Shaxs badiiy-estetik faolligini yuksaltirishning ijtimoiy omillari

Shaxs badiiy-estetik faolligini yuksaltirishning ijtimoiy omillari

O'quvchilarga / Pedagogika
Shaxs badiiy-estetik faolligini yuksaltirishning ijtimoiy omillari - rasmi

Material tavsifi

Shaxs badiiy-estetik faolligini yuksaltirishning ijtimoiy omillari Reja: Shaxs badiiy-estetik faolligi Estetik faollikni yuksaltirishning ijtimoiy omillari Shaxsning badiiy-estetik faolligini oshirishning ijtimoiy-ma-naviy omillari haqida so'z borganda, avvalambor, mustaqillikning ijti-moiy-estetik mohiyati, inson erkinligi tamoyilining kuchayishi, barkamol avlod tarbiyasi, umuman turmushni estetik jihatdan tashkil etish to'g'ri-sidagi masalalarga etibor qaratish taqozo qilinadi. Fuqarolik jamiyatining ijtimoiy-estetik mohiyati, avvalambor, mamlakatimizda barpo etilayotgan huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining inson manfaatlari ustuvorligiga asoslanishi, insonni eng oliy qadriyat sifatida etirof etish, erkin ijodiy mehnatning ustuvor o'rin egallashi, jamiyat taraqqiyotining barcha sohalarini rivojlantirishda yuksak ma'naviyatga asoslanish bilan belgilanadi. Bu jarayonning umumiy yo'nalishi, shu bilan birga, ma'naviy-ijtimoiy va gumanistik maqsadi, axloqiy-estetik tabiati islohot-islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak1 degan konsepsiyada o'z ifodasini topgan. Mustaqillik shaxs tomonidan voqelikni badiiy va estetik o'zlash-tirish ko'lamini kengaytirdi, ijodiy faolligi, estetik madaniyatni yuk-saltirish uchun imkoniyatlar yaratdi. Shu bilan bir qatorda, bozor muno-sabatlarini chuqurlashtirish jarayonida faoliyatning ko'pgina sohalarida estetik did va madaniyatning yetishmasligini ham kuzatish mumkin. Istiqlol sharofati bilan ma'naviy qadriyatlar xalqimizning mul-kiga aylandi, mustabid tuzum sharoitida ma'naviyat xazinasidan chetda qol-gan zahiralarni har tomonlama o'rganish yo'lga qo'yildi. Bu sohada tarixiy haqiqatni tiklash uchun sho'ro davri madaniyati, ko'p asrlik madaniyatimiz tarixi, shu bilan birga, kommunistik manfaatlarga yot hisoblangan jahon va o'zbek madaniyati, falsafasi, estetikasi, xususan, estetik tarbiyada mil-liy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligini to'g'ri baholash, o'rganish taqo-zo qilinadi. Bu davr ma'naviy-madaniy hayoti, badiiy-estetik faoliyatida keskin burilish va sifat o'zgarishlari yuz berdi: Amir Temur haqida haqqoniy tarixiy, ilmiy-badiiy asarlar yaratildi; Avestoning 2700 yilligi, Alpomish dostonining 100 yilligi munosib nishonlandi; O'zbekiston madaniyati va san'ati forumi jamg'armasi Kamolot yoshlar ijtimoiy ha-rakati bilan hamkorlikda tasviriy va amaliy, musiqiy san'at, badiiy publitsistika, jurnalistika, memorchilik va dizayn sohalarida yosh iste-dodlarning Kelajak ovozi Respublika tanlovi muntazam o'tkazib ke-linmoqda1. Tarixiy memorchilik inshootlari nafaqat moddiy-texnikaviy, shu bilan birga, badiiy-estetik jihatdan tamirlanmoqda, Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Qo'qon, Marg'ilon kabi shaharlardagi tarixiy-memoriy yodgorliklar tiklanmoqda, ziyoratgohlarga aylantirilmoqda. Ajdodlarimiz ma'naviy-badiiy merosi xorijlik olimlar bilan hamkorlikda tadqiq etilmoqda; keyingi o'n yilda xorijlik mutaxassislarning o'zbek badiiy-estetik madaniyatini o'rganishga qiziqishlari yanada ortdi, bu narsa, ayniqsa, nemis san'atshunoslarining Buyuk ipak yo'li mavzuiga bag'ishlangan maqolalari va boshqa olimlarning tadqiqotlarida ifodasini topdi2. Xalq-aro musiqaviy festivallarni o'tkazish an'anaga aylandi, Sharq tarona-lari, Boysun bahori, Ilhom-XX hozirgi zamon badiiy-musiqaviy fo-rumining eng obro'li voqealaridan biriga aylandi. Ayni paytda insonning barcha sohalardagi faoliyati, jumladan, memoriy-loyihachilik, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, xalq iste-mol mollari sifatini yaxshilash, shaxsiy turar joylarni barpo etish va hoka'zolarda jiddiy kamchiliklar, didsizlik alomatlari ko'zga tashlanayot-ganligini ham inkor etib bo'lmaydi. Butun mamlakatimiz bo'ylab qo'zi-qorinday ko'payib borayotgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.06 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.06 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga