Sharq mutafakkirlarning maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashga oid qarashlari M U N D A R I J A: Kirish Istiqlol sharofati bilan tiklangan milliy qadriyatlar va boy ajdodlarimiz merosi zamonavny ta'lim-tarbiya taraqqiyotini yanada mustahkamlashga kirishildi. ''Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro'-e'tibori avvalombor,-deydi yurtboshnmiz I.A.Karimov Yuksak ma'navnyat yeigilmas kuch' asarida,-farzandlarimizning unib-o'sib, qanday inson bo'lib hayotga kirib borishiga bog'liqdir. Biz shunday o'tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. Shuningdek, Prezidentimizning 'Eng asosiy mezon-hayot xdqiqatini aks ettirish risolasida ham yosh avlod tarbiyasiga alohida e'tibor qaratib. shunday deydi: Agarki biz O'zbekistonning o'zimiz orzu qilgan ertangi yorug' kunini, buyuk kelajagini barpo etmoqchi bo'lsak. bu xaqiqat barchamizga ravshan bo'lishi kerak: bu vazifa, avvalombor, boshlangan ezgu ishlarimizning davomchisi bo'lgan, o'z oldimizga qo'ygan yuksak marralarga erishish yo'lida haqiqatan ham xal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan, tayanchimiz-suyanchimiz bo'lmish bolalarimizni yovuz kuchlardan himoya qilish bilan bevosita uzviy bog'liqdir. Boshqacha aytganda, yosh avlodimizning qalbi va ongini asrash. ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, farzandlarimizning dunyoda ro'y berayotgan siyosiy jarayonlariing ma'no-mazmuii va asl sabablarini chuqur anglashi. o'z atrofida sodir bo'layotgan voqealar haqida xaqqoniy ma'lumotlarga, eng muhimi, o'z mustaqil fikriga oga, sodda qilib aytganda, oqni qoradan ajratishga qodir bo'lishiga erishish ta'lim-tarbiya va ma'naviy-ma'rifiy ishlarimizning asosiy sharti va mezoni bo'lishi darkor''. Mustaqil davlatimizda yuz berayotgan tub o'zgarish va yangilanish xalq ta'limi tizimini mazmun mohiyatini ham yangidan takomillashtirishni taqozo etmoqda. Shaxsning shakllanishi uchun muhim asos maktabgacha tarbiya davridanoq qo'yiladi. Ilk poydevor yaratiladi. Shu bois bugungi kunda maktabgacha ta'lim- tarbiya masalalarining ijobiy xal etilishida zamon talabiga mos pedagogik yondashuv yuzaga kelmoqda. Komil inson va barkamol, yetuk malakali mutaxassis Kadrlar tayyorlash Milliy Modelining bosh maqsadidir. Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang'ich bo'g'inidir. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalargaga ta'lim va tarbiya beriladi. Bu esa tarbiyachilardan yuksak bilim va mahoratni talab etadi. Yosh avlodni axloqan yetuk, jismonan sog'lom, mehnatsevar, estetik barkamol inson qilib tarbiyalash maktabgacha ta'lim sohasi oldida turgan asosiy masalalardan biriga aylanib, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta'li.miga, kelajakka, nurli hayotga olib chiqishda asosan o'sib kelayotgan yangi avlod ma'naviy pok, axloqan yetuk, milliy ruxda tarbiyalashda buyuk siymolarimiz merosidan foydalanish, xususan ulug' olim, alloma, mutafakkir, tibbiyot mulkining sultoni Abu Ali Ibn Sinoning boy, serqirra ilmiy-ijodiy merosidan keng foydalanish masalasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bolaga maktabgacha yoshdan buyuk siymolarga bo'lgan yuksak hurmat ehtiromni shakllantirish, milliy qadriyatlar zamirida kamol toptirish muhim vazifalarimizdan biri ekan, demak, buyuk sharq mutafakkiri, jahon ma'rifati hamda madniyati taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatgan, o'z davrda sharq va g'arbda Shayx-ur-rais, Olimlar boshlig'i, Tabiblar podshohi*' deb tan olingan qomusiy olim ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:57
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:57 ]
Arxiv ichida: doc