Imom Ismoil al-Buxoriy (810-870) Buxoriy 20 dan ortiq kitob tasnif etgan. Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan. Buxoriyning «Al-Jomi' as-sahih» («Ishonchli to'plam») deb nomlangan 4 jild (juz) dan iborat hadislar to'plami islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan hadis to'plamlari orasida eng isxonarli va mukammalidir. Asar bir qancha xorijiy tillarga tarjima qilingan. Shu jumladan o'zbek tiliga ham tarjima qilinib, 1991-96 ylarda 4 jildda nashr etildi. Buxoriy yaratgan «Al-Adab al-mufrad» («Adab durdonalari») asari katta tarbiyaviy ahamiyatga molik benazir to'plamdir. 1322 hadis va xabar jamlangan bu asar Turkiya va Misrda bir necha marta chop etilgan. Uning o'zbekcha tarjimasi 1990 yili Toshkentda nashr qilingan. Roviylarning kunyalariga bag'ishlangan «Kitob al-kuna» («Kunyalar haqida kitob») 1940 yili Hindistonda chop etilgan. Buxoriyning «At-Ta'rix al-kabiyr» («Katta tarix») kitobi esa Turkiyada 9 jildda nashr qilingan. Asar qo'lyozmasining ba'zi qismlari Haydarobod kutubxonasida saqlanadi. Shuningdek «At-ta'rix as-sag'iyr» («Kichik tarix») ham hadis tarixiga oid qimmatli asar hisoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada chop etilgan. Buxoriy yaratgan «Kitob al-favoid» («Foydali ashyolar haqida kitob»), «Al-Jomi' al-kabiyr» («Katta tayanch»), «Xalq af'ol al-ibod», («Alloh bandalari ishlarining tabiati»), «Al-Musnad al-kabiyr» («Katta tayanch»), «At-tafsir al-kabiyr» («Katta tafsir»), «Kitob al-hiba» («Xayr-ehson haqida kitob») va boshqa asarlarning ba'zilari bizgacha yetib kelmagan, ba'zilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida ma'lumotlar bor. Buxoriyning boshqa asarlari orasida «Tafsir al-Qur'on» («Qur'on tafsiri») kitobini ham alohida ta'kidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha madrasa va dorilfununlarida payg'ambar (as) sunnatlari bo'yicha asosiy darslik, qo'llanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar. Abu Ali ibn Sino (980 - 1037) Ibn Sino Sharqda «Shayxur-Rais», G'arbda esa «Avitsenna» nomi bilan mashhur. «Yusuf qissasi» Qur'on syujeti asosida yozilgan birinchi asar bo'lib, ramziy-majoziy usuldadir. «Rasolat - at tayr» («Qush risolasi»), «Uyg'oq o'g'li Tirik» («Hayy ibn Yaqzon») kabi asarlari ham ramziy-majoziy uslubda, «Salomon yea Ibsol» esa ishqiy-sarguzasht asardir. Ibn Sino shoir sifatida doston, qasida, g'azal, ruboiy, fardlar yaratgan. Uning she'rlarida ilm-ma'rifatga da'vat, dunyo sirlarini bilishga intilish, yaxshi axloqiy xislatlarni egallashga chorlov asosiy o'rin tutadi. She'riyatning nazariy masalalari uning «Musiqa ilmida katta to'plam» asarida ham tadqiq etilgan. «She'r obrazli so'zlardan iborat bo'lib, ritmli, bir-biriga muvofiq iboralardan tarkib topgan hamda misralari bir-biriga teng, vaznlari takrorlangan, oxirgi tovushlar bir-biriga o'xshash bo'lib kelgan satrlarga aytiladi», - deydi Ibn Sino. U tibbiy yo'l-yuriqlarni, ko'rsatmalarni she'riy yo'l bilan bayon etgan. Bular urjuzalar deb atalgan. Bung'a sabab ularning rajaz vaznida yozilganidir. Asarlari: «Kitob ash-shifo», «Donishnoma», «Kitob al-qonun fi-t-tib» («Tib qonunlari kitobi», 5 kitob, 14 jilddan iborat bo'lgan), «Salomop va Ibsol», «Yusuf qissasi», «Risolat at-tayr» («Qush risolasi»), ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
118.38 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:58
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
118.38 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:58 ]
Arxiv ichida: pptx