Sharq uyg'onish davrida ta'lim va tarbiya masalalari (biologiya o'qitish metodikasi)

Sharq uyg'onish davrida ta'lim va tarbiya masalalari (biologiya o'qitish metodikasi)

O'quvchilarga / Pedagogika
Sharq uyg'onish davrida ta'lim va tarbiya masalalari (biologiya o'qitish metodikasi) - rasmi

Material tavsifi

Sharq uyg'onish davrida ta'lim va tarbiya masalalari Reja: Uyg'onish davri. Abu nasr Farobiyning ta'lim-tarbiya haqidagi qarashlari. Abu Rayxon Beruniyning ta'lim-tarbiya haqidagi qarashlari. Ibn Sinoning ta'lim-tarbiya haqidagi qarashlari. Uyg'onish davri. Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. X asr o'rtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish yuritila boshlandi. Bu davrda Buxoroda kitob do'konlarida bo'lib, unda yirik olimlar va fozil kishilar uchrashib, ilm-fan to'g'risida turli xil bahslar yuritishar edi. Abu Ali Ibn Sino kitob do'kondaridan birida Farobiyning Aristotel metafizika siga yozgan sharxlarini sotib olganligi fikrimizning yorqin isbotidir. XI asrda Xorazmda ilm-fan ayniqsa rivojlandi. Xorazm shoxi Mamun o'z saroyiga eng zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan Baytul xakim, Donishmandlar uyi da qomusiy olimlar Beruniy, Ibn Sino, Abu Nasr ibn Iroq kabi olimlar ijod bilan shug'ullandilar. Bu keyinchalik Mamun akademiyasi nomi bilan dunyoga mashhur bo'lgan. Sharq Uyg'onish davri da ilm-fan rivojlanishi uch yo'nalishda bo'ldi. Birinchi yo'nalish matematika-tibbiyot yo'nalishi bo'lib, bularga matematika, astronomiya, kimyo, geografiya, mineralogiya, tibbiyot, dorishunoslik kabi fanlar kiritilib, al-Xorazmiy, Ahmad Farobiylar matematikaga oid, Zakariyo ar - Roziy, Kimyo va tibbiyotga oid ibn Sino tibbiyot va falsafa, Beruniy tibbiyotga oid, Jurjoniy tibbiyot va falsafaga oid yirik asarlar yaratdilar. Ikkinchi yo'nalish ijtimoiy-falsafiy yo'nalish bo'lib, bunda falsafa, tarix, mantiq, ruhshunoslik, notiqlik va boshqa fanlar bo'lib, bu sohada Farobiy, al-Kixdiy, Ibn Sino, Muhammad Narshahiy kabilar faoliyat ko'rsatgan. Yuqorida aytib o'tilgan olimlar qomusiy olimlardir. Uchinchi yo'nalish ta'limiy-axloqiy yo'nalish bo'lib, bu sohada qomusiy olimlar o'z qarashlarini ijtimoiy-falsafiy va ilmiy asarlari tarkibida yoki axloqiy asarlarida bayon etganlar. Sharq Uyg'onish davrida inson muamosi ma'naviy sohasidagi asosiy masala bo'lgan. Shuning uchun ham ta'lim-tarbiya masalasiga katta etibor berilgan, yaratilgan asarlarda sharqqa xos bo'lgan insonning axloqiy-ruhiy kamolotini ulug'lash yetakchi o'rin tutgan. Mazkur ta'limiy-axloqiy asarlarda insonning ma'naviy kamolga etishi yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin degan g'oya ilgari surildi. Ilmiy bilimga asoslanuvchi metod shakllandi, natijada aqliy tarbiya olimlar etiborida bo'ldi: Xorazmiy, Farobiylar bu metodni asoslab berishgan buyuk mutaffakkirlar edi. Tabiat va unga bog'liq ta'lim tarbiyani rivojlantirish bo'yicha Farobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning qarashlari alohida ahamiyatga ega. Bular haqida qisqacha to'htalib o'tamiz. Abu nasr Farobiyning ta'lim-tarbiya haqidagi qarashlari. Abu Nasr Farobiy - o'rta asr sharqining mashhur mutaffakiri, qadimgi Yunon falsafasining Sharqdagi eng yirik davomchisi va targ'ibotchisidir. Farobiy qadimgi Yunon ilmining chuqur bilimdoni bo'lgan, uning Sharqda tarqalishi va rivojiga katta xissa qo'shgani tufayli uni - Sharq Aristoteli - Muallimi Soniy - Ikkinchi muallim (birinchi muallim Aristotel) deb ataydilar. Farobiy ta'lim - tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida ta'lim tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga etibor berish zuruligi, ta'lim-tarbiya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.31 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:58 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.31 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga