Sharqona tarbiyaning o'ziga xos xususiyatlari Sharqona tarbiya va milliy qadriyatlar. Xalqimiz azaldan sharqona tarbiya ko'rgani bois, ezgu fazilat va milliy qadriyatlar qon-qonimizga singib kelgan. Shu tariqa u ma'naviy mezonlarga xos odob-axloq, komillik sari yetaklovchi fazilatlarni uyg'otib, hamiyatimizni, orimizni qo'zg'ab turadi. Tanimizga kuch-quvvat, qalbimizga g'urur bag'ishlaydi. Bu tuyg'uning nomi andishadir. Shu bois, Sharq olamida andisha insonlarni bir-biriga yaqinlashtirgan, ularni aka-uka, og'a-ini, yoru-birodarlarga aylantirib, mehr-oqibat tuyg'ularini mustahkamlagan. Beruniy hazratlari bejiz Biz boshqalar aqidasini kamsitmagan holda o'z qarashlarimizni himoya qilishga haqlimiz va shunday qilishga burchlimiz demagan. Kulib turgan odamning oldida yig'lama, yig'lab turgan odamning oldida kulma, degan tushunchaga ham hazrat Navoiy bekorga ko'p marta murojaat yetmagan: Umr o'tmakni andisha qil, Davrong'a yo'qdir mehr bil. Ey shoh, gadoni ko'zg'a il, Kim na gado qolur, na shoh Bu misralarda sharqona qadriyatlar nafasi, umrning g'animatligi va bir kun kelib odamzodning tuproqqa qaytishi falsafiy me'yor bilan ochib beriladi. G'arbda esa buning aksi. Yevropacha tarbiya olganlar yuzing-ko'zing demaydi. Kezi kelganda ona-otasini, o'rtog'ini yoki yaqinini ham ayamaydi, ko'nglini og'ritadi. G'arbda g'arbcha sharttakilik yoxud bexayolikni oddiy hol sifatida baholash bizning mentalitetimizga mutlaqo yot narsadir. Aslida insonni inson qilgan narsa uning ibosi, ya'ni ma'naviyatidir. Ma'naviy barkamol bo'lmagan odam nechog'li janjalkash, aytganini qildiradigan bo'lmasin baribir u zaif hisoblanadi. Zero, ma'naviyatdan ayro yo'l inqiroz yo'lidir. Ma'naviy barkamollikka erishmay komil inson darajasiga yetish mumkin emas. Demak, ma'naviy barkamollikka intilish - bu komil inson darajasiga erishish uchun intilishdir. Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi. Uchala tushuncha: sog'lom avlod, ma'naviy barkamol, komil inson - darajama-daraja chuqur ma'no kasb etadi. Shundan kelib chiqadigan bo'lsak, komil inson bo'lishning aniq cheki va chegarasi yo'q. Bizning ko'hna tariximizda yuzaga kelgan, xalq, mamlakat tarixida katta ma'naviy-axloqiy tarbiya rolini o'ynagan tasavvuf komil inson nazariyasi haqidagi, uni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqidagi ta'limot va amaliyot sanaladi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
47.38 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:58
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
47.38 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:58 ]
Arxiv ichida: pptx