Shaxs shakllanishiga turlicha yondoshuvlar Reja: 1. Bolaning rivojlanishida ruhiyat va tan aloqadorligi. 2. Shaxsning shakllanish omillari. 4. Rivojlanish qonuniyatlari. 5. Mehnat, ta'lim va o'yin. 6. O'quvchi shaxsini shakllanishida jamoaning o'rni. 7. Ijtimoiylashuv, shakllanish, shaxsning shakllanishi, tarbiya, o'z-o'zini tarbiyalash. 8. Milliy tarbiyaning o'ziga xosligi. Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar: Jamoa (lot. kollektivus - yig'ilma, omma, birlashma, guruh) - kishilarning istalgan maqsad asosida tuzilgan tashkiliy va uyushtirilgan guruhidir Talabalarning o'z-o'zini boshqarish - bu pedagoglar tomonidan tashkil qilinadigan jamoa ishini uyushtirish va boshqarishda talabalarni faol ishtirok etishidir. Rag'batlantirish metodlari - o'quvchilarning harakatlarini ijobiy baholashni ko'zda tutadi. Jazo berish metodlari - bu o'quvchilarning xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha. Individ, shaxs, individuallik. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo'lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyatning a'zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo'lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o'zini yaxlit inson sifatida his etishi, o'z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog'i kerak. Individ nima? Bola ma'lum yoshga qadar individ sanaladi. Individ (lotincha - «individium» so'zidan olingan bo'lib, «bo'linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma'nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir. Individuallik esa shaxsning o'ziga xos xususiyatlari bo'lib, uning namoyon bo'lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o'rganish, uning yashash sharoitlaridan yеtarli darajada xabardor bo'lish va ularning hisobga olinishini taqozo etadi. Individual yondashuv o'quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo'lgan qiziqish hamda iste'dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi. Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'yekti va ob'yekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarining iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta'riflanadi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo'lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo'nalishi bo'yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo'ladi. Ana shular ta'sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanishning o'zi nima? Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o'sishida namoyon bo'ladigan miqdor va sifat o'zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o'tish, yangilanish, yangining paydo bo'lishi, eskining yo'qolib borishi, miqdor o'zgarishining sifat o'zgarishiga o'tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o'rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
59.66 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
59.66 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:58 ]
Arxiv ichida: doc