Shaxs tarbiyasida pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Shaxs tarbiyasida pedagogik texnologiyalardan foydalanish

O'quvchilarga / Pedagogika
Shaxs tarbiyasida pedagogik texnologiyalardan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Shaxs tarbiyasida pedagogik texnologiyalardan foydalanish Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta'lim sohasida tub o'zgarishlar amalga oshirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiya olishi masalasi davlat darajasidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar dasturul amal bo'lmoqda. Maktabgacha ta'lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan 2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 2707-sonli Qaror, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risidagi qonuni, Maktabgacha ta'lim tizimi boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori, O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari, Ilk qadam Davlat o'quv dasturi, O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi kabi me'yoriy huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari Ta'limning globallashuvi, innovatsion texnologiyalarning joriy etilayotgani, ayni paytda keng ko'lamli axborotlar oqimi ta'lim mazmunini muntazam yangilab, takomillashtirib borishni taqozo etadi. . Ta'lim sohasidagi davlat siyosatini ro'yobga chiqarish, kadrlar tayyorlashda yagona davlat talablari asosida o'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, o'quv-adabiyotlari bilan ta'minlash, pedagoglarga uzluksiz metodik xizmat ko'rsatish vazifasini amalga oshirish muhim vazifalardan biridir. Bugungi tez o'zgaruvchan iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy hayot bolalar va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish yangi pedagogik interfaol metodlardan keng foydalanishni taqozo qiladi. Bilim qanchalik mustahkam bo'lsa, bola dunyoqarashi, intellektual salohiyati shunchalik rivojlanadi va kamol topadi. Mamlakatimizda ayni paytda vujudga kelgan shart-sharoitlar maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida didaktik jarayonlarni takomillashtirish o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, o'quv-tarbiya jarayonida ta'limning innovatsion shakllari va usullarini qo'llashga ko'maklashadi. Pedagogik texnologiyani har tomonlama puxta o'ylangan pedagogik loyihalashtirish, ta'lim jarayonini tashkil qilish bola va pedagog uchun erkin, qulay shart-sharoit yaratish orqali xamjihatlikda ishlab chiqilgan model desak bo'ladi. Ta'lim jarayonida bolaga murojaat qilmaslikning iloji yo'q. Bola bu jarayonda qanday vazifani bajarishi kerak - maqsad vazifasinimi yoki unga erishish uchun vosita vazifasinimi? Bolaga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyasi bolani butun bir ta'lim tizimining markaziga qo'yadi va unga tabiatan berilgan o'z qobiliyatini ro'yobga chiqarishi uchun har tomonlama qulay, xavfsiz, erkin shart-sharoit yaratadi. Pedagogik texnologiyaning muhim tarafi ta'lim jarayonidagi bolaning o'rni va unga kattalarning munosabatidir. . Bolalar psixologiyasi bo'yicha taniqli mutaxassis E.A.Panko shunday yozadi: O'qituvchi bolalar bog'chasidagi bola uchun muhim shaxs, u o'zining mikro muhitiga kiradi. Maktabgacha tarbiyachi hamma narsada o'qituvchiga taqlid qilishga intiladi: tashqi ko'rinishi, boshqalar bilan gaplashish uslubi, odamlar bilan munosabatlari, umuman olganda bola o'z oldida munosib namuna ko'rishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 488.97 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:58 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 488.97 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga