Sertifikatlashtirish bo'yicha asosiy tushunchalar va atamalar

Sertifikatlashtirish bo'yicha asosiy tushunchalar va atamalar

O'quvchilarga / Pedagogika
Sertifikatlashtirish bo'yicha asosiy tushunchalar va atamalar - rasmi

Material tavsifi

Sertifikatlashtirish bo'yicha asosiy tushunchalar va atamalar Reja: Sertifikatlashtirish bo'yicha asosiy tushunchalar Sertifikatlashtirish bo'yicha asosiy atamalar Qayta ishlangan xalqaro standartlashtirish tashkilotining qo'llanmasi Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat ko'rsatkichlariga javob berishi kerak. Sifat ko'rsatkichlari esa ma'lum belgilangan talablarga muvofiq mos kelishi lozim. Muvofiqlik o'z navbatida ma'lum standartga yoki boshqa me'yoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni setifikatlashtirish mumkin. Xo'sh, sertifikatlashtirish tushunchasi nima? Sertifikatlashtirish deganda kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan faoliyat tushuniladi. Sertifikatlashtirish tushunchasi birinchi marta xalqaro standartlashtirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bo'yicha maxsus qo'mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari qo'llanmasiga kirgazilgan. Qayta ishlangan xalqaro standartlashtirish tashkilotining qo'llanmasida sertifikatlashtirish atamasining faqatgina izohlari berilgan: sertifikatlashtirish umumiy atama bo'lib, mahsulot, texnologik jarayon va xizmatlarning sertifikatlash-tirishda muvofiqlikni sertifiklashtirish uchinchi tomonning qatnashishi tushuniladi; sifat tizimini baholash sohasidagi taraqqiyot sifat tizimini sertifikatlashtirish bo'yicha yangi ta'minlov-chining imkoniyatlarini sertifikatlashtirish tushuncha zaruriyatini tug'dirmoqda. Qo'llanmaning qayta ishlangan nushasida muvofiqlikni sertifikatlashtirish tushunchasi tegishli atamalar guruhiga kiritilgan. Muvofiqlik atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni o'z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikni uchta ko'rinishi - muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikatlash-tirish belgilaydi. Muvofiqlik bayonoti deb yetkazib beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me'yoriy hujjatga to'la-to'kis muvofiqlik haqida butun mas'uliyatni o'z ustiga olganligini bayon etishiga aytiladi. Bu atamani so'nggi vaqtlarda o'z-o'zini sertifikatlashtirish tushunchasi bilan almashilayotgani qayd qilinmokda. O'z-o'zini sertifikatlashtirish deganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun mas'uliyatni o'ziga olgan holda sertifikatlashtirishni o'zini o'tkazadi va mahsulotning kerakli darajada sifatliligi haqidagi kafolatni o'z ustiga oladi. Bunday sertifikatlashtirish faoliyatini o'z-o'zini sertifikatlashtirish deb yuritiladi. Muvofiqlikni attestatlash uchinchi tomon tarafidan sinov laboratoriyasining bayonoti tushunilib, ma'lum namuna mahsulotga bo'lgan talablarni belgilovchi ma'lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishiga aytiladi. Sertifikatlashtirish deganda mahsulot buyum, mol yoki xizmat muayyan standartga yoki texnikaviy shartlarga mos kelishini tasdiqlash maqsadida o'tkaziladigin faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot buyum, mol ning sifati haqida iste'molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi. Yana bir zarur atamalardan biri sertifikatlashtirish tizimi bo'lib, u quyidagicha ta'riflanadi: Sertifikatlashtirish tizimi - muvofiqlikning sertifikatlashtirish faoliyatini o'tkazish uchun ish tartibi qoidalariga va boshqarishiga ega bo'lgan tizimdir. Sertifikatlashtirish tizimi atamasidan tashqari Sertifikatlashtirish sxemasi sxema sertifikasii kiritilib, uni quyidagicha ta'riflanadi: Muvofiqlikning sertifikatlash-tirilishini o'tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va tartibi. Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi uchta tushuncha to'g'risida to'xtalib o'tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish, sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a'zosi. Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish deganda sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq guvohnoma talabgoriga berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 141.79 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 141.79 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga