Sharq uyg'onish davri va bu davrda pedagogik fikr taraqqiyoti (Al-Xorazmiy, al - Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning ta'lim - tarbiyaga oid qarashlari)

Sharq uyg'onish davri va bu davrda pedagogik fikr taraqqiyoti (Al-Xorazmiy, al - Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning ta'lim - tarbiyaga oid qarashlari)

O'quvchilarga / Pedagogika
Sharq uyg'onish davri va bu davrda pedagogik fikr taraqqiyoti (Al-Xorazmiy, al - Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning ta'lim - tarbiyaga oid qarashlari) - rasmi

Material tavsifi

Sharq uyg'onish davri va bu davrda pedagogik fikr taraqqiyoti (Al-Xorazmiy, al- Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning ta'lim -tarbiyaga oid qarashlari) RYeJA: 1. Sharq uyg'onish davrida ilm-fan, madaniyat. 2. Al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari. 3. Al-Forobiyning ijtimoiy - pedagogik qarashlari va uning ilmiy pedagogik merosidan foydalanish. 4. Beruniyning ilmiy merosi va uning pedagogika fani taraqqiyotidagi o'rni. 5. Ibn Sino ta'lim-tarbiya haqida Sharq uyg'onish davrida ilm-fan, madaniyat. Arab halifaligida yuz bergan ijtimoiiy-siyosiy o'zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga xam ta'sir etdi. IX asrda Sharq mamlakatlarida boshlangan va madaniy hayotda yuz bergan ko'tarinkilik ma'naviy hayotda ham o'zgarishlar bo'lishiga olib keldi. Ana shu ko'tarilish butun Arab xalifaligini, yaqin va o'rta sharqni kamrab olganligi uchun xam Shar15 uyg'onish davri deb ataldi. Bu uyg'onish jarayoni IX asrlardan boshlanib XV-XVI asrlargacha davom etdi. Bu jarayonda arab xalqlari bilan birga Eron, Kavkaz orti, Shimoliy Afrika, Markaziy Osiyo olimlari ham ishtirok etdilar. Chunki Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan uyg'onish davri xalifaligning Bag'dod, Damashq, Xalab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarkaladi, bu esa u davlatlarda xam madaniy rivoyaslanishga zamin tayyorlaydi va bu jarayonni boshlab beradi. Buni biz xalifa Xorun ar-Rashid davrida (786-833), so'ng uning o'g'li al-Mamun davrida Bag'dodda «Baytul xikma» («Donishmandlik uyi»), hozirgi davrda Akademiya manosida. tashkil etilganidan ham bilsak bo'ladi. Mazkur Akademiya 813-833 yillarda yanada rivojlanagan. Akademiya koshida rasadxona ham bo'lgan, yangi kutubxona kurilgan. Bag'doddagi mazkur ilm markazi, o'z navbatida Sharq va G'arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma'naviy hayotning rivoyaslanishiga ta'sir etgan, bu haqida mazkur «Baytul xikma» ning ilmiy ishlarga rahbarlik qilgan Al-Xorazmiy xalifa al-Mamunning ilm-fan ravnaqiga qay darajada xomiylik qilganini «Al-jabr va al-muqobala hisobi haqida» asarida shunday ta'riflagan: «Ollox Imom al-Mamunga. Unga meros bo'lib qolgan xalifalik lavozimini inom qilib, muruvvat etganligi, bu lavozim libosini kiydirib, uni bezaganligi va shu bilan birga unda fanlarga muhabbat va olimlarni o'ziga yaqin tutishga intilish (hissiyotini) o'ygotganligi menga jasorat ato qildi, (chunki u) ularning ustiga o'z xomiylik qanotini yozib, ularga noaniq bo'lgan narsalarni yoritishga va ular uchun mushkul bo'lgan narsalarni osonlashtirishga yordamlashadi». Xorun ar-Rashidning ikkinchi o'g'li al-Mamun ilm-fanni juda qadrlagan. U IX asr boshlarida xalifalikning Xurosondagi noibi bo'lib turganda ham Movarounnahr va Xurosondagi olimlarni to'plab, ularning ilmiy ijodiga sharoit yaratib bergan. Bular orasida al-Xorazmiy, al-Xuttaliy, al-Javxariy, al-Faryuniy, al-Marvaziy kabi vatandosh olimlarning barchasini Bag'dodga chaqirib oladi va «Baytul xikma» - donishmandlik uyi («Mamun akademiyasi»)da arab olimlari bilan hamkorlikda ilm-fan ravnaq topadi. Shuningdek, Sharq Uyg'onish davrining paydo bo'lishida asosiy manba qadimgi yaratilgan madaniy yodgorliklar ham bo'lib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.22 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.22 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga