Sharq va g'arb mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid qarashlari

Sharq va g'arb mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid qarashlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Sharq va g'arb mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid qarashlari - rasmi

Material tavsifi

Sharq va g'arb mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid qarashlari Reja: Abu Nasr al Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, til va nutqqa oid qarashlari. Abdulla Avloniyniung yosh avlodga tarbiya berish haqidagi qarashlari. Yan Amos Komenskiyning maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlantirishiga oid qarashlari. K.D.Ushinskiy bolalarga ona tili ni birlamchi o'rgatish asoschisi. Abu Nasr al Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, til va nutqqa oid qarashlari. Ta'lim va tarbiya muammosi juda qadimdan mavjud. U o'rta asrlardagi g'arb va sharq mutafakkirlarining asarlarida ko'rib chiqilgan. O'sha davrlarning buyuk mutafakkirlari Abu Nasr al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Jaloliddin Dovoniy, Alisher Navoiy va boshqalar feodal zulm va mutaasib ruhoniylarning qattiq qarshiligiga qaramasdan jahon fani, madaniyati, maorifiga beqiyos hissa qo'shdilar. Sharqining qomusiy mutafakkiri Abu Nasr al-Forobiy (873-950) insonni har tomonlama takomillashtirish, ularni umumiy baxt-saodatga yetaklash yo'llari va usullarini o'zining ijtimoiy- siyosiy ta'limoti markaziga qo'yadi, bu esa uning dunyoqarashlarning umuminsoniy asosga egaligidan dalolat beradi. Aynan shunday maqsadlar Forobiyning shaxsni tarbiyalash va ta'lim berish, uni takomillashtirish hamda uning ijtimoiy muammolarni hal etishdagi faol roliga nisbatan dunyoqarashlarining bosh mazmunini tashkil etadi. Uning fikriga ko'ra, ta'lim va tarbiya oilada, o'qituvchi yordamida maktabda va yaxshilikka asoslangan jamiyatda uning rahbari yordamida amalga oshirilishi mumkin. Forobiy inson baxt - saodatga erishuvi uchun ularni baxtli - saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo'lishi kerak deydi. U fozil shaharni boshqaradigan Hokim tabiatdan: sog' - salomat bo'lib, o'z vazifasini bajarishda hech qanday qiyinchilik sezmasligi, tabiati nozik, farosatli, xotirasi mustahkam, zehni o'tkir, o'z fikrini tushuntira oladigan notiq, bilim-ma'rifatga havasli, taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o'zini tiya oladiga bo'lishi (qimor yoki boshqa o'yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo'lishi, haq va haqiqatni, odil va haqgo'y odamlarni sevadigan, yolg'onni va yolg'onchilarni yomon ko'radigan, o'z qadrini biluvchi va oriyatli bo'lishi, mol dunyo ketidan quvmaydigan, adolatparvar, qatiyatli, sabotli, jur'atli, jasur bo'lishi muhimligini qayd etadi. Ibn Sino (980 - 1037) pedagogika masalalariga ijodiy yondashgan. U bola tabiatini nafaqat tabib, balki yetuk pedagog sifatida ham chuqur bilishini namoyon qilgan. Olimning bolalarga ta'lim va tarbiya berish haqidagi ko'plab fikrlari o'zining chuqurligi, insonparvarlik ruhi bilan yo'g'rilganligi va tarbiyadek murakkab muammoni to'g'ri talqin qilishi bilan kishini lol qoldiradi. Ibn Sino taklif qilgan tarbiya va ta'lim mazmuni aqliy tarbiya, jismoniy sog'lomlashtirish, estetik tarbiya, axloqiy tarbiya va hunar o'rgatishni o'z ichiga oladi. Abdulla Avloniy (1878-1934) - jamoat va siyosat arbobi, shoir hamda pedagog bo'lib, Abdulla Avloniyning yosh avlodga tarbiya berish haqidagi qarashlari. Abdulla 1908 yilda kambag'allarning farzandlari uchun ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 431.12 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:58 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 431.12 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga