Shaxslararo munosabat psixodiagnostikasi

Shaxslararo munosabat psixodiagnostikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Shaxslararo munosabat psixodiagnostikasi - rasmi

Material tavsifi

Shaxslararo munosabat psixodiagnostikasi Reja: Shaxslar munosabat psixodiagnostikasining predmeti va obyektlari. Shaxslarararo munosabatni ijtimoiy-psixologik jihatdan o'rganish. Shaxslar munosabat psixodiagnostikasi metodikalari. Shaxslararo munosabat muammosi umumiy psixologiya, pedagogik psixologiya, yosh psixologiyasi va ijtimoiy psixologiya kabi psixologik tadqiqotlarda turli nuqtai nazardan o'rganilganligi juda ko'p tadqiqot predmeti va obyektlarini tahlil etish jarayonida kuzatiladi. Bu borada Amerikalik olim E.Bernning transakt tahliliga oid konsepsiyasining markaziy tushunchalarini yodga olish lozimdir. Shaxslararo munosabatning bir necha aloqa yo'llari, yani voyaga etgan kishi-voyaga etgan kishi (V-V), otaona-ota-ona (O-O), bola (farzand) - bola (farzand) munosabatlarining o'ziga xos tavsifi berilgan. Ularning o'zaro bog'lanishlari, yani Ota-ona - farzand (O-O F) munosabat tizimi bilan bog'liq. Chunki trasankt munosabat tizimiga ko'ra, bolaninng ijtimoiylashuvida ota-ona tarbiyasining o'rni muhimligi va bu tarbiya ta'siri saqlanib qolishi takidlanadi. Transakt munosabat tizimiga ko'ra, har bir shaxs Menida bir qator holatlar bo'lib, ular ota-onasi Menidagi holatlarni takrorlanishi ekan. Shu sababli ham oila muhitidagi tarbiyada ota-ona tomonidan o'tkaziladigan ta'sirlarning muhimligi farzand xulq-atvori, tasavvurida shakllanishi lozim bo'lgan ijtimoiy timsollarga o'z ta'sirini o'tkazadi. Shaxslarararo munosabatni ijtimoiy-psixologik jihatdan o'rganishda uni katta sotsial guruhdan (millat, ishlab chiqarish jamoasi) boshlab, intim, diada munosabatlari (yer-xotin, ota-ona-farzand va boshqalar) dan iborat keng tadqiqot maydoniga ega. Shu sababli ham ushbu doiradagi muammolarni o'rganishda psixologiyada konkret metodikalar mavjud. Shaxslararo munosabatni psixodiagnostikasiga doir metodikalar tizimiga etibor qaratadigan bo'lsak, ularga har xil asoslar bo'yicha yondashish mumkin: -tadqiqot obyektiga ko'ra (guruhlar orasidagi munosabat, guruh ichidagi jarayonlarni o'rganish, diada munosabatlari va boshqalar); -tadqiqot hal etishi lozim bo'lgan vazifalariga ko'ra (guruhdagi jipslikni, hamkorlikni va boshqalarni o'rganishga qaratilgan); -tadqiqot metodikalarining tuzilish xususiyatiga ko'ra (savolnoma, proyektiv metodika, sotsiometriya va boshqalar); -shaxslararo munosabat diagnostikasini o'rganishni hisobga olganda (subyektiv munosabatlarni o'rganish metodikasi, munosabat ishtirokchisining shaxslilik xususiyatlarini o'rganish metodikasi, shaxslararo munosabatdagi subyektiv xususiyatlarni o'rganish metodikalaridan iborat). Tadqiqotimiz maqsad va vazifasidan kelib chiqib, muammoni amaliy jihatlarini o'rganishga qo'l keluvchi metodiklarni saralashga harakat qilib, bir qator shaxslararo munosabatlarni o'rganish metodikalarininng mazmun va mohiyatini tahlil etish imkoniyatiga ega bo'ldik. Tadqiqot muammosiga ko'ra shaxslararo munosabatni amaliy o'rganish metodikalari inson hayotining turli jabahalarini qamrab olganligi va har xil psixologik determinantlar ta'sirida bo'lishi bilan bir-biridan farq qiladi. Shu sababli ham aniq metodikalar o'zining tadqiqot chegarasiga ega. Agar undan foydalanish zarurati tug'iladigan bo'lsa, metodika bilan bog'liq devalidizatsiya tadbirini amalga oshirish lozim. Bir-birini yaxshi biladigan guruhida sotsiometriyani o'tkazish ancha qo'l kelishi psixodiagnostika amaliyotida o'z isbotini topgan usul va hattoki, uning bugungi kunda 400 minga yaqin modifikatsiyasi amaliyotda qo'llanilayotganligi qayd etiladi. Ammo bu metodikanii turli xil shaxslararo munosabatni bilish darajasida tatbiq etish qiyinchilik tug'diradi. Ammo sotsiometriya oilaviy munosabtalarni tadqiq etishdan ko'ra, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.22 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.22 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga