Shaxs estetik kamolotining asosiy komponentlari va ularning o'zaro aloqadorligi

Shaxs estetik kamolotining asosiy komponentlari va ularning o'zaro aloqadorligi

O'quvchilarga / Pedagogika
Shaxs estetik kamolotining asosiy komponentlari va ularning o'zaro aloqadorligi - rasmi

Material tavsifi

Shaxs estetik kamolotining asosiy komponentlari va ularning o'zaro aloqadorligi Reja: Shaxs estetik kamoloti. Shaxs estetik kamoloti komponentlari. Shaxs komponentlarining o'zaro aloqadorligi Yuksak ma'naviy fazilatlar sohibi bo'lgan inson nafs xuruji, laz-zatlarga moyil ojizlikni enga oladigan zotdir; odamni komillik va mukar-ramlik martabasiga ko'tarish uning ma'naviyatini yuksaltirish demakdir. Har qanday jamiyat tayanuvchi ma'naviy qadriyatlar umuminsoniylik ruhi bilan qanchalik sug'orilsa, shuncha umrboqiy bo'ladi. Odam qanday xulq, ax-loqiy, madaniy fazilatga ega bo'lsa, shunday faoliyat tarzini namoyon etsa, uning qadr-qimmati shuncha yuksak bo'ladi. Zero, ma'naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan be-qiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir1. Prezident I.A.Karimovning bu so'zlari mustaqillik sharoitida barkamol inson shaxsiga etibor ham, talab ham kuchayganligini ko'rsatadi. Zero, komillik an'analari va ular to'g'risidagi g'oyalar qadimdan yurtimizda rivojlanib kelgan, bu an'ana turli avlodlar o'rtasida ruhiy yaqinlikni mustahkamlaydi, yoshlar qalbida vorislik tuyg'usini uyg'otadi. Demak, ko-millik, eng avvalo, insoniylik sharti va buyuk ajdodlarimizga vorislik ta-qozosi2 hisoblanadi. Modomiki, kamolotning eng yuksak mezonlari odob va ma'naviyatdan iborat ekan, bunda aqliy, axloqiy, estetik, madaniy, jismoniy faoliyat uning muhim jihatlari bo'lib, o'z ichiga bir qator sohalarni qamrab oladi. Deylik, jismoniy faoliyat, avvalambor kasb-hunar bilan shug'ullanishni taqozo etadi, hunar ham, ilm ham odamning martabasini ko'taradi, obro' kel-tiradi. Ilm sohiblari to'g'risida ham shunday deyish mumkin. Yoshlarimiz-ning chuqur ilmiy dunyoqarash, zamonaviy bilim, muayyan kasb egasi bo'li-shida uyg'unlikka erishish kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ruhiga singdi-rilganligining boisi shunda. Yuqoridagi fikrlar komil insonni tarbiyalashning ijtimoiy zaru-riyatini ko'rsatadi. Binobarin, komil inson tarbiyasi mustaqillikka erish-gan mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor sohasi sanaladi. Shu mano-da Prezident I.A.Karimov quyidagilarni yozadi: Komil inson deganda, biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori o'zgalarga ibrat bo'ladigan bilimli, ma'rifatli kishilarni tushunamiz1 Komil inson shaxsi zamirida milliy fazilatlarga sodiqlik, umum-insoniy qadriyatlarni e'zozlash, begona, yot g'oyalar ta'siriga berilmaslik, mafkuraviy immunitetga ega bo'lish, mustaqillikka sadoqat, ezgu g'oyalar manfaatiga xizmat qilish, jismoniy va ma'naviy barkamollik, aqliy te-ranlik va shu bilan birga, nafosat va go'zallikka intilish kabi fazilatlar yotadi. Shunday ekan, shaxsning estetik kamolotga erishishi, bir tomondan, uning umumma'naviyatini qaror toptirish, boshqa tomondan, estetik mada-niyatini shakllantirish bilan bog'langandir. Yuqoridagi har ikki jihat o'zaro aloqadorlikda olib qaralsa, ular shaxs estetik kamolotini qaror toptirish bilan bevosita aloqador jihatlar - mehnatsevarlik, axloqiylik, jamoaviylik, milliy g'urur, yuksak did va ideal, adabiyot va san'atni his qilish, anglash, ijtimoiy faollik, faol ijodiy tuyg'u, ma'naviylik, milliy va umuminsoniy estetik qadriyatlardan boxabarlik kabilardan tashkil topishini ko'ramiz. Tabiiyki, o'zaro aloqadorlik va o'ziga xoslik jihatidan bu omillar shaxs kamolotida turlicha rol o'ynaydi, bir xillari shaxs(mehnatsevarlik, jamoaviylik, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.47 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.47 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga