Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari

Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari - rasmi

Material tavsifi

SHAXSGA YO'NALTIRILGAN TA'LIM TEXNOLOGIYALARI Reja: 1. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalarining mazmuni. 2. O'qitishni tabaqalashtirish. 3. O'qitishni individuallashtirish texnologiyasi. O'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan ta'lim - o'quvchi shaxsiy imkoniyatlariga moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi. Bu texnologiyada kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi, ularning ayrim asosiy belgilarini qarab chiqamiz: 1. Har bir o'quvchiga buyuk shaxsdek qarash, uni hurmat qilish, uni tushunish, qabul qilish, unga ishonish. 2. Ta'limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda o'quvchi o'zini shaxs deb sezsin, unga bo'lgan e'tiborni tuysin. 3. Bolaga tazyiq o'tkazmaslik hamda uning kamchiligini bo'rttirmaslik; bilimlarni o'zlashtirmasligi, o'zini yomon tutishi sabablarini aniqlash va ularni bolaning shaxsiyatiga zarar yetkazmaydigan tarzda bartaraf etish; 4. Ta'limda muvaffaqiyat muhitini tashkil etish, bolaga o'qishda muvaffaqiyat qozonishga yordam berish, uning o'z kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirish. O'quvchiga atrofdagilarning har biri o'zi kabi ekanligini anglatish, unda jamoaga aloqadorlik hissini rivojlantirish. 5. O'quvchining hurmati va ishonchini qozonish, o'ziga ham shaxs nuqtai nazaridan qarash. Kasb-hunar kollejining o'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan ta'limni amalga oshirish faoliyatida bolalarning kognitiv (aqliy), kommunikativ (nutq-muloqotchanlik), ijitmoiy-hissiy va jismoniy-motor rivojlanishiga sharoit yaratilishini ta'minlash juda muhimdir. Kasb-hunar kolleji ta'lim jarayonida o'quvchi shaxsiga yo'naltirigan ta'limni amalga oshirish imkonini beruvchi ba'zi noan'anaviy dars mashg'ulotlaridan misollar keltiramiz: Sho'ng'ish darsi - ma'lum bilimlarni egallash uchun qulay muhitda bo'lish yoki shunday muhit yaratish orqali mavzuni faol o'rganish mashqlaridan iborat. Musobaqa darsi - o'quvchilarning o'zaro musobaqalashuvini tashkil etish orqali bilimlarni mustahkamlash mashqlari. Maslahat darsi - dars jarayonida o'quvchilarning o'zaro hamda o'qituvchining maslahatlarini tashkil etish orqali darsni o'zlashtirish mashqi. Ijod darsi - o'quvchilarning mustaqil ijod etishlarini tashkil etish darsi. Sinov darsi - o'quvchilarning o'zlashtirishini turli shakllarda sinash tashkil qilinadigan dars. Shubha bildirish darsi - dars mavzusi bo'yicha qoidalar, xulosalarni agar noto'g'ri deb hisoblansa, nimalar bo'lishi mumkinligi haqida qiziqarli bahs va tahlillar o'tkazish orqali yangi mavzuni tushuntirish darsi. Ijodiy hisobotlar darsi - o'quvchilarning ayrim mavzular bo'yicha mustaqil o'rgangan bilimlari va xulosalari taqdimoti. Umumlashtirish darsi - ilgari o'tilgan mavzular bo'yicha olingan bilimlarni umumlashtirish mashqlarini o'tkazish darsi. Ilmiy fantastika darsi - o'quvchilarning o'rgangan bilimlari asosida ijodiy xayol, taxminlar o'ylab topishlari mashqini o'tkazish orqali mustaqil fikrlashlarini kengaytirish darsi. Haqiqatni izlash darsi - dars mavzusiga doir ayrim masalalar yuzasidan o'quvchilarning mustaqil fikrlar bildirishini tashkil etish orqali haqiqatni aniqlash va mavzuni o'zlashtirishlarini ta'minlash darsi. «Paradokslar» darsi - o'quvchilarning faolliklari va qiziqishlarini oshirish maqsadida o'rganilayotgan mavzuni har turli «paradokslarga» bog'lab bayon qilish hamda tegishli tahlillar o'tkazish asosida to'g'ri xulosalarni aniqlash darsi. Seminar darsi - yangi dars mavzusiga doir savollar bo'yicha o'quvchilarga oldindan berilgan topshiriqlarni bajarish natijalari to'g'risida ma'lumotlarni tinglash ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 93.73 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:58 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 93.73 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga