Sharq mutafakkirlari merosida oila va oilaviy tarbiya masalalari Reja: 1. Oila xususida sharq mutafakkirlarining falsafiy qarashlari 2. Zardushtiylikning qadimiy kitobi haqida 3. Sharq mutafakkirlarini oilaviy tarbiya masalalari haqida fikrlari Jamiyat uchun nihoyatda ahamiyatli hisoblangan ota-ona va bola,yer-xotin, oila a'zolarining o'zaro munosabatlari bilan bog'liq bo'lgan muammolar aynan oila negizida yuzaga keladi. SHuning uchun ham qadim zamonlardan boshlab oila, undagi munosabatlar masalalari har bir davrning donishmand, olim, mutafakkirlari tomonidan o'rganilib kelinganligini va ularning qarashlarida bu masalalarning yoritilganligini kuzatamiz. Bu qarashlarni, fikrlarni sizning hukmingizga havola etish orqali oila, o'zaro munosabatlar muammolari bizning hayotimizda doimo muhim masalalar sirasiga kirishini qayd etamiz. Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti muammolari uzoq asrlardan buyon jamiyatning eng ilg'or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat markazida asosiy masalalardan bo'lib kelgan.SHarqning buyuk allomalari hisoblangan Abu Ali ibn Sino,Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg'ariy, Kaykovus, Xotam ibn Tay, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur,Rizouddin ibn Faxriddin, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ko'plab olim va yozuvchilar bu masalalar yuzasidan o'zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir.Ularning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga ham alohida e'tibor berilgan, shuning uchun biz yuqoridagi buyuk mutafakkirlarning ayrim pedagogik va psixologik qarashlari yoritilgan asarlarini tahlil etish orqali o'quvchilarga mazkur muammolarning naqadar dolzarb ekanligini bayon etamiz. Sharq mutafakkirlarining barchasini g'oyaviy jihatdan birlashtirgan asos shu bo'lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qo'yishgan,ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o'rni, ota-ona va yaqin kishilarning yo'naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e'tibor berganlar. Ular faqat oiladagina rivojlanishi mumkin bo'lgan sifatlar- halollik, poklik, mardlik, mehribonlik,haqgo'ylik kabi qator fazilatlarni barcha sifatlardan yuqori qo'yishlari bilan birga insoniy munosabatlarda namoyon bo'ladigan yuksak fazilatlar,avvalo, ota-onadan bolaga o'tishi va ular jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta'siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko'rsatmalarni o'z falsafiy- axloqiy,sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab berganlar. Zardushtiylikning qadimiy kitobi-Avestoda oila muqaddas dargoh ekanligi, oila barqarorligida yer va xotinning teng mas'ulligi, farzand tarbiyasi to'g'risidagi fikrlar bayon etilgan. Oilaning tinch va farovon bo'lishi nimalarga bo'g'liq ekanligi haqida esa: Porso, inson uy tiklab, olovga, oilasiga, xotin va farzandlariga o'rin ajratib bersa, uyida noz-ne'matlari muhayyo bo'lib, xotin va farzandlari farovon yashasa, uyida e'tiqod, sobit olovi alangali, boshqa narsalari ham mo'l-ko'l bo'lsa, usha manzil muhtaramdir,-deb yozilgan. Bu kitobda ko'rsatilishicha, oilada ota yetakchi bo'lgani ma'qul. SHuningdek, unda ifodalangan oila va oilaviy munosabatlarga hamma rioya etishi lozim bo'lgan. Eng ahamiyatli jihati shundaki, unda yer-xotinni o'zaro sodiq, g'amxo'r, mehribon bo'lishlari lozimligi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.26 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:57
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
19.26 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:57 ]
Arxiv ichida: docx