Shaxsni baholash metodikalari Reja: Shaxsni baholash yo'llari. Shaxsni baholash metodiklari klassifikatsiyasi. Shaxs psixologik qiyofasini o'rganish Psixologiyada shaxsni tadqiq etish keng ko'lamda o'rganish vositalariga ega bo'lsa-da, ammo ularni milliy muhit va zamon talablariga moslashtirish kerak bo'ladi. Shaxsni o'rganish metodikalarining jahon psixologiyasidagi tajribasi ular yuzasidan yana ilmiy izlanishlar olib borishga undaydi. Shu bois jahon psixologiyasida shaxsni baholashga bag'ishlagan metodikalar va ularning xususiyatlarini qisqacha sharhlab o'tish lozim. Odamni o'rganishda obyektiv testlar sifatida shaxsni o'rganish so'rovnomalari ahamiyatilidir. Shaxs so'rovnomalari tekshiriluvchining asosiy etiborini topshiriqning javobiga emas, balki topshiriqqa qaratishi, test maqsadlarining yashirin xarakterga egaligi, topshiriqlarni yaxlit tuzilma sifatida taqdim qilinishi, psixometrik o'lchamga egaligi ularning yaroqliligini belgilaydi. Shaxsni o'rganish so'rovnomalari uzoq vaqt davomida ishlab chiqiladi. R.B.Kettell va F. Vorberton (R.B.Cattell, F.Warbuton,1967) tomonidan ishlab chiqilgan shaxsni o'rganish so'rovnomasi bir necha o'n yillik mehnat natijasidir. Ushbu so'rovnoma yaratilishida R.B.Kettell shaxs xususiyatlarini identiifkatsiyalashda faktorli tahlildan foydalanib, 1800 ta xususiyatlarni 16 omilga mujassamlashtirishga erishdi Shu bois psixologik diagnostikada «16 omilli shaxs so'rovnomasi» keng qo'llanilmoqda. Uning o'zbekcha modifikatsiyasidan ham mahalliy sharoitimizda foydalanilmoqda. Bazi shaxslilik testlari kognitiv o'lchamga asoslangan. G.Vitkina (H.A.Witkin et al.,) va uning hamkasblari tomonidan olib borilgan izlanishlarda idrok, xotira, tafakkur va muammoli vaziyatlarni hal etish kognitiv o'lcham sifatida o'rganildi. Shaxs so'rovnomalari bilan bir qatorda proyektiv metodikalar shaxsni o'rganishning asosiy psixologik vositalaridan biri sifatida qo'llanilmoqda. Ammo ushbu metodikalar o'tgan asrning 60-yillariga qadar nazariy asoslanmaganligi, psixometrik o'lchamga ega emasligi, haqqoniy natijalar berishga yaroqli emas, tarzidagi tanqidlarga duch keldi (Rorshaxning «Odam chiz» testi va «Siyoh dog'lari» testi). Bugungi kunda jahon psixologiyasida proyektiv metodikalarning istiqbolga ega ekanligi etirof etilmoqda. proyektiv metodikalar shaxsni o'rganish testlaridan farq qilib, insonning ong-shuursizligini o'rganish, shaxsni baholashga yordam beradi. proyektiv metodikalar natijalarini sharhlashdagi beqarorlik, standart me'yorlarning mavjud emasligini kamchiliklari sifatida ko'rsatish mumkin. Shaxsni baholashda estetik tabni aniqlash stili xorijiy psixologiyada sinovdan o'tgan. Ushbu toifa testlarning bitta namunasi deb Barron-Velsh shkalasini aytish joiz. Bunda tekshiriluvchiga 86 ta oq-qora tasvirdagi figuralar taqdim qilinadi. Tekshiriluvchi figuralarni yoqishi va yoqmasligini baholaydi. Uning bahosi shaxsning nafaqat san'atdagi, balki boshqa faoliyat sohalaridagi kreativligini baholashga yordam beradi. Barron-Velsh shkalasiga ko'ra yuqori va past ko'rsatkichlar shaxsning bir qator xususiyatlarini izohlashga imkon berar ekan. Yuqori ko'rsatkichli shaxslarga tadbirkorlik, bahslashishni yoqtiruvchanlik, liderlikka moyillik, impulsivlik va boshqa sifatlar xos ekan. Quyi ko'rsatkichli shaxslarda mehnatsevarlik, xafagarchilik va asosli mulohazalovchanlik yetakchilik qilarkan. Shuningdek, shaxsni o'rganiishda hazil-mutoyibadan foydalanish ham mumkin ekan. Shaxsning hazil-mutoyiba va karikaturaga beradigan javobi uning xususiyatlarini yoritishga imkoniyat tug'diradi. Hazil-mutoyiba testlarida mutaxassislar ko'proq hazil va karikaturalardan foydalaniladi. Masalan, shaxsni o'rganuvchi hazil -mutoyiba testi (IPAT)da ham tekshiriluvchilar hazil va karikatura rasmlarni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.67 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:58
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
43.67 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:58 ]
Arxiv ichida: doc