Sharq allomalari asarlarida oiladagi shaxslararo munosabatlar masalalari

Sharq allomalari asarlarida oiladagi shaxslararo munosabatlar masalalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Sharq allomalari asarlarida oiladagi shaxslararo munosabatlar masalalari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI PSIXOLOGIYA KAFEDRASI 5210200 psixologiya ta'lim yo'nalishi bitiruvchisi Ibodova Zilolaning bakalavr darajasini olish uchun yozilgan Sharq allomalari asarlarida oiladagi shaxslararo munosabatlar masalalari mavzusidagi Ilmiy rahbar. dots.M.Fayziyeva Himoyaga tavsiya etildi Pedagogika fakulteti dekani dots. Sh.O'.Nurillayeva 2017 yil Qarshi 2017 yil Mundarija Kirish3 I - BOB. Oila mustahkamligida shaxslararo munosabatlar ta'sirining milliy psixologik xususiyatlari……8 1.1.O'zbekiston psixologlari tomonidan oila mustahkamligini psixologik omillarini tadqiq etilishi……8 1.2. Oila mustahkamligida shaxslaro munosabatlar ta'sirining psixologik xususiyatlarini ilmiy o'rganish……18 II BOB. Sharq mutafakkirlari asarlarida oilaviy munosabatlar masalalarining amaiy jihatlari…….25 2.1. Hozirgi zamon oilalari shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari…….25 2.2. Oiladagi shaxslararo munosabatlarda sharq mutafakkirlarining ijtimoiy psixologik qarashlari……40 2.3. Oilaviy munosabatlarning muvofiqlashtirishning psixologik asoslari…….51 Xulosa…….58 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati…….60 K I R I SH Mavzuning dolzarbligi. Oilaviy muammolar qizining ko'p qirraliligi bilan alohida xususiyat kasb etib, jamiyat taraqqiyotini belgilashda, ma'nan barkamol, ruhan sog'lom avlodni voyaga yetkazish jarayonida ularning ijobiy yechimi katta ahamiyatga egadir. Agar har bir oilani tashkil etuvchilar o'z muammolarini bahamjig'atlik bilan, o'zaro kelishuv asosida hal qilsalar, oiladagi tinchlik kafolatlanib, uning ma'naviy asoslari mustahkam bo'ladi. Alohida ta'kidlash joizki, yer-xotin, qaynona-qaynota, kelin-kuyov munosabatlarida, fikrlar va qarashlardagi paydo bo'ladigan ayrim kelishmovchiliklar, qarama-qarshiliklar, ziddiyatlarni uni tashkil etuvchi shaxslar o'zaro kelishib, muammoni konstruktiv tarzda yechishga qodir bo'lsalar, oiladagi ijtimoiy-psixologik hamda ma'naviy muhit yosh avlod ongida insoniy munosabatlar to'g'risida teran va ijobiy tasavvurlar shakllanishiga imkon beradi. Shu bois ham mamlakatimizda oila va uning tarbiyaviy imkoniyatlari qadriyat sifatida yuksaklarga ko'tariladi. Respublikamizning birinchi Prezident I.A. Karimov, oilada hukmron bo'lishi lozim bo'lgan ma'naviy muhit va noyob udumlarimizning xosiyatlari haqida fikr bildirib: U Bunda o'zaro hurmat va qattiq tartib bo'lmasa, oilaning barcha a'zolari o'z burchlarini ado etmasa, bir-birlariga nisbatan ezgulik bilan mehr oqibat ko'rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas o'zbeklarning aksariyati qizining shaxsiy farovonligi to'g'risida emas, balki oilasining qarindosh-urug'lari va yaqin odamlarning, qo'shnilarining omon-esonligi to'g'risida g'amxo'rlik qilishni birinchi o'ringa qo'yadi. Bu esa eng oliy darajada ma'naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir deb ta'kidlaganlar. Shuni alohida ta'kidlash joizki, oilaviy munosabatlar har doim ham bir tekisda silliq, risoladagidey kechavermaydi. Uy-ro'zg'or yumushlarini ado etish, yer-xotinlik burchlari, ota-onaning farzandlar oldidagi majburiyatlari, farzandlarning kattalar oldidagi huquq va burchlarini ado etish jarayonida murakkab rollararo muomala va muloqot jarayonlari kechadiki, ularning deyarli barchasida shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar to'qnashadi, ayrim holatlarda fikr va qarashlardagi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, kelishmovchiliklar, anglashilmov- chiliklar shaxslararo nizolar tarzida namoyon bo'ladi. Oilaning ma'naviy-psixologik muhitini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlarda oilaviy baxt yoki kelishmovchiliklar to'g'risida ijtimoiy tasavvurlarning shakllanganlik darajasi undagi ma'naviy muhit ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 143.68 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 143.68 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga