Shaxs xarakteri

Shaxs xarakteri

O'quvchilarga / Pedagogika
Shaxs xarakteri - rasmi

Material tavsifi

Shaxs xarakteri Reja Xarakter haqida tushuncha. Xarakterning fiziologik asoslari. Xarakter strukturasi. Xarakterning shakllanishi. Shaxs psixodiagnostikasi Xarakter haqida tushuncha. Xarakter - (yunoncha chaktir belgi, nishon, xislat) - xarakter; ijtimoiy muhit ta'sirida tarkib topib, shaxsning atrofidagi voqealikka va o'z - o'ziga bo'lgan munosabatda ifodalanadigan, uning muayyan sharoitlardagi xatti -harakatlarni belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig'indisidir. Xarakterologiya - xarakter haqidagi, xarakterning mohiyati, strukturasi, tarkib topishi va rivojlanishi haqidagi ta'limot. Xarakterning fiziologik asoslari Isteriya (yunoncha hustera bachadon, XIX asr meditsinasida I.ya bachadon kasali deyilib, u faqat ayollarga xos deb hisoblanardi) - markaziy nerv sistemasining psixika harakatlar doirasi, sezgirlik kabilarning buzilishi bilan belgilanadigan funktsional o'zgarish: ruhiy kasallikning bir turi. Konformlik - (lotincha conformis - o'xshash, mos) - individning guruh fikrlariga tashqi tomondangina qo'shilib, ichki tomondan esa qo'shilmay o'z fikrida qolishi, guruhga ongli ravishda moslashishi. Moyillik - shaxsning muayyan faoliyat turi bilan shug'ullanishga doimiy intilishidan iborat individual xususiyat. Masalan: Muzikaga moyillik ilmiy tekshirish ishlariga moyillik va x.k. Moyillik shaxsning qiziqishlari va qobiliyati bilan uzviy ravishda bog'liq bo'lib, bu qiziqish va qobiliyatning tarkib topishi uchun ma'lum darajada asos bo'lishi ham mumkin. Xarakterning fiziologik asoslari Shaxsning individual - psixik xususiyatlari turli-tumandir. Masalan: kamtarlik, mag'rurlik, xudbinlik, samimiylik, rostgo'ylik, bahillik, g'amho'rlik, tortinchoqlik, quvnoqlik va x.k. Shunday ekan xarakterni tashkil qiluvchi xususiyatlar xarakter xislatlari deyiladi. Xarakter xislatlari 2 ta katta gruppaga bo'linadi: Xarakter strukturasi Xarakterning ma'naviy sifatlari-mehnatsevarlik, halollik, rostgo'ylik, mehribonlik, tashabbuskorlik, kamtarlik kabilar; Xarakterning irodaviy xislatlari-maqsadga intiluvchanlik, qat'iylik, jasurlik, mardlik, matonatlilik, o'z-o'zini tuta bilish kabilar. Xarakter tug'ma o'zgarmaydigan xususiyat emas. U kishining hayot sharoitlarga bog'liq holda tarkib topib, o'zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir: maxsus sharoitda, maxsus ta'lim-tarbiya ta'sirida salbiy xarakter xislatlarini bartaraf qilish, ijobiy xarakter xislatlarini tarbiyalash mumkin. Shaxs munosabatlari xarakter xislatlarining individual o'ziga xos xususiyatni 2 xil tarzda aniqlaydi. Bir tomondan xarakterning mazkur xususiyati namoyon bo'ladigan har bir tipik vaziyat imotsional kechilmalarining individual o'ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog'liq. Shu bilan bir qatorda, odam xarakterlarining usullari iroda hissiyot diqqat tafakkur xususiyatlariga ham bog'liqdir. Masalan: mehnatda namoyon bo'ladigan tirishqoqlik va puxtalik faqat mehnatga ijobiy munosabatda bo'lishi emas, balki diqqatning to'plashishiga harakatlarning aniqligi, irodaviy zo'r berishga va shu kabilarga bog'liqdir. Shu sababli harakat usullariga turli psixik jarayonlarning ustunlik qiluvchi ta'siriga bog'liq holda xarakterning intektual, emotsional va irodaviy xislatlarni ajratish mumkin. Xarakterning fiziologik asosi Bir qancha olimlarning tadqiqotlarda odamlarning harakat usullari nerv sistemasi umumiy tipining xususiyatlari bilan aynan bir tipik vaziyatda va sharoitda bir xil ijobiy munosabatda bo'lish bilan solishtirib ko'rilgan. Bunda shu narsa aniqlangan-ki, nerv sistemasi umumiy tipining zid xususiyatlarga psixologik jihatidan zid ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 738.56 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:58 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 738.56 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga