Shaxsni tarbiyalashda estetik tarbiyaning o'rni SHAXSDA FAHM-FAROSAT VA AQL UYG'UNLIGINI Jamiyatning ma'naviy va axloqiy sog'lomligi bebaho boylik hisoblanadi. Negaki, sog'lom muhit ma'nan yetuk, axloqan yuksak shaxslami yuzaga keltiradi. Shuning uchun allomalar insonga xos go'zal axloqiy fazilatlar, ya'ni har bir inson o'zi yashayotgan muhitdagi turmush tarziga, oilaga, qo'ni-qo'shnichilik va yoru- birodarlikka, jamoat joylaridagi munosabatlariga, boshqalar bilan boiadigan aloqasi, yurish-turishi, muomalasi, kiyinishi, did-farosati va boshqa shu kabi fazilatlami tarbiyalash xususida ko'plab о'git va nasihatlar qoldirib ketishgan. 07.09.2017 2 http:aida.ucoz.ru Fahm-farosat tushunchasi va uning mohiyati Ma'naviyatimizning buyuk va bebaho merosi Hadisi Shariflarda ham Qo'shningizga yaxshilik qiling- tinch boiasiz, 0'zingiz sevgan narsani odamlarga ham ravo ko'ring - salomat yurasiz, Inson xatoni ko'proq o'z tili bilan sodir qiladi, Tashqi ko'rinishlaringiz yoki molu-dunyolaringizga emas, balki dillaringizga va ishlaringizga baho beriladi kabi fikrlar ko'plab uchraydi. Ushbu hikmatlarda umuminsoniy qadriyatlar, kishilaming yurish-turishi, atrofdagilar bilan munosabatining axloqiy asoslari, inson go'zalligining umumiy mezonlari to'g'risida olam-olam ma'noni uqib va o'zlashtirib olish mumkin. Kim qaysi lavozimda va vazifada ishlashidan qat'iy nazar, o'zining serzavq, sermazmun mehnati, yaxshi kayfiyati, boshqalarga yordami va saxiyligi, kamtarinligi, madaniyligi, qadr-qimmati va xulq-odobi bilan, hamjihat ish yuritishi va odamlarga foyda keltirishi bilan go'zaldir. Shuni ham ta'kidlash lozimki, shaxs ma'naviyati uning axloqiy sifatlari, odobi, Vatan va xalqqa sadoqati, mehnatga, insonlarga bo'lgan munosabati, aql-zakovati, fahm-farosati va qadr-qimmati bilan 0'lchanadi. Bu kabi ma'naviyat axloqiy qadriyatlar, xususan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ta'sirida o'zgarib, rivojlanib, kamol topib boradi. 0'z navbatida, yuksak ma'naviyat shaxsning axloqiy jihatdan kamol topishida muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun bugun yoshlarimiz ma'naviyatini yuksaltirish, har bir voqea-hodisaga teran tafakkur va tahliliy idrok bilan yondoshishga o'rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Fahm-farosat estetik hissiyot va estetik ong bilan bogiiqdir. U o'z-o'zini estetik anglash - mavjud vaziyatni estetik jihatdan tahlil qilishni, ya'ni qalban o'zi bilan gaplashish, o'zicha baholash, o'zini nazorat qilish, o'zini o'zi takomillashtirish, har bir vaziyatda yaxshi va yomonni qalban his qilishni taqozo etadi. Farosat - voqelikni asliga muvofiq idrok etish, unga to'g'ri munosabat hosil qila bilmoqlik, shu bilan birga voqelik talabiga muvofiq tadbir ishlab chiqib, uni hayotga tatbiq eta bilishdir. Buning uchun inson, awalo, o'z holini to'g'ri idrok etishi, ikkinchidan, o'zgani tushunish, o'zgalaming ehtiyoji, xohishi, imkoni haqida to'g'ri tasawur hosil qila bilishi kerak. Inson estetik kamoloti nafaqat estetik tuyg'u, ehtiyoj, shu bilan birga, barcha shaxsiy fazilatlari yaxlit birligida qaror topadi va ular bilan uzviy bogiangandir. Shuning uchun shaxs kamolotining muhim estetik omillari, bir tomondan, uning tarkibiy-strukturaviy qismlari, boshqa tomondan, estetik kamolotning o'ziga xosligi, ijodiy faoliyat shakllanishiga ta'siri bilan birga qarab chiqilmog'i lozim. Boshqacha ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:45:00
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
451.15 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:58
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:45 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
451.15 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:58 ]
Arxiv ichida: pptx