Sharq tamadduni(sivilizatsiyasi) va pedagogikasi - jadidchilik ma'rifatining poydevori

Sharq tamadduni(sivilizatsiyasi) va pedagogikasi - jadidchilik ma'rifatining poydevori

O'quvchilarga / Pedagogika
Sharq tamadduni(sivilizatsiyasi) va pedagogikasi - jadidchilik ma'rifatining poydevori - rasmi

Material tavsifi

Sharq tamadduni(sivilizatsiyasi) va pedagogikasi -jadidchilik ma'rifatining poydevori Madaniyat - inson faoliyatini butun bir yuksaklikka ko'taruvchi tushuncha hisoblanadi. Ammo u inson ma'naviyatining mahsulidir. ma'naviyat - o'z navbatida ilm, xulq-axloq majmui bo'lib, u avloddan - avlodga rivojlanib boradi. sivilizatsiya esa malum bir davrlar madaniyatining yuqori cho'qqisi bo'lib, u butun insoniyatga tegishli bo'lgan bebaho xazinadir. Demak, sivilizatsiya yani sharq lafzida aytganimizda, tamaddun inson moddiy va ma'naviy dunyosining doimiy rivojlanib turuvchi jihati sanaladi. Tamaddun tushunchasida insoniyat boy dunyosining moddiylashgan ko'rinishlari bo'lgan qurol-aslahalardan tortib, asbob-anjomlar, zebu ziynatlar, mahobatli binolar, yirik inshootlar, obod shaharlar, nufuzli o'lkalargacha, uning ma'naviy ko'rinishi fan, san'at, adabiyot, musiqa va boshqa-boshqa jihatlarda o'z aksini topadi. Sharq tamadduni juda keng sarhadlarni egallaydi. U Xitoy, Hindiston, Eron, Turon kabi o'lkalarni jamuljam qilgan bir butun dunyo tushunchasini beradi. Bular ichida ko'hna Turon madaniyatining ham o'ziga xos o'rni, ahamiyati bor. Turon tamadduni dunyo sivilizatsiyasini boyitgan genial mutafakkirlar, olimlar, san'atkorlar, shoiru adiblar, memorlar, muarrixlar beribgina qolmay, ulug' davlatlar bunyodkorligini ham dunyo sahnasiga chiqardi. Barchaga malumki, buyuk davlatlar o'zlariga ulug' insonparvarlik g'oyalarini, odob-axloq tushunchalarini dasturulamal qilib oladi. Turkiston xalqlari Osiyo ko'ksida yetuk madaniyat barpo etib, teran gumanistik g'oyalarni baralla kuyladi; adabiyot, san'at, odob-axloq tushunchalarini yaratdi. Bu g'oyalar asrlar osha inson degan tushunchani boyitib, rivojlantirib keldi. Insoniyat paydo bo'libdiki, malum odob doirasida bo'lish, yaxshi xulqu atvorga o'rganish, go'zal nom qoldirishga intilish hamon mavjuddir. Xulq-atvor odob normalari asrlar davomida rivojlanib borgan va insonlarning tabiiy ehtiyoji, hayotiy talablaridan kelib chiqqan. Ushbu muayyan xulq-atvor, odob normalarisiz biror jamiyat bo'lmagan. Bu qoidalarga insonlar ixtiyoriy ravishda itoat etib kelgan. Keyinchalik u bunday odob-axloq normalari majmuasidan iborat maxsus adabiyotlar vujudga kelgan. O'rta Osiyo xalqlari tarixida islomgacha bo'lgan davrga qadar ham odob-axloq tushunchalari yuksak bo'lib u qadimgi yozma bitiklarda o'z aksini topadi. Masalan, qadimgi Turkiston xalqlaridan bo'lmish so'g'dlar davlatida odob-axloq masalalariga alohida etibor berilgan. So'g'd yozuvlari yozma yodgorliklari uzoq o'tmishda O'rta Osiyo xalqlari madaniyatining yuksak darajasini ko'rsatuvchi muhim dalil sanaladi. Bu muqaddas kitob AVYeSTOda ham takidlangan. qadimgi so'g'diylarning nikoh, oila, odamlar o'rtasidagi munosabatlari malum qonun-qoidalar asosida olib borilgan va qatiy nazorat qilingan. Bundan tashqari Markaziy Osiyo turkiy xalqlarining yozma manbalari ham ularning ma'naviy jihatlarini o'zida aks etgan. Islomgacha bo'lgan Markaziy Osiyoda uning ma'naviy jihatlarini aks etuvchi asosiy manba bu AVYeSTO hisoblangan. Agarda keltirilgan qarashlarga etibor qiladigan bo'lsak, o'sha davr odob-axloq tushunchalarining naqadar yuksakligining guvohi bo'lamiz. Tarbiya - hayotning eng muhim tirgachi (tayanchi) bo'lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o'qishni va so'ngra esa yozishni o'rganish bilan eng yuksak pog'onaga ko'tarilsin. Bolalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.03 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 41.03 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga