MAVZU: SHARQ UYG DAVRIDA PEDAGOGIK FIKRLARNING RIVOJLANISHI. SHARQ PEDAGOGIK TA'LIMOTIDA TA'LIMIY-axloqIY QARASHLAR Reja: 1.Sharq Uyg'onish davrida ilm-fan va madaniyat. 2.Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari. 3. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning ta'limiy axloqiy qarashlari. Sharq Uyg'onish davrida ilm-fan va madaniyat. Arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta 'sir etdi. Ana shu madaniy ko'tarilish butun Arab xalifahgini, Yaqin va O 'rta Sharqni qamrab olganligi uchun ham Sharq Uyg'onish davri deb ataldi. Bu Uyg'onish jarayoni IX asrdan boshlab XV-XVI asrlargacha davom etdi. Sharq Uyg'onish davrida ilm-fan va madaniyat. Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan Uyg'onish davri xalifalikning Bag'dod, Damashq, Halab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning ham madaniy rivojlanishga zamin tayyorlagan. Xalifalik yemirilishi jarayonida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi. Xalifa Horun ar-Rashid va uning o'g'li al-Ma'mun davrida Bag'dodda «Bayt ul-hikma» («Donishmandlik uyi») (hozir Akademiya ma'nosida) tashkil topadi. Mazkur Akademiya ilm sohiblarining ilmiy markaziga aylanadi. Uning qoshida kutubxonasi tashkil etiladi. Akademiya 819-833 -yillari yanada rivojlangan. Akademiyada ikki rasadxona bo'lgan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan. Bog'doddagi bu ilm markazi, o'z navbatida, Sharq va g'arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma'naviy hayotning rivojlanishiga ta 'sir etgan. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari Muhammad al-Xorazmiy (783-850) insonning kamolga etishi va insoniy munosabatlarni yo'lga qo'yishda ilm -fanning muhim ahamiyati to'g'risidagi g'oyani ilgari surgan. Ayniqsa, u matematika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi hamda pedagog-uslubiyotchi ohm sifatida tarixda qolgan. Xorazmiy o'z davrigacha bo'lgan qadimiy m atem atika fani rivojlangan m am lakatlar - Bobil, Yunoniston, Hindiston, Xitoy, Misrdagi deyarli barcha matematiklarning kashfiyotlarini o'rgandi va o'zi ulardan farq etuvchi yangi kashfiyotlar yaratdi . Muhammad al-Xorazmiyning tarix va musiqaga oid, quyosh soatlari to'g'risida ham asarlari bo'lib, «Tarix kitobi» («Kitob at-tarix») xalifalik tarixiga oid va xalifalikning birinchi tarixchilaridan sanaladi. Shuni ta'kidlash joizki, alloma o'zigacha bo'lgan ilmiy bilimlarning asosiy g'oyalari, metodlarini sintezlashtirdi. U ilmiy bilimlarni o'rganuvchilarning mustaqil bilim olishlariga e'tiborni qaratdi. Xorazmiy bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga hamda olgan bilim laridan foydalanishga katta e'tibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni to'plash, ularni ifodalash va kuzatganlarni tushintira olish malakalarini hosil qilishga katta baho berdi. Masalan, «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr val muqobala» asarida olimlarni uch guruhga bo'lib shunday yozadi: «Ulardan biri o'zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o'zib ketadi va uni o'zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qodiradi. Boshqasi o'zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
428.76 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:58
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
428.76 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:58 ]
Arxiv ichida: pptx