Sharq ijtimoiy tafakkur tarixida boshqaruv xodimi va davlat xizmatchisi ma'naviyatining axloqiy mazmuni

Sharq ijtimoiy tafakkur tarixida boshqaruv xodimi va davlat xizmatchisi ma'naviyatining axloqiy mazmuni

O'quvchilarga / Pedagogika
Sharq ijtimoiy tafakkur tarixida boshqaruv xodimi va davlat xizmatchisi ma'naviyatining axloqiy mazmuni - rasmi

Material tavsifi

Sharq ijtimoiy tafakkur tarixida boshqaruv xodimi va davlat xizmatchisi ma'naviyatining axloqiy mazmuni O'zbekistonda Yevropademokratik davlatlariga xos xususiyatlar bilan birga, Sharq davlatchiligining xalqimiz ruhiyatiga xos va mos tajribalarining saqlab qolinganligi maqsadga muvofiqdir. Buni, barcha boshqaruv tizimida yetakchi mavqega ega bo'lgan xodim -vazir faoliyati va vazirlik mansabi misolida ko'rsak bo'ladi. Vazirlik xizmati hozirgi dunyo davlatchiligining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Ammo u bizda juda qadim zamonlardan beri ijroiya hokimiyatining eng maqbul shakli bo'lib kelgan. Dono va tadbirkor vazirlarning ish tajribasi, siyosatdonligi, ma'naviy-axloqiy sifatlari hozir ham bizga ibrat bo'lmoqda. Vazir qadimiy davlatchiligimizda yuqori mavqeni egallagan mas'uliyatli mansablardan, ya'ni davlat arkoni, ustunlaridan biri bo'lib, u mamlakatni idora qilish, uning ichki tartibi, osoyishtaligini saqlash, zarur ijtimoiy masalalarni hal etishda podshoga yordam beruvchi katta obro'-e'tiborga molik amaldor shaxs hisoblangan. Imom G'azzoliy fikricha, yaxshi vazir - «podshohning yaqin yordamchisi, sirdoshidir va mamlakatning ichki va tashqi ishlari hamda viloyatlar va xazinaning obodonligi vazirdandir, podshohlikning zebu ziynati, qudrat va shukuhi unga bog'liq» Husayn Voiz Koshifiy esa, «Vazirlar agar yaxshi xislatlar sohibi bo'lsalar, saltanat binosining mustahkamligiga va mamlakat ishlarining intizomiga sababdirlar»,2 deb ta'rif beradi Soxibqiron Amir Temurning «Tuzuklari» da vazirning mansab darajasi amirlik mansabi bilan barobar va hatto ba'zan undan yuqoriroq olinib ta'riflanadi. «Tuzuklar» ning ikki bobi maxsus vazirlik vazifalarini belgilashga bag'ishlangan. Bu boblarning biri «Vazir tutish tuzugi», ikkinchisi «Vazirning xizmat qilish tuzugi» deb nomlanadi. Asarning boshqa boblarida ham beklar, amirlar, qozi, mufti, muhtasib, sadr, qozikalon mansablari bilan birga vazir haqida fikrlar bayon etilgan. Aytish kerakki, vazirlar faoliyati, vazirlik ishining xususiyatlari, mas'uliyati haqida ko'plab manbalarda so'z boradi. Chunonchi, «Shohnoma» (Firdavsiy), «Kutadg'u bilig» (Yusuf Xos Hojib), «Dastur ul-muluk» (Imom -G'azzoliy), «Kitob ul-vo'zaro» (Xilol), «Irshod» (Yoqut), «Kitob ud-diyorat» (Shabushtiy), «Siyosatnoma» (Nizomul-mulk), «Qobusnoma» (Kaykovus), «Dastur ul-vo'zaro» (Xondamir), «Axloqi Muhsiniy», «Anvori Suhayliy» (Koshifiy) kabi asarlar shunday manbalardan. Ma'lumki, vazir so'zi arabcha «vizr» so'zidan olingan bo'lib, «vizr» yuk, og'irlik degan ma'nolarni anglatadi. («Vazara» -yukni ko'tarib yurmoq, katta vazifani zimmaga olmoqdir). «Vizr» so'zi gunoh ma'nosini ham bildiradi. Shu ikki ma'noni nazarda tutgan Alisher Navoiy «Mahbub ul-kulub» asarida bunday yozgan edi: «Vazir» «vizr» dan mushtakdur va bu fe'l aning zotig'a al-haq va alyaqdur» («vazir» so'zi «vizr» dan kelib chiqqandir va bu fe'l (ya'ni yuk ko'tarish, gunohli bo'lish) uning tabiatiga eng to'g'ri va eng loyiq ta'rifdir). Shunday qilib, vazir davlat yukini ko'tarib, podshoga ko'maklashadigan mansab egasi bo'lgan. Vazir podshoning bevosita yozuv-chizuv, hisob-kitoblari, amaliy ishlarini yurgizuvchi podsho amru farmonlarini hayotga tatbiq etuvchi yuqori mansabli shaxs hisoblangan. U davlat qudratini oshirishi, xazina to'plashi, kirim-chiqimlarni nazorat qilishi lozim edi. Podsho vazirlikka o'zining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.95 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:57 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.95 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga