SHAXSGA YO'NALTIRILGAN YONDASHUV ASOSIDA MUSIQA FANINI O'QITISH TEXNOLOGIYALARI Yoqtirgan ishingni qilishing bu - erkinlik, Qilayotgan ishingni yoqtirishing bu - baxt! Frank Tayger Globallashuv sharoitida ta'lim shaxsni har tomonlama voyaga yetkazish, unda komillik va malakali mutaxassisga xos sifatlarni shakllantirishda muhim o'rin tutadi. Bugungi tezkor davr o'quvchilarni ham qisqa muddatda va asosli ma'lumotlar bilan qurollantirish, ular tomonidan turli fan asoslarini puxta o'zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda. Zamonaviy sharoitda ta'lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko'ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo'naltirilishi talab qilinmoqda. O'zida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta'lim - shaxsga yo'naltirilgan ta'lim deb nomlanadi. SHAXSGA YO'NALTIRILGAN TA'LIM O'quvchining fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o'ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim Bu ta'lim o'qitish muhitining o'quvchi imkoniyatlariga moslashtirilishini nazarda tutadi. Unga ko'ra ta'lim muhiti, pedagogik shart-sharoitlar, ta'lim hamda tarbiya jarayonini to'laligicha o'quvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, qobiliyatini rivojlantirish, shaxs sifatida kamolotga yetishini ta'minlash, tafakkuri va dunyoqarashini boyitishni nazarda tutadi. Shaxsga yo'naltirilgan ta'limning o'ziga xos jihati ta'lim oluvchi shaxsini tan olish, uni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay, zarur muhitni yaratishdan iborat Bu turdagi ta'lim o'quvchida mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik kabi sifatlar, shuningdek, mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu turdagi ta'limni tashkil etishda pedagoglardan har bir o'quvchi imkon qadar individual yondashishni, uning shaxsini hurmat qilishni, unga ishonch bildirish taqozo etiladi. Qolaversa, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim o'qitish jarayonining ishtirokchilari o'qituvchi-o'quvchi yoki o'quvchi-o'quvchi, o'quvchi-o'quvchilar guruhi, o'quvchi-o'quvchilar jamoasi tarzida o'zaro hamkorlikda bilim olish, shaxs sifatida kamol toptirish uchun qulay pedagogik sharoitni yaratish zaruriyatini ifodalaydi. ТАЪЛИМ КЕЧА ВА БУГУН 8 IJODKORLIK VA ILG'OR G'OYALARNI ILGARI SURISH TANQIDIY FIKRLASH VA MUAMMOLARNI HAL QILISH RAQAMLI SAVODXONLIK O'RGANISHNI O'RGANISH MULOQOT QILISH HAMKORLIK QILISH VA JAMOAVIYLIK 6 HISSIY AQL 7 IJTIMOIY MAJBURIYATLAR XXI ASR KO'NIKMALARI MUSIQA DARSLARIDA 4K MODELINI QO'LLASH Bugungi kunda maktab ta'limida o'quvchilarda XXI asr ko'nikmalarini shakllantirishda 4K modelini qo'llash joriy etildi. Ushbu o'quv yilida ilg'or tajribalar asosida yaratilgan boshlang'ich sinf darliklari ham ta'lim oluvchilarda aynan ushbu ko'nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. Barcha fanlar barobarida musiqa fani ham shu ko'nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilishi kerak. Xo'sh, musiqa darslarida ushbu model qanday joriy etiladi? Musiqa fani o'qituvchilari ushbu vazifani qay tariqa bajarishadi? Har bir o'qituvchi zamon bilan hamnafas bo'lib, o'quvchilarini yangiliklardan o'z vaqtida boxabar qilmog'i lozim. Zamonaviy ta'limning maqsadi ham o'zida zamonaviy ko'nikmalarni shakllantira olgan avlodni tarbiyalashdir. Musiqa fani o'qituvchisi sifatida ushbu 4K modeli bo'yicha tushunchalarimni va tajribamda qo'llaganlarimni o'z hamkasblarim bilan bo'lishmoqchiman. 4K nima? 4K - bu o'z nomi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
17.63 MB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:58
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
17.63 MB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:58 ]
Arxiv ichida: pptx