib «sensus»-«tuyg'u», «sezgi», «idrok», «sezish kobiliyati» ma'nolarini anglatadi. Demak borliqni bilish avvalo sezish idrok kilishdan boshlanadi. Inson kо'rish, eshitish, anglash xis kilish yordamida tevarak atrofdagi narsa va xodisalar tо'g'risida bilimga ega bо'ladi. Insonda fakat shular asosidagina xotira, tafakkur, xayol kabi jarayonlar xosil bо'ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi va kichik maktab yoshidagi bolalar akliy bilimining 910 kismini sezish orkali idrok etilgan taassurotlar tashkil etadi. Sezgi va idrok qanchalik boy bulsa, insonning atrofdagi olam xakidagi tasavvurlari shunchalik keng bо'ladi. Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va idrokning muvaffaqiyati uchun muhim shart-sharoit hisoblanadi. Bolalarning akliy estetik jismoniy va mexnat tarbiyasini shakllanishida sensor tarbiya muhim о'rin tutadi. Ayniksa maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlantirish davri sanaladi. Shuniig uchun bu davrda sensor tarbiya muhim о'rin tutadi. Sensor tarbiya bolalarda xissiy bilish kobiliyatlarini shakllantirishga sezgi idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik jarayondir. Sensor tarbiyaning mazmuni va metodi ruxshunoslik fanida idrok va sezgini rivojlantirish muammosi kanday talqin qilinishi bilan belgilanadi. Fanda bu muammoni xal etish turlicha yoritilgan. Pedagogika tarixida esa sensor tarbiyasining xar xil sistemasi kursatilgan. О'tmishdagi pedagoglar Fribel, M.Montesseri, O.Dekroli va boshqalar tomonidan yaratilgan sistema bolalarning qо'lidagi mayda muskullarini rivojlantirishga, rang va uning turlari, shakl va xajmi yuksak darajada farq qilishga erishishni о'z oldiga maqsad qilib qо'yadi. Maktessorining didaktik materiallari о'z-о'zini nazorat kilish prinsipiga muvofiq yaratilgan bо'lib, bolalarga pedagogning ishtirokisiz, mustaqil shug'ullanish imkonini berar edi. Ammo sezgi a'zolarining rivojlanishi, nutqning о'sishi, samarali faoliyat bilan bog'lanmas edi deydi. Yukoridagi allomalar tomonidan ilgari surilgan ta'limot ayniksa xozirgi ta'lim-tarbiya jarayonida keng qо'llanilmokda. Bu usullardan foydalanish bolalarni xar tomonlama ham aqliy ham jismoniy rivojlanishiga ularning ongi, aqli va xissiy tuyg'ularini shakllanishiga ijobiy ta'sir kо'rsatadi. Shu bois xozirgi kunda barcha maktabgacha tarbiya muassasalarida ushbu metodlardan keng qо'llanishga erishilmokda.Buning uchun, barcha tarbiyachilar mazkur metodlardan keng qо'llash maksadida xar bir guruh xonalarida aloxida-aloxida burchaklar tashkil etganlar. Shuningdek pedagog va ruxshunos olimlar sensor tarbiyaning xilma-xil faoliyat turlari jarayonida faoliyatning tasviriy-amaliy musiqali xarakat turlarida bolalarni tevarak atrof bilan tanishtirishda amalga oshirish muximligi tо'g'risidagi yangi sistemani yaratdilar. Ular bunday sistemaning mazmuni, metod va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.12 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.12 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga