Shaxs, davlat, davlat xizmatchisi tushunchalarining axloqiy mohiyati

Shaxs, davlat, davlat xizmatchisi tushunchalarining axloqiy mohiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Shaxs, davlat, davlat xizmatchisi tushunchalarining axloqiy mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Shaxs, davlat, davlat xizmatchisi tushunchalarining axloqiy mohiyati Tayanch iboralar: Axloq, shaxs, davlat, davlat xizmatchisi, komil inson, ma'naviy kamolot, inson qadr-qimmati, fuqarolik jamiyati, siyosiy munosabatlar, davlat mohiyati, demokratik tamoyillar, hokimiyat, davlat suvereniteti, adolatli jamiyat, jamiyat, individ, inson suvereniteti, millat suvereniteti, davlatning asosiy belgilari. Inson kamoloti ko'p qirralidir. Uning buyukligi ma'naviy kamolot darajasi bilan belgilanadi. yetuk ma'naviyatga ega bo'lgan insongina jamiyat muammolarini aqli va zakovati bilan yechishga harakat qiladi. Chunki inson o'z atrofidagi odamlar ta'sirida kamolotga erishadi. Zotan, inson jamiyatda yashar ekan, undan chetda turolmaydi. Insonlarga xos bo'lgan axloq me'yorlari jamiyat taraqqiyoti va hayotiy ehtiyojlar ta'sirida o'zgarib turadi. Ta'lim-tarbiya, ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi insonlarning xatti-harakatlarini, ular o'rtasidagi munosabatlarni ma'naviyat bilan bog'lanmagan tabiiy ehtiyojlar va imkoniyatlar chegarasidan tobora uzoqlashtirib boradi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, davlat boshqaruvining asosiy yo'nalishi umume'tirof etilgan tamoyillar, xalqaro huquqiy hujjatlar hamda demokratik standartlar asosida huquqiy davlat qurishni belgilab oldi. Huquqiy davlatning shakllanishi va jamiyat boshqaruvining takomillashuvi o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik kuchayib borayotgan hamda erkin fuqaro ma'naviyati va ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizdagi muhim vazifaga aylanib borayotgan hozirgi paytda davlat boshqaruvi qat'i qonunlar asosida amalga oshishini taqozo etmoqda. Bu esa bevosita davlat xizmatidagi xodimdan yuksak fazilatlarni o'zlashtirishni talab qiladi. Axloq - ma'naviyatning amalda namoyon bo'lishi. Ilm, bilim, dunyoqarash, idrok va iymon insonning xulq-atvorida o'ziga xos tarzda aks etadi. Inson ma'naviyati esa axloqiy fazilatlar orqali namoyon bo'ladi. Ma'naviyat - his etiladigan, anglanadigan, oqilonalikka asoslangan botiniy qudrat bo'lsa, axloq bevosita har bir shaxsning o'zgalarga nisbatan ma'naviy munosabatini anglatadi. Shu sababli axloqiy tushunchalar ayni paytda ma'naviy tushunchalar sifatida e'tirof etiladi. Zotan, axloq insof va adolat, iymoniylik va halollik, mehr va muruvvat, saxovatpeshalik va bag'rikenglik, rahmdillik va muruvvatlilik, mehribonlik va g'amxo'rlik singari ma'naviy tushunchalarni insonning hayotiy faoliyatida yuzaga chiqaradigan ma'naviy hodisadir. Zero, «Axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida shaxs sifatida mavjud bo'lgan insonlarning o'z-o'zini idora qilish shakllari va me'yori, o'zaro muloqot va munosabatlarda ularga xos bo'lgan ma'naviy kamolot darajasining namoyon bo'lishidir» Barcha davrlarda inson va jamiyat o'rtasidagi axloqiy munosabatlar siyosiy, huquqiy, iqtisodiy mezonlar asosida boshqarilgan. Ayniqsa, sharq xalqlarida, xususan, xalqimizning insoniy munosabatlar asosini axloq va axloqiylik tashkil etgan: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy munosabatlar zaminida ham axloqiy mezonlar ustunlik qiladi. Inson shaxs bo'lib tug'ilmaydi, balki jamiyat, oila va turli munosabatlar natijasida shaxs sifatida shakllanadi. Uning barkamol darajaga ko'tarilishi ham jamiyatda amalga oshadi. Inson barkamolligining eng muhim ko'rsatkichlaridan biri o'zini o'zi anglashi hisoblanadi, chunki o'zini o'zi anglamagan inson barkamol shaxs darajasiga yetib kelmaydi. U o'zini anglagandagina o'zgalarni anglashda va turli munosabatlarda «men»ligini namoyon etadi. Shaxs, avvalo, inson, odam ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.62 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.62 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga