Sharhlash jurnalistikasining asosiy xususiyatlari

Sharhlash jurnalistikasining asosiy xususiyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Sharhlash jurnalistikasining asosiy xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Sharhlash jurnalistikasining asosiy xususiyatlari Reja: 1. Sharhning o'ziga xos xususuiyatlari 2. Sharhning boshqa janrlar bilan bog'likligi 3. Sharhlash turlari. Ochiq sharh. Sharhlash jurnalistikasi o'z ichiga tahririyat va mualliflik sahifalarini oladi. Barcha vaziyatlarda ham sharh o'z nomi bilan auditoriyaga etkazilishi kerak. Uning sarlavhasidan tortib matn tuzilishigacha ushbu qoidaga amal qilishi kerak. Matbuot sharhlari har doim ham hukumatning matbuot xizmati sharhlari bilan mos kelavermasligi mumkin. Hukumat qarorlari va xatti-harakatini doimo sharhlab borish jurnalistikaning ajralmas qismidir. Shu bilan birga kundalik matbuot sharhlari tanqid va nozik shama-ishoralarga moyilroq bo'lishadi. Lekin barcha hollarda ham sharhlar jamiyat uchun foydali va samarali bo'lgan hamda birgalikdagi hamkorlikni qo'llab-quvvatlashi lozim. Hatto g'arbning eng «sariq matbuoti» vakillari ham o'quvchilar ehtirosini junbushga keltiruvchi sharhlarni yozishga istihola qilishadi. Ular o'z gazetxonlari va reklama beruvchilarga o'ta bog'liqligi va ularni qo'lda saqlab turishga majburligi tufayli biron-bir siyosiy yoki diniy qarashlarni targ'ibot qilishlari dargumon. Hozirgi kunda jurnalistikaning jamoatchilik oldidagi ijtimoiy javobgarligi o'ta muhim tamoyil sifatida hisoblanmoqda va bu tushuncha sharhlash jurnalistikasi uchun ham o'ta muhim. Sharhlash jurnalistikasining gazetxonlarga foydali bo'lgan 5 ta asosiy jihati mavjud: 1.Voqea-hodisalar haqidagi axborotning ko'pligi tufayli yuzaga kelgan tushunmovchilik va tartibsizliklarni malum bir qoliplarga solishga yordam beradi, o'quvchilarni OAV tomonidan o'zatilayotgan haddan tashqari ko'p xabar va yangiliklarga bog'lanib qolishdan saqlaydi. 2.O'quvchilarni ijtimoiy-siyosiy hayotga faol ishtirok etishga undaydi. 3.O'quvchilarda tanqidiy nuqtai nazarni shakllantirishga hamda har xil uydirma va yolg'onlarga ishonmaslikka ko'nikma hosil qiladi. Muhim va jiddiy muammolar atrofida suhbat va bahs-munozaralar uyushtiradi. 4.Jamoatchilik fikri oldida mulozimlarning mas'uliyatini, ko'pchilik tomonidan qabul qilingan qarorlarni demokratik yo'l bilan xabardor qilish qoidasi qatiy ekanligi. 5.Gazetalar nuqtai nazari ham noto'g'ri bqlishi yoki har qanday qaror va xatti-harakatlar shubha ostiga olinishi mumkinligiga o'quvchilarda ko'nikma hosil qiladi. Sharhlash jurnalistikasi jurnalistik ijod nazariyasi fanining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. U murakkab janr va ijod turi bo'lganligi uchun ham U1 semestrda 2 kurs talabalariga yetakchi fan sifatida o'tiladi. Sharhlash jurnalistikasi matbuot haqidagi boshqa fanlar bilan, jumladan tahliliy jurnalistika bilan chambarchas bog'liqdir. Mazkur fan shu bilan birgalikda jurnalistik mahorat sirlarini egallashda hamda mantiqan fikr yuritishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yani bu kurs jurnalistlarning kasbiy tayyorlanishida markaziy o'rin egallaydi. Kurs ilmiy ma'ruza, savol-javob va boshqa xildagi amaliy mashg'ulotlar tarzida olib boriladi. Talabalarning bu kursdan olingan bilimlari reyting va yozma usullar asosida tekshirib boriladi. Buning uchun talabalardan mashg'ulotlarga muntazam qatnashish, berilgan ilmiy publitsistik adabiyotlarni chuqur o'zlashtirishi, OAVning kundalik faoliyati bilan tanishib borishi talab etiladi. Sharhlash turlari. Ochiq sharh. Jahonda kechayotgan voqealardan voqif bo'lar ekansiz har doim ham tezda uning biror mamlakat yoxud jahon tarixidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.9 KB
Ko'rishlar soni 29 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.9 KB
Ko'rishlar soni 29 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga