Sharhlash jurnalistikasida fakt va uning talqini

Sharhlash jurnalistikasida fakt va uning talqini

O'quvchilarga / Pedagogika
Sharhlash jurnalistikasida fakt va uning talqini - rasmi

Material tavsifi

Sharhlash jurnalistikasida fakt va uning talqini Reja: 1.Sharhlashda faktlardan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari. 2. tahlil va fakt. 3. Sharx va targ'ibot sharhlashning o'ziga xos xususiyatlari Sharhlashda voqelikni aniqlash va tasvirlashda muayan uslublardan foydalaniladi. Ular nimalardan iborat bo'lishi mumkin? Sharhlashning ham o'ziga xos shartlari ham mavjudmi yoki u faqat muallifning ayniyatiga bog'liqmi? Gohida «ijodkor shaxs» go'yoki xech narsa bilan chegaralanmagan holda harakat qiladi degan yolg'on tasavvur ham paydo bo'ladi. Albatta, xar qanday ijodda ham u yoki bu mavzuga nisbatan muallifning o'zligini va irodasini namoyon etish uchun keng imkoniyatlar mavjud. U yoki bu publitsistik janrda ijod etayotgan muallif mavzuga nisbatan o'z dunyoqarashini belgilab olishi, shaxsiy yoki umumiy xulosalardan, suhbat yoki iqtibos keltirishdan boshlashi mumkin. Mavzuni o'rganish jarayoni turlicha kechish mumkin: bu materialni tadqiq etishning hajmi nuqtai nazaridan va bunday xollarda qanday uslub va usullardan foydalanganligi nuqtai nazaridan ham qaraganligi ham muhim ahamiyatga ega. Aynan mana shu tanlash erkinligi voqelikni o'rganish jarayonining aniq bir obyektiv omillarning yo'qligini keltirib chiqaradi. Shunday bo'lishiga qaramasdan bazi bir umumiy tamoyillar mavjudki, ularga amal qilmasdan turib voqelikni xolisona yoritish mumkin emas. Turli miqyosdagi xabarlarni dialektik nuqtai nazardan yoritish zarur. Ushbu murakkab muammoni publitsistikaning vazifasiga tayangan holda ilmiy asosda xal etish mumkin. Ilmiy tahlil, talqin, umumlashmalarga asoslangan xoldagina millionlab odamlarga isbotlangan xulosalar, tavsiyalar bera oladi, ijtimoiy fikrni shakllantira oladi. Jamoatchilik fikrini boshqarish rolini ham amalga oshirish mumkin. Sharhlashda ko'p holatlarda kichik, alohida faktlardan umumlashma va butunlik tomon intilish xarakterli xususiyatdir. Bu qaysidir manoda to'g'ri hamdir. Chunki, sharh millionlab odamlarga muammolarning mohiyatini tushunib olishga yordam beradi. Sharhlashda induktiv uslubdan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, voqelikni ayni hayotiy vaziyatlarda yoritish, alohida hodisalar, faktlar haqida xabar berish sharhning asosiy xususiyatlaridan biridir. Bu induktiv uslub voqelikni holisona yoritish kafolatini beradi degani emas, albatta. Induktiv uslub barcha boshqa uslublar qatori haqiqiy ilmiy asosga tayangan xoldagina o'zining natijalarini berishi mumkin. Induktiv uslub faqat muayan metodologik vaziyatlarga suyangan taqdirdagina to'g'ri xulosalar chiqarish mumkin. Ushbu shartlardan bittasi va eng asosiysi faktlarni izlab topish va ularni talqin etishdir. Ikkinchi sharti esa keltirilgan ma'lumotlarni ilmiy jihatdan to'g'ri tasniflash. Materialni tasniflash muammosi sharhlashda juda muhim hisoblanadi. hayotni xaqqoniy o'rganish alohida faktlarni ko'ra olish, uning mohiyatini va ijtimoiy ahamiyatini tushunishga bog'liq. Shuning uchun sharhlashda fakt nima va u qanday rol uynaydi kabi masalalarni anglab olish kerak. Fakt - bu «xaqiqatda sodir bo'lgan» obyektiv hodisa yoki jarayon. A.I. Rakitov «fakt» termini ko'p manoli ekanligini takidlab, uning keng tarqalgan uchta manosini keltirib o'tadi: «Chindan» degan terminning sinonimi. «hodisa» terminining sinomi. «Fakt»termini «sinovlarda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.19 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.19 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga