Sharq mutafakkirlarining ta'lim metodlari haqidagi fikrlari Reja: Sharq mutafakkirlarining didaktik qarashlari Sharq mutafakkirlari pedagogik fikrlari Sharq mutafakkirlari ta'lim metodlari haqida Sharq mutafakkirlarining didaktik qarashlarida ham ta'lim metodlari masalasiga jiddiy etibor qaratilgan. Ayniqsa, Al Xorazmiy, Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sinoning turli ta'lim metodlari haqidagi fikrlari, qarashlari, yo'nalishlari bunday deyishimizga asos beradi. Muso Al Xorazmiiy o'zigacha bo'lgan ta'lim metodlarini sintezlashtirishga harakat qilgan. Barcha mutafakkirlar kabi Muhammad Al Xorazmiy ham ko'rgazmali tajriba metodlari, savol-javob, malaka va ko'nikmalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metodlaridan keng foydalangan. Farobiy ta'limda barcha fanlarning nazariy asoslari o'rganilsa, tarbiyada ma'naviy-axloqiy qoidalar, odob me'yorlari o'rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Bu muhim vazifa tarbiyachilar tomonidan turli metodlar yordamida amalga oshiriladi. Farobiy ta'lim-tarbiya ishlarini yo'l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi. Farobiy ta'lim-tarbiyada rag'batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo'llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O'quvchiga bilim berishda: - o'quvchini zeriktirmaslik; - bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o'rgatavermaslik; - uzviylik va izchillik; - tahlil qilish va taqqoslash; - takrorlash; - mavzuni ko'rgazmali bayon etish; Ibn Sino esa bolalarni maktabda jamoa qilib o'qitish zarurligini qayd etarkan, bolalarga bilim berishda ularni birdaniga kitobga band qilib qo'ymaslik, olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo'lishi, ta'limda turli metod va shakllardan foydalanish kabi jihatlarga etibor qaratadi. Ibn Sino ta'limoti bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin, u og'zaki ifodali, bilimlarni tushuntirilishi, turli ko'rinishdagi suhbatli, tajribalarli, baribir, talabalarda haqiqiy bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotda tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bo'lgan. Muhammad ibn Muso al - Xorazmiy o'zigacha bo'lgan ta'lim metodlarini sintezlashtirishga harakat qilgan. Barcha mutafakkirlar kabi u ham ko'rgazma - tajriba metodlari, savol - javob metodlari, malaka va ko'nikmalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metodlaridan keng foydalanilgan. U Al - Jabr va val muqobola, Hind arifmetikasi haqida kitob, Sinus Zijlari, Kitob suratard, Yer sathini o'lchash, Quyosh soati to'g'risida, Yahudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash, Vasiyatlar kitobi kabi asarlarni yaratgan. Al - Xorazmiy matematika fanining amaliy ahamiyatini yuksak cho'qqilarga ko'tara olgan. Uning buyuk ixtirolaridan biri - O (nol) sonini yaratishi va bu orqali uning fanga kiritgan buyuk kashfiyoti unli pozitsion sanoq sistemasining istemolga kiritilishidir. Bulardan tashqari u olimlar dunyosi faoliyatini ham 3 xil yo'nalishlarga ajratadi va uni ilmiy jihatdan asoslab beradilar. Birinchi yo'nalish. O'zlarigacha bo'lgan ilmiy natijalarni o'rganuvchi va ular orasidagi mavjud uzilishlarni ulab ularni kelajak avlodga etkazuvchi olimlar. Ikkinchi yo'nalish. O'zlarigacha bo'lgan ilmiy yo'nalishlarni o'rganish va muayyan yo'nalishni asl ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.16 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.16 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:57 ]
Arxiv ichida: doc