Sharq uyg'onish davrida ta'lim-tarbiya to'grisidagi fikrlar (IX-XII asrlar)

Sharq uyg'onish davrida ta'lim-tarbiya to'grisidagi fikrlar (IX-XII asrlar)

O'quvchilarga / Pedagogika
Sharq uyg'onish davrida ta'lim-tarbiya to'grisidagi fikrlar (IX-XII asrlar) - rasmi

Material tavsifi

sharq uyg'onish davrida ta'lim-tarbiya to'grisidagi fikrlar (IX-XII asrlar) Reja: Sharq Uyg'onish davrining o'ziga xos xususiyatlari. Ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o'zgarishlar, ilm-fan, madaniyatning rivojlanishi. IX-XI asrlarda yashab ijod etgan adiblar ijodida ta'lim-tarbiya va ma'rifatparvar g'oyalar. Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy asarlarining hozirgi kundagi ahamiyati. Kaykovusning «Qobusnoma» asarida ta'lim-tarbiya masalalari Tayanch so'z va iboralar: Uyg'onish davri, ilm-fan, madaniyat, yuksalish, ijtimoiy hayot, iqtisodiy hayot, feodal, ta'lim, tarbiya, ma'rifatparvar, ijod, adib, mutafakkir, Markaziy Osiyo, O'rta Osiyo, Yaqin Sharq, O'rta Sharq, G'arb, Renessans, Movarounnahr, Xuroson 1. Sharq Uyg'onish davrining o'ziga xos xususiyatlari IX-XII asrlar davomida Movarounnahr butun musulmon olamida ilmiy-madaniy jihatdan eng rivoj topgan o'lka sifatida mashhur bo'lib, bu yerda qadimiy an'analar bilan arab, fors, qisman hind hamda qadimgi Yunon ilmiy-madaniy an'analari qorishuvi asosida islomiy falsafiy va tabiiy ilmlar - asronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, dorishunoslik, jo'g'rofiya kabilar rivoj topdi. Bu yerda maxsus hadisshunoslik va islom fiqhshunoslik maktablari shakllanib, tarixshunoslikda ham muhim asarlar vujudga keldi. Bu davr ma'naviyatining muhim tomonlaridan biri shundaki, olim, donishmand, shoirlarning ko'pchiligi qomusiy bilimlarga ega bo'lib, ilmlar bir-biridan ajralmas, uzviy bog'liq holda mavjudligi xarakterli edi. Shuning uchun ham Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, az-Zamaxshariy, Ismoil Jurjoniylar juda ko'p sohzalarda ijod qilib, o'chmas iz qoldirdilar. Shu bilan birga matematika, asronomiya, tibbiyot, mantiiq, tilshunoslik, tarix kabi ilmlar, madaniyat, ma'naviyatning rivojida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etganiki, islom dinining nazariy masalalari bilan birga axloqiy tomonlari ham keng rivoj topganini ko'ramiz. IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda tarqalgan va rivojlangan tasavvuf ta'limotlari, oqimlari ham jamiyat ma'naviy hayotining rivoji uchun xizmat etib, uning o'ziga xosligini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi. Malumki, G'arb adabiyotlarida Yevropamamlakatlarida keskin madaniy yuksalishga olib kelgan XV-XVI asrlarni Renessans - Uyg'onish davri nomi bilan yuritadilar. Biroq ko'pchilik mualliflar Sharqda shunday jarayon bo'lganligidan ko'z yumadilar. Holbuki, IX-XII asrlarda Markaziy siyoda Yevropadan bir necha asrlar ilgari madaniy yuksalish yuz berganini hech kim inkor eta olmaydi. U Yevropadagidek yangi siyosiy-iqtisodiy jarayon, yani burjua munosabatlarining vujudga kelishi bilan bog'liq bo'lmasa-da madaniyat tarixida o'lmas iz qoldirdi va YevropaRenessansining vujudga kelishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Shuning uchun biz IX-XII asrlardagi Markaziy Osiyo madaniy yuksalishini Uyg'onish davri, aniqrog'i ilk Uyg'onish davri deb atashga ham to'la asosimiz bor. Bu ilk Uyg'onish davri madaniyati siyosiy-iqtisodiy jihatdan Yevropamamlakatlaridan farqli o'laroq mustaqilikka erishish va bu mintaqada mustaqil davlatlarning vujudga kelish jarayoni bilan uzviy bog'liqdir. Yaqin va O'rta Sharqda, jumladan Eron, Kavkaz ort iva O'rta Osiyoda savdo aloqalarining rivojlanganligi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, iqtisodiy va madaniy aloqalarning barchasi umumiy rivojlanishga ta'sir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.86 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.86 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga