Sharq uyg'onish davri (IX-X-XI) asrlarda ta'lim tarbiya va pedagogik fikrlar rivoji Reja: *Abu Abdulloh ibn Muso al-Xorazmiy *SHarqning buyuk qomusiy olimi Muallimi soniy (Ikkinchi muallim) Abu Nasr Forobiy *Jahon ilmi va pedagogik fikrlarining eng mashhur namoyondalaridan Abu Ali ibn Sino Abu Abdulloh ibn Muso al-Xorazmiy SHarq ilk Uyg'onish davri IX asrdan boshlanib XII asrgacha davom etdi. Bu davrinig buyuk olimi, Abu Abdulloh ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) osiyolik bir guruh mashhur olimlar singari Bag'dod xalifalari - Abbosiylar sulolasidan bo'lmish al-Ma'mun (813-833), al-Mu'tasim (833-842) va al-Vosiq (842-847) saroylarida yashab, ijod etdi. Xorun ar-Rashid (786-809) va uning o'g'li alMa'mun (813-833) davrida. Bag'dod SHarqning yirik va madaniy markaziga aylandi, ayniqsa, falsafa, riyoziyot, tibbiyot va boshqa fanlar rivojlandi. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, al-Xorazmiy Donishmandlik uyida falakiyot, riyoziyot va boshqa soha olimlari orasida o'zining ulug' salohiyati, qobiliyati bilan ajralib turgan. Al-Xorazmiy bu davrda o'zining ilmiy faoliyati, tabiiy-ilmiy qarashlari bilan ilg'or ma'rifiy-pedagogik tafakkur va tabiiy-ilmiy fanlar rivojiga keng yo'l ochdi. Riyoziyotda mavhumlikni (abstraksiyani) kengaytirdi. Induksiya yo'li bilan umumiy yechish usullarini hal qilib, deduksiya hamda umumiy usullari yordamida turli xususiy masalalarni echdi. Uning kashfiyotlari va asarlari dunyoviy, ya'ni aniq fanlarni mustaqil rivojlantirishga keng imkon yaratdi. SHarqning buyuk qomusiy olimi Muallimi soniy (Ikkinchi muallim) Abu Nasr Forobiy SHarqning buyuk qomusiy olimi Muallimi soniy (Ikkinchi muallim) Abu Nasr Forobiy (873-950) ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan Fozil odamlar shahri, Ilmlarning kelib chiqishi asarlarida barkamol shaxsni tarbiyalashda nimalarga e'tibor berish zarurligi, ta'lim bilan tarbiya birligi haqida qimmatli fikrlar bildiradi. SHu munosabat bilan Forobiy o'qituvchining ijtimoiy hayotda o'rni va uning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida ibratli g'oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha, o'qituvchi o'quvchiga bilim beraman desa, o'quvchi oldida haqiqatgo'y bo'lishni, yolg'onni va yolg'on aytganni yomon ko'rishi, o'zi fahm-farosatli bo'lishi va ornomusini qadrlashi, shogirdlariga nisbatan adolatli bo'lishi, ko'zlangan maqsadga erishishda qat'iylik ko'rsata bilishi va o'rnak bo'lmog'i lozim. Forobiy Falsafani o'rganishdan oldin nimani bilish kerakligi haqida risolasida muallim shogirdiga nisbatan o'ta hokimlikka ham, o'ta bo'shanglikka ham yo'l qo'ymasligi kerak, chunki o'ta hokimlik shogirdda muallimga nisbatan nafrat uyg'otsa, o'ta bo'shanglik esa shogirdning muallimga va uning o'qitayotgan faniga nisbatan mensimaslik xislatini paydo qiladi, deb ta'kidlaydi. Jahon ilmi va pedagogik fikrlarining eng mashhur namoyondalaridan Abu Ali ibn Sino SHarqning ulkan qomusiy olimi, jahon ilmi va pedagogik fikrlarining eng mashhur namoyondalaridan Abu Ali ibn Sino (980-1037) ta'lim - tarbiya masalariga jiddiy va ijodiy yondoshgan. Olimning bolani tarbiyalash va o'qitish haqidagi pedagogik - psixologik qarashlari o'zining chuqurligi, insonparvarligi va teranligi bilan kishini xayratda qoldiradi. Ibn Sino ta'lim-tarbiyaning alohida guruhlar bilan suhbat uslubini tavsiya qiladi. Eng ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.25 MB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:58
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.25 MB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:58 ]
Arxiv ichida: pptx