Shaxs ma'naviyatini shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari

Shaxs ma'naviyatini shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Shaxs ma'naviyatini shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Shaxs ma'naviyatini shakllantirishning ilmiy nazariy asoslari Reja: 1. ma'naviy merosimizning shaxs ma'naviyatini shakllantirishdagi o'rni 2. Pedagogik-psixologik adabiyotlarda shaxs ma'naviyatini shakllantirishdagi o'rni. ma'naviy merosimizning shaxs ma'naviyatini shakllantirishdagi o'rni ma'naviyat o'zbek tili va boshqa tillarda ko'p ishlatiladigan, shu bilan birga, eng kam o'rganiladigan tushunchalardan biridir. Boshqa fanlarda bo'lgani kabi, falsafada ham hodisalarni o'rganish, ko'pincha, ularni ifodalaydigan so'zlarning kelib chiqishni aniqlashdan boshlanadi. ma'naviyat so'zining negizida arabcha mani so'zi yotadi. ma'naviy so'zi maniga aloqadorlikni bildirsa, ma'naviyat - ma'naviy so'zining ko'plikdagi shaklidir. ma'naviyat atamasining negizida mano so'zi yotar ekan, uning mazmunini qisqacha izohlab o'tsak. ma'naviyat - inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o'z ichiga oladi. Malumki, insonning ichki va tashqi olami mavjud. Tashqi olamiga uning bo'y basti, ko'rinishi, qiyinishi, xatti-harakati va boshqalar kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari his-tuyg'ularini o'z ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami ma'naviyatdir. Oziq-ovqat insonga quvvat bersa, ma'naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag'ishlaydi. ma'naviyat ma'rifat va madaniyat bilan bog'liq. ma'naviyat insonlarda tayyor holda vujudga kelmaydi. Unga muttasil o'qish, o'rganish tajriba orttirish orqaligina erishiladi. ma'naviyat qanchalik boyib borsa jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi. ma'naviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli o'tkazish yo'lini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi. Vijdon nima, yolg'on va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima - bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi ma'naviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni sevish, insonparvarlik, inson ma'naviyatini belgilovchi asosiy omillaridan biridir. ma'naviyat kamol topgan jamiyatda, qobiliyat, istedod egalari shu jamiyatning millatning yuzi, g'ururi, obro' etibori hisoblanadi. ma'naviyatli jamiyatda aql, sog'lom fikr, adolat va yaxshi xulq ustivordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli bo'ladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi. Millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va ijtimoiy madaniy rivojlanishsiz, ma'naviyatini tasavvur qilish qiyin. ma'naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. ma'naviyatimiz Avesto va zardushtiylik ta'limotidan boshlab hozirgi kungacha shakllanib, boyib umuminsoniy qadriyatlar bilan yonma-yon rivojlanib bormoqda. ma'naviy meroslarimizdan foydalanib shaxs ma'naviyatini shakllantirishda xalqimizning boy madaniy merosidan maqsadli foydalanish talab etmoqda. Qadimgi davr, ma'naviyati, jumladan, axloq, ma'rifat, ta'lim-tarbiya haqidagi dostonlarda xalqimizning qadimgi urf-odatlari, ruhiyati, xulq-odoblarining ifodasini uchratishimiz mumkin. Bunday ma'lumotlar qadimgi sug'd, manixey, xorazm, turkiy yozuvlar namunalarida saqlanib qolgan manbalarda ham uchraydi. Bu davrda Markaziy Osiyo qadimgi Sug'd, Xorazm, Farg'ona, Usrushana, Chag'aniyon kabi o'lkalardan iborat bo'lib, G'arb bilan Sharq mamlakatlarini bog'lovchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 402.37 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 402.37 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga