REJA: Uyg'onish davri. 1.Abu Nasr Farobiyning ta'lim-tarbiya haqidagi qarashlari. 2.Abu Rayxon Beruniyning ta'lim-tarbiya haqidagi qarashlari. 3.Ibn Sinoning ta'lim-tarbiya haqidagi qarashlari. 4.Jadidlar harakatida ta'lim va tarbiyaning rivojlantirilish 5.O'zbekistonda jadidchilik harakati asosida yangi usuldagi maktablarning ochilishi. 6.O'zbekistondagi asosiy jadidchilik harakati namoyondalarining pedagogik qarashlari. Sharq uyg'onish davri va ta'lim tarbiya masalalari. Jadidchilik harakatida ta'lim va tarbiya VII-XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan beqiyos rivojlana bordi. Ayniqsa aniq fanlarga qiziqishlar keskin orta boshladi. O'sha tarixiy davrda al-Xorazmiy, Farobiy, Farg'oniy, Beruniy, Ibn Sino kabi olimlar dunyoga keldi. Ular ta'sirida dunyoviy ilmlar rivojlandi. O'sha ulug' mutafakkirlar inson madaniy-ma'rifiy qarashlarini o'stirishda o'z davrida va keyinchalik ham asosiy rol o'ynaydilar, inson kamolotiga doir beqiyos ta'limotni yaratadilar. Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. X asr o'rtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish yuritila boshlandi. Bu davrda Buxoroda kitob do'konlarida bo'lib, unda yirik olimlar va fozil kishilar uchrashib, ilm-fan to'g'risida turli xil bahslar yuritishar edi. Abu Ali Ibn Sino kitob do'konlaridan birida Farobiyning Aristotel Metafizikasiga yozgan sharhlarini sotib olganligi fikrimizning yorqin isbotidir. Tarix zarvaraqlaridan ma'lumki, XI asrda Xorazmda ilm-fan ayniqsa rivojlandi. Xorazm shoxi Ma'mun o'z saroyiga eng zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan Baytul xakim, Donishmandlar uyi da qomusiy olimlar Beruniy, Ibn Sino, Abu Nasr ibn Iroq kabi olimlar ijod bilan shug'ullandilar. Bu keyinchalik Ma'mun akademiyasi nomi bilan dunyoga mashhur bo'lgan. Sharq Uyg'onish davri da ilm-fan rivojlanishi uch yo'nalishda bo'ldi. Birinchi yo'nalish matematika-tibbiyot yo'nalishi bo'lib, bularga matematika, astronomiya, kimyo, geografiya, mineralogiya, tibbiyot, dorishunoslik kabi fanlar kiritilib, al-Xorazmiy, Ahmad Farobiylar matematikaga oid, Zakariyo ar-Roziy, Kimyo va tibbiyotga oid ibn Sino tibbiyot va falsafa, Beruniy tibbiyotga oid, Jurjoniy tibbiyot va falsafaga oid yirik asarlar yaratdilar. Ikkinchi yo'nalish ijtimoiy-falsafiy yo'nalish bo'lib, bunda falsafa, tarix, mantiq, ruhshunoslik, notiqlik va boshqa fanlar bo'lib, bu sohada Farobiy, al-Kixdiy, Ibn Sino, Muhammad Narshahiy kabilar faoliyat ko'rsatgan. YUqorida aytib o'tilgan olimlar qomusiy olimlardir. Uchinchi yo'nalish ta'limiy-axloqiy yo'nalish bo'lib, bu sohada qomusiy olimlar o'z qarashlarini ijtimoiy-falsafiy va ilmiy asarlari tarkibida yoki axloqiy asarlarida bayon etganlar. SHarq Uyg'onish davrida inson muamosi ma'naviy sohasidagi asosiy masala bo'lgan. SHuning uchun ham ta'lim-tarbiya masalasiga katta e'tibor berilgan, yaratilgan asarlarda sharqqa xos bo'lgan insonning axloqiy-ruhiy kamolotini ulug'lash etakchi o'rin tutgan. Mazkur ta'limiy-axloqiy asarlarda insonning ma'naviy kamolga etishi yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin degan g'oya ilgari surildi. Ilmiy bilimga asoslanuvchi metod shakllandi, natijada aqliy tarbiya olimlar e'tiborida bo'ldi: Xorazmiy, Farobiylar bu metodni asoslab berishgan buyuk mutaffakkirlar edi. Tabiat va unga bog'liq ta'lim tarbiyani rivojlantirish bo'yicha Farobiy, Beruniy, Ibn ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
50.68 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:58
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
50.68 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:58 ]
Arxiv ichida: pptx