Sharq pedagogik ta'limotida ta'limiy -axloqiy qarashlar (Yusuf Xos Hojib, Kaykovus va Axmad Yugnakiylarning ta'limiy axloqiy qarashlari) RYeJA: 1.Sharq pedagogik ta'limotida ta'limiy-axloqiy asarlarning paydo bo'lishi. 2.Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asari - turkiy tilda yaratilgan ta'lim- tarbiyaga oid dastlabki asar sifatida. 3.Unsurul Maoliy Kaykovusning «Kobusnoma» asari - pandnoma turkumidagi dastlabki asar sifatida 4 Axmad Yugnakiyning «Xibbat ul-xakoyik» asarida ta'lim- tarbiyaga oid masalalarning ifodalanishi. 1.Sharq pedagogik ta'limotida ta'limiy-axloqiy asarlarning paydo bo'lishi. Malumki, Sharq Uig'onish davrida manavii-marifii sohada asosiy masala inson muammosi bo'lgan.Shuning uchun ham ta'lim-tarbiya masalalariga katta etibor berilgan. Didaktik asarlarda Sharqqa xos bo'lgan insonning axloqiy, ruhiy kamoloti, oliy darajadagi yuksalish muammosi yetakchi g'oya bo'lgan. Insoniylik, insonni ulug'lash g'oyasi ta'lim-tarbiyaga oid yaratilgan asarlarning asosiy o'zagi sanalgan. Bu g'oyani, yani insonparvarlik g'oyasini amalga oshirishning asosiy vositalari sifatida yuksak axloqiy odatlar, insoniy munosabatlar va xislatlarni tarkib toptirishga olib keluvchi ta'lim-tarbiyani amalga oshirish muhim masala qilib qo'yilgan. Zero, insoniylik g'oyasida yuksak axloqiy xislatlar ifodalangani uchun ham Sharq Uyg'onish davri falsafasi va pedagogikasida ta'limiy-axloqiy yo'nalish muhim ahamiyat kasb etdi. Axloq masalasi faylasuflarning ham, buyuk mutafakkirlarning ham, tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham birdek diqqat markazida bo'ldi. ta'limiy-axloqiy risolalar paydo bo'lib, axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil etildi. «Qutadg'u bilig», «Axloqi Nosiriy», «Qobusnoma», «Hibbat ul-xaqoyiq», «Guliston», «Bo'ston», «Axloqi Jaloliy», «Axloqi Muxsiniy», «Maxbub ul-qulub» kabi Yusuf Xos Hojib, Nasiriddin Tusiy, Kaykovus, Axmad Yugnakiy, Muslixiddin Sadiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiylarning ta'limiy-axloqiy asarlari yuqorida takidlaganimiz inson shaxsini ma'naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal etish sohasida yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazkur ta'limiy-axloqiy asarlarda insonning ma'naviy kamolga etishida yuksak axloqga ega bo'lishi ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin, degan g'oya ilgari surildi. Chunki biz nazarda tutayottan davrdan boshlab savod o'rgatish «Quron» va «Hadis» larni o'rganish va ulardagi ko'rsatmalarni o'zlashtirib olish bilan birga olib borilgan. Shunga ko'ra, «Quron» va Hadislardagi pand-nasihatlar xam olimlar, xam adiblar ijodiga ta'sir etgan. Hadislarning ta'siriga sabab umuminsoniy fazilatlarga alohida urg'u berilgan. Ularda ilgari surilgan musulmonlikning muhim xislatlari: halolliq saxovat, ximmat, mexru-oqibat, exson, sharm-xayo, ilm izlash, muomala qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar o'z ifodasini topgan va Sharq adabiyotiga, jumladan, ta'limiy-axloqiy asarlarga ta'sir etgan. ta'limiy-axloqiy asarlar bevosita Hadislarda ilgari surilgan g'oyalar asosida yaratildi. Hadislar ta'siri Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilir» asaridan boshlanib, Kaikovusning «Qobusnoma», Axmad Yugnakiyning «Hibbat ul-xaqoyiq», Sadiyning «Guliston», Alisher Navoiyning «Maxbub ul-qulub» va boshqa asarlari negizida ko'rinadi. Ham g'oya, xam mazmun, xam shakl buning dalilidir. Masalan, «Quron» da xam, «Hadis» larda ham, ta'limiy-axloqiy dostonlarda ham ilm ta'rifi bilan birga, xulk-odob qoidalari, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.88 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.88 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:58 ]
Arxiv ichida: doc