Shaxsga yo'naltirilgan pedagogik texnologiyalarda mexanika fanini akademik litseylarda o'qitish uslubiyati

Shaxsga yo'naltirilgan pedagogik texnologiyalarda mexanika fanini akademik litseylarda o'qitish uslubiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Shaxsga yo'naltirilgan pedagogik texnologiyalarda mexanika fanini akademik litseylarda o'qitish uslubiyati - rasmi

Material tavsifi

OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI HAYDAROV ERKIN KUBAYEVICH Shaxsga yo'naltirilgan pedagogik texnologiyalarda mexanika fanini akademik litseylarda o'qitish uslubiyati D I S S E R T A T S I Y A SAMARQAND - 2014 MUNDARIJA Kirish ……3 1-BOB. NAZARIY QISM……5 1.1 O'quv jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil etishning zarurligi …5 1.2 Shaxsga yo'natirilgan pedagogik texnologiyalar nazariy asoslari ……11 1.3 Shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalarning amalda qo'llanilishi 22 2-BOB. O'QITISH USLUBLARI ……35 2.1 O'qitishning nazariy asoslari ……35 2.2 Og'zaki bayon uslublari 39 2.3 Muammoli o'qitish 41 2.4 Yangi pedagogik texnologiya (yo'nalishlari, yechimlari) asosida o'qitish 48 2.5 O'quv tajribasining ahamiyati va unga qo'yiladigan uslubiy talablar 55 2.6 Respublikamizda milliy ta'lim tizimining isloh qilinishi hayotiy zarurat ekanligi 57 3-BOB. SHAXSGA YO'NALTIRILGAN TA'LIM TIZIMINING QO'LLANILISHI……59 3.1 Ta'lim texnologiyasida bola shaxsi ob'ekt va sub'ekt sifatida 59 3.2 Mexanika fanini shaxsga yo'naltirilgan holda o'qitish 64 3.2.1 Moddiy nuqta kinematikasi……66 3.2.2 Moddiy nuqta dinamikasi……77 3.2.3 Mexаnik ish, quvvаt vа energiya……85 XULOSA……92 ADABIYOTLAR…….……93 KIRISH Keyingi yillarda o'qitishning yangi pedagogik texnologiyalari pedagog mutaxasislar orasida eng ko'p tarqalgan fikrlardan biriga aylanib bormoqda. Bunga sabab o'qitishning avtoritar usuli deb baholanadigan an'anaviy usulda o'qituvchi faol bo'lib, o'quvchi esa tinglovchi passiv, faqatgina ob'ekt vazifasini bajaradi xolos. Boshqacha qilib aytganda avtoritar o'qitish texnologiyasida talabaning tashabbusi va mustaqilligi deyarli yo'qoladi, o'qitish majburiy yo'sinda amalga oshiriladi. Hanuzgacha jahonda eng ko'p tarqalgan o'qitishning sinf-dars tizimida mashg'ulotlari asosiy birligi dars bo'lib, u bitta fanining bitta mavzusiga bag'ishlanadi va o'qituvchi tomonidan boshqariladi. An'anaviy o'qitish texnologiyasining qusurlari ustida to'xtalib, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida (1997 yil 29 avgust) Prezident Islom Karimov bolalar qaysi sinfdan boshlab mustaqil fikr yurita boshlaydi? Umuman maktabda mustaqil fikr yuritishga o'rgatiladimi? degan savollarni qo'ydilar va ularga quyidagicha javob berdilar: «Aminmanki, o'rgatilmaydi. Mobodo biror o'quvchi o'qituvchiga e'tiroz bildirsa, ertaga u hyech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktabdagi jarayonda o'qituvchi hukmron. U boladan faqat o'zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Prinsip ham tayyor: «Mening aytganim-aytgan, deganim-degan». Demak, an'anaviy ta'lim texnologiyasida o'qituvchi va o'quvchi munosabatida majburiy itoatkorlik, ya'ni zo'ravonlik pedagogikasi amal qiladi». An'anaviy o'qitish texnologiyasining boshqa qusurlarini ham namoyish qilish maqsadida 1-rasmning chap tomoniga diqqatingizni jalb qilamiz: ko'rinib turibdiki, Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, zo'ravonlikka asoslangan bu pedagogikada pedagog yagona su'bekt, talabalar pedagogik jarayon obyekti, o'qitish tushuntiruv-ko'rgazmali usulda olib boriladi. O'qitish ommaviy tarzda olib borilishi tufayli o'quvchilarning tashabbusi va mustaqilligi o'zidan-o'zi so'nib boraveradi. Shu bois texnologiya asosan talabalarda bilim, ko'nikmalarni shakllantiradi, ular shaxsini rivojlantirishni ko'zda tutmaydi. O'z-o'zidan ko'rinadiki, an'anaviy o'qitish texnologiyasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.1 MB
Ko'rishlar soni 29 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:58 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.1 MB
Ko'rishlar soni 29 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga